E togʻi恵山Qoya617.6 m (2,026 ft)Geospatial Information Authority topographic map 恵山RoʻyxatYaponiyadagi balang togʻlar roʻyxatiYaponiyadagi togʻlar roʻyxatiKoordinatalar41°48′17″N 141°09′58″E / 41.80472°N 141.16611°E / 41.80472; 141.16611Coordinates: 41°48′17″N 141°09′58″E / 41.80472°N 141.16611°E / 41.80472; 141.16611NomlanishiTilYaponGeografiyasiclass=notpageimage|272x272px|Mount E is located in HokkaidoE togʻiShow map of Hokkaidoclass=notpageimage|272x272px|Mount E is located in JapanE togʻiE togʻi (Yaponiya)Show map of Japan JoylashuvHokkaido, YaponiyaHududKameda yarimoroliTopo xaritasiGeospatial maʼlumotlar Muallif 25000:1 恵山50000:1 尻屋崎GeologiyasiGeoxronologik shkalaPleystotsenTuristratavulqonSoʻnggo portlashIyun 1874-yil Oshima yarimorolining bir qismi boʻgan kameda yarimorolida joylashgan ulkan stratovulqonlardan biri hisoblaniladi. U Yaponiyaning Xokkaydo shtatidagi Hakodate qishlogʻida, sharqiy mintaqasida joylashgan. E togʻi Esan prefekturasi tabiat bogʻi tarkibiga kiradi.
Geologiya E togʻining eng baland qoyasi balandligi 617.6 m (2026 ft) ga teng. Asosiy vulqon kraterlari shu qoyada joylashgan.
E togʻi gidroksidi boʻlmagan, mafik, vulqon togʻ jinslaridan tashkil topgan. Andezitik vulqon tepasida lava gumbazi joylashgan. Geoxronologik shkalaga va oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra E togʻi pleystotsen davrida paydo boʻlganligi taxmin qilingan.
Portlash tarixi E togʻi stratovulqon boʻlganligi sababli ham unda yuz beradigan portlash yaqin atrofda yashovchi insonlar hayotiga xavf soladi.
E togʻi oxirgi marta 1874-yil 8-iyunda portladi. Ushbu portlash freatik portlashlar turidan boʻlib, VEI shkalasi boʻyicha 1 ball bilan baholandi.
Roʻyxatga olingan eng qadimgi portlash 1846-yil 18-noyabrda yuz bergan. Bu hodisa bir nechta uylarga zarar yetkazgan va insonlar oʻlimga sabab boʻlganlaharlarni keltirib chiqargan.
Radiokarbonlarni aniqlash bilan bogʻliq va tefroxronologiya tadqiqotlari taxminan milodiy 1350-yil, miloddan avvalgi 550-yil va 1050-yillarda, miloddan avvalgi 3900 ± 100 yillarda hamda miloddan avvalgi 7050 yillardagi tarixiy yozuvlardan oldingi beshta otilish sodir etilganligini aniqladi. Miloddan avvalgi 7050-yilda sodir boʻlgan otilish VEI shkalasi boʻyicha 3 ball boʻlgan eng katta portlashlardan biri edi. Portlash natijasida hosil boʻlgan lava tarkibidagi togʻ jinslari tuproqni kerakli minerallar bilan boyitgan va oʻsimliklar populyatsi rivojiga xissa qoʻshgan.
Manbalar
Havolalar
Esan — Yaponiya meteorologiya agentligi — Yaponiya meteorologiya agentligi Esan — Yaponiya geologik xizmati Esan: Global vulkanizm dasturi — Smitson instituti
Turkum:Vulqonlar Turkum:Hokkaido togʻlari Turkum:Hokkaido vulqonlari Turkum:Yaponiyadagi stratavulqonlar