Adham Xursanboyevich Shodmonov (1965-yil 29-noyabr, Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek iqtisodchisi, huquqshunos, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.

Tarjimai holi Adxam Shadmanov 1965-yil 29-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1989-yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini, 2001-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

1989-1998-yillarda Samarqand viloyati xalq xo‘jaligi tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

1998-2005-yillarda Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi tizimida rahbar lavozimlarida ishlagan. 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

2005-2015-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, qo‘mita raisi o‘rinbosari, spiker o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2015-yildan buyon Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiyot masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Mukofotlari 2006-yilda Doʻstlik ordeni­­ bilan mukofotlangan.

2024-yil 24-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.

Manbalar

Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1965-yilda tugʻilganlar Turkum:29-noyabrda tugʻilganlar