link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/86/20091211_-_Puerto_Penasco_-63.jpg/220px-20091211_-_Puerto_Penasco_-63.jpg|alt=View to the Pinacate craters from the sand dunes|right|thumb| Pinacate qumtepalari va kraterlari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/86/Pinacate_volcanic_field.jpg/220px-Pinacate_volcanic_field.jpg|right|thumb| Orqa fonda Pinakat choʻqqilari bilan Elegante krateri link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/8/81/Tecolote_Camp_Pinacate_Cholla.jpg/220px-Tecolote_Camp_Pinacate_Cholla.jpg|left|thumb| Teddi-ayiq chollas, okotillos, yosh saguarolar va paloverde daraxti bilan pinakat vulqonlari. Jack Dykinga surati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d9/Elephanttreecerrocolorado.jpg/220px-Elephanttreecerrocolorado.jpg|left|thumb| Bursera microphylla, Fil daraxti, Meksikaning Quyi Kaliforniya shtatidagi Cerro Koloradoda suratga olingan. Pinakat choʻqqilari (Syerra-Pinakat, Oʻodham) vulqon choʻqqilari va shlakli konuslar guruhi boʻlib, asosan Meksikaning Sonora shtatida, AQShning Arizona shtatiga tutash xalqaro chegara boʻylab, choʻlning janubi-sharqidagi Gran Desierto de Altarning keng qumtepalari bilan qoplanganU.S. National Aeronautics and Space Administration. NASA Information and Satellite Image: Pinacate Mountains.

Pinakat choʻqqilari geografik obyektining ispancha nomi Sierra Pinacata boʻlib, ularning bu nomi vatani Meksikada qoʻllanadi.

Manzil Pinakat choʻqqilari Puerto-Penyasko baliq ovlash kurortining shimolida joylashgan. Choʻqqilarning eng balandi Cerro del Pinacate (Santa Klara vulqoni deb ham ataladi) choʻqqisi boʻlib, uning balandligi 3904 fut (1190 m)ga yetadi. Meksika ispancha pinacate soʻzi choʻlning hidli qoʻngʻizi (shu hudud uchun endemik tur hisoblanadi), shuningdek, pinakatl soʻzi nahuatl tilidan olingan.

Tabiiy tarix

Geologiya Bu yerdagi vulqonlar 4 million yildan beri vaqti-vaqti bilan otilib turgan, ehtimol bu holat Kaliforniya koʻrfazining ochilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Eng soʻnggi vulqon faolligi taxminan 11 000 yil oldin sodir boʻlgan. Pinakat choʻlida Amerikaning eng katta qumtepalari joylashgan.

Flora va fauna Pinakat togʻlarida turli xil flora va fauna olami vakillari, jumladan, fil daraxti, Bursera microphylla singari noyob oʻsimliklar mavjud.

Insoniyat tarixi Sonoran choʻlidagi koʻplab ispan missiyalarining asoschisi Padre Eusebio Kino bu yerda 1698-yilda va undan keyingi yillarda bir necha marta kashfiyotlar qilgan.

NASA 1965-yildan boshlab bu yerga kosmonavtlarni geologik taʼlim olishlari uchun yuboradi, relefning oy yuzasiga oʻxshashligini hisobga olib, oy yuzasi jihozlarining oʻquv modellari tajribalari amalga oshiriladi. Apollon 14 ning aʼzolari Alan Shepard va Ed Mitchell va Apollon 17 -ning guruh aʼzosi Jack Schmittlari 1970-yilning fevralida shu yerda tahsil oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishgan.

El Pinakata va Gran Desierto de Altar biosfera rezervati El Pinakata va Gran Desierto de Altar biosfera rezervati — bu biosfera rezervati boʻlib, ispan tilida Reserva de la Biosfera el Pinacate y Gran Desierto de Altar deb nomlanadi, mazkur hudud Meksika federal hukumatining SEMARNAT — Atrof-muhit va tabiiy resurslar vazirligi tomonidan boshqariladi. Sonora shtati hukumati IMADES agentligi bilan hamkorlikda faoliayt olib boradi . accessed 7/22/2010.

Zaxira Qoʻriqxona haqidagi faktlar:

400 dan ortiq shlakli konuslar (vulqon faolligidan kelib chiqqan) 9 ta katta vulqon krateri Vulqon faoliyat qoldiqlari (kul, bazalt jinsi, lava maydonlari) 560 dan ortiq oʻsimlik turlari Sutemizuvchilarning 56 turi Sudralib yuruvchilarning 43 turi 222 turdagi qushlar 4 ta baliq turi.

Galereya

Manbalar

Havolalar

Pinacate va Gran Desierto de Altar biosfera rezervatining rasmiy veb-sayti Sierra Pinacate vulqon moʻjizasi Global vulkanizm dasturi: Pinakat togʻlari Cerro Pinacate, sammit ustunida Turkum:Lava maydonlari Turkum:Meksika geologiyasi Turkum:Vulqonlar