Clarissa Harlowe Barton (talaffuzi: Klarissa Harlou Barton; 1821-yil 25-dekabr — 1912-yil 12-aprel) – Amerikaning Qizil Xoch tashkilotiga asos solgan amerikalik hamshira edi. U Amerika fuqarolar urushida kasalxona hamshirasi, oʻqituvchi va kotib boʻlgan. Oʻsha paytdagi hamshiralik taʼlimi unchalik rasmiylashtirilmaganligi va u hamshiralik maktabiga bormaganligi sababli, oʻz-oʻzini oʻqitish orqali hamshiralik xizmatini koʻrsatgan. Barton ayollarning ovoz berish huquqiga ega boʻlgunga qadar insonparvarlik ishlari va fuqarolik huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullangani bilan eʼtiborga loyiqdir. U 1973-yilda Milliy ayollar shon-shuhrat zaliga kiritildi.
Yoshligi Clarissa Harlowe Barton 1821-yil 25-dekabrda Shimoliy Oxfordda (Massachusetts shtati) tug‘ilgan va ismi Samuel Richardsonning „Clarissa“ romanining bosh qahramoni sharafiga qoʻyilgan. Uning otasi kapitan Stephen Barton, mahalliy militsiya aʼzosi va qizini vatanparvarlik va keng insonparvarlik qiziqishlari bilan ilhomlantirgan siyosatchi edi. Stephen shimoli-gʻarbdagi tubjoylarga qarshi salib yurishida general Anthony Wayne qoʻmondonligi ostidagi askar boʻlgan. U, shuningdek, Oxford qishlogʻi hududida ilgʻor fikrlar yetakchisi edi. Bartonning onasi Sarah Stoun Barton boʻlgan.
Barton uch yoshligida akasi Stephen bilan maktabga yuborilgan, maktabda u oʻqish va imloni yahshi bilardi. Barton maktabdoshi Nancy Fitts bilan yaqin doʻst boʻlgan; oʻta tortinchoqligi tufayli Nancy Bartonning bolaligidagi yagona doʻsti ediBarton, Clara (1980). The Story of My Childhood New York: Arno Press Inc.
Barton oʻn yoshga toʻlganida, akasi David omborxona tomidan qulab, boshidan qattiq jarohat olganidan keyin akasining sogʻligʻini tiklashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. U akasiga buyurilgan dori-darmonlarni qay vaqtda berishni, shuningdek, qon yurishi uchun uning tanasiga zuluk qoʻyishni oʻrgangan (oʻsha paytdagi standart davolanish edi). Shifokorlar taslim boʻlganidan keyin ham u Davidga gʻamxoʻrlik qilishni davom ettirgan. David toʻliq tuzalib ketganBarton, Clara (1980). The Story of My Childhood New York: Arno Press Inc.
Ota-onasi Bartonni Colonel Stones oʻrta maktabiga joʻnatib, qoʻrqoq va uyatchanligini davolashga yordam berishga harakat qilishgan, natijada ularning bu usuli falokatga aylanganPryor, Elizabeth Brown (1987). Clara Barton: Professional Angel. Philadelphia: University of Pennsylvania Press. . Barton yanada tushkunlikka tushib ovqatlanmay qoʻygan. Sogʻligʻi tiklanishi uchun uyiga qaytarilgan.
Uyiga qaytib kelgach, uning oilasi bir qarindoshiga yordam berish uchun boshqa joyga koʻchib oʻtishgan; Claraning amakivachchasi vafot etib, xotinini toʻrt farzand va ferma bilan qoldirgan edi. Bartonlar oilasi yashashi kerak boʻlgan uyni boʻyash va taʼmirlash kerak boʻlganBarton, Clara (1980). The Story of My Childhood New York: Arno Press Inc. Clara barcha ishlarda oilasiga koʻmaklashardi. Qilinadigan ishlar tugagandan soʻng Clara oʻzini yomon his qila boshlagan, chunki oilasiga yordam berishi uchun hech qanday ish yoʻq edi va u oilasiga ogʻirligi tushib qolishini hohlamaganPryor, Elizabeth Brown (1987). Clara Barton: Professional Angel. Philadelphia: University of Pennsylvania Press. .
Clara amakivachchalari bilan tez-tez oʻynab turardi va uning ot minish mahorati jiyanlarini hayratga solardi. Clara jarohatlanganida uning onasi oʻgil bolalar bilan oʻynashini shubha ostiga qoʻygan. Onasi qizini koʻproq ayollik mahoratlariga eʼtibor qaratishga undagan. U Clarada ayollik xislatlarini rivojlantirishga yordam berish uchun Claraning qiz amakivachchalaridan birini uyga taklif qilgan. Clara amakivachchasi tufayli tegishli ijtimoiy koʻnikmalarga ega boʻlgan.
Bartonga uyatchanligini yengishga yordam berish uchun ota-onasi uni maktab oʻqituvchisi boʻlishga koʻndiradiPryor, Elizabeth Brown (2000). „Barton, Clara“. American National Biography. U oʻzining birinchi oʻqituvchilik guvohnomasini 1839-yilda, atigi 17 yoshida oladi. Bu kasb Bartonni juda qiziqtirib qoʻyadi; u ishchilarning farzandlariga taʼlim olish imkonini beradigan samarali qayta taqsimlash harakatini oʻtkazadi.
Ilk kasbiy faoliyati Barton 1838-yilda oʻqituvchi kasbida faoliyat yurita boshlaydi va Kanada hamda Gʻarbiy Georgia maktablarida 12 yil xizmat qiladi. Barton oʻqituvchi sifatida samarali ishlagan; u asabiy va shoʻx boʻlgan bolalarga (ayniqsa oʻgʻil bolalarga) qanday munosabatda boʻlishni bilar edi, chunki u yoshligidan amakivachchalari va aka-ukalari bilan koʻp muloqot qilgan. Barton huddi ular kabi harakat qilishni oʻrgangan, bu unga u oʻqitayotgan oʻgʻil bolalar bilan qanday munosabatda boʻlishni va ularni boshqarishni osonlashtirganPryor, Elizabeth Brown (1987). Clara Barton: Professional Angel. Philadelphia: University of Pennsylvania Press. . 1851-yilda onasi vafotidan keyin oila yashaydigan uyi yopiladi. Barton New-Yorkdagi Klinton Liberal Institutida yozish va tillar boʻyicha oʻqishni davom ettirishga qaror qiladi. Ushbu kollejda u koʻplab doʻstlar orttiradi. Institut direktori uning ulkan qobiliyatlarini tan olib, uning qilgan ishlariga qoyil qoladi. Direktor va talaba oʻrtasidagi doʻstlik uzoq yillar davom etadi va oxir-oqibat ishqiy munosabatga aylanadi. Yozuvchi sifatida uning terminologiyasi toza va tushunarli tasvirlangan. Uning asarlari mahalliy davlat arboblariga koʻrsatma berishi mumkin edi.
Barton Hightstown shahrida dars berayotganda, qoʻshni shahar Bordentown davlat maktablarining yetishmovchiligi haqida oʻrganan. 1852-yilda u Bordentownda bepul maktab ochish uchun shartnoma tuzgan, bu New Jerseydagi birinchi bepul maktab edi. Maktab ochilishidan bir yil oʻtib, Clara 600 dan ortiq odamni oʻqitish uchun oʻziga yiordamchi sifatida bir ayol yollagan. Ikkalasi yiliga 250 dollar ishlab topardi. Bu yutuq shaharni yangi maktab binosi uchun qariyb 4000 dollar yigʻishga majbur qilgan. Yana bir maktab qurilishi tugallangandan soʻng, maktab kengashi tomonidan saylangan odam Barton oʻrniga direktor etib tayinlangan. Ular katta muassasa rahbari lavozimini ayol kishi eplolmaydi deb hisoblashgan. Clara „yordamchi ayol“ darajasiga tushirilgan va sogʻligʻi bilan bogʻliq kasalliklar bilan birga tushkunlikka tushib, ishdan boʻshagunicha ogʻir sharoitlarda ishlagan.
1855-yilda Clara Vashingtonga koʻchib oʻtgan va AQSh Patent idorasida kotib sifatida ishlay boshlagan„Clara Barton“ , Dictionary of Unitarian & Universalist Biography; bu holat birinchi marta federal hukumatda ayol ishlashi va erkaklarning maoshiga teng maosh olishiga jiddiy xizmat koʻrsatgan edi. Uch yil davomida u erkak kotiblardan koʻplab haqoratlar eshitgan va tuhmatlarga duchor boʻlgan. Keyinchalik, davlat idoralarida ishlaydigan ayollarga nisbatan siyosiy qarshilik ostida, uning lavozimi nusxa koʻchiruvchi lavozimiga qisqartirilib, 1858-yilda James Buchanan maʼmuriyati ostida u „qora respublikachiligi“ tufayli ishdan boʻshatilgan. Abraham Lincoln saylanganidan soʻng, Clara Massachusets shtatida uch yil qarindoshlari va doʻstlari bilan yashab, 1861-yilning kuzida patent idorasiga qaytib kelgan va davlat xizmatida koʻproq ayollarga yoʻl ochishga umid qilib, vaqtincha nusxa koʻchiruvchi sifatida ishlay boshlagan.
Amerika fuqarolar urushi link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/c/c8/Clarabartonwcbbrady.jpg/220px-Clarabartonwcbbrady.jpg|right|thumb| Barton c. 1866-yil 1861-yil 19-aprelda Baltimordagi qoʻzgʻolon Amerika fuqarolar urushining birinchi qon toʻkilishiga olib kelgan. Jarohatlangan 6-Massachusets militsiyasining (6th Massachusetts Militia) aʼzolari Barton yashayotgan Vashingtondagi qurilishi tugallanmagan Kapitoliy binosiga olib ketilgan. Oʻz vataniga xizmat qilmoqchi boʻlgan Barton qurbonlar keltirilganida temir yoʻl vokzaliga borib, 40 nafar erkakka gʻamhoʻrlik qilgan. Barton askarlarga juda muhim, shaxsiy yordam koʻrsatgan, ularning koʻplari yarador, och va yelkalarida koʻtarib yurgan narsalaridan boshqa hech vaosi yoʻq edi. Clara askarlarga shaxsan yordam berish uchun binoga kerakli narsalarni olib kelgan.
Barton baʼzilari bilan birga katta boʻlgani va hatto baʼzilarini oʻqitgani uchun jarbrlanganlarni tezda tanib olgan. Barton boshqa bir qancha ayollar bilan birga kasal va yarador askarlar uchun kiyim-kechak, oziq-ovqat va jihozlar bilan shaxsan taʼminlagan. U tibbiy buyumlarni saqlash va tarqatishni o‘rgangan va askarlarning kayfiyatini ko‘tarib, ularga ruhiy yordam bergan. Barton ularga kitob o‘qib berardi, oilalariga xat yozar, ular bilan suhbatlashib, qo‘llab-quvvatlardi.
Aynan oʻsha kuni u oʻzini armiya ishi bilan tanishtirgan va Ittifoq askarlari uchun tibbiy buyumlarni yigʻish harakatlarini boshlagan. Toʻgʻridan-toʻgʻri jang maydoniga oziq-ovqatlarni tarqatish va qoʻshimcha yordam olishdan oldin, Barton oʻzining turar joyini omborxona sifatida ishlatgan va 1862-yil boshida urush boʻlimi va dala jarrohlari oʻrtasidagi qarshiliklarga qaramay, bir nechta doʻstlari yordamida materiallarni tarqatgan. Ayollarga yordam jamiyati keyinchalik fuqarolar urushi paytida tarqatiladigan bandajlar, oziq-ovqat va kiyim-kechaklarni yuborishda yordam bergan. 1862-yil avgustda Barton nihoyat chorak ustasi Daniel Rukerdan frontda ishlashga ruxsat olgan. U oʻz ishiga ishongan boshqa odamlardan yordam olgan. Bu odamlar uning homiylari boʻlishgan va uni eng koʻp qoʻllab-quvvatlagan Massachusets shtatidan boʻlgan senator Henry Wilson edi.
Barton kasalxonalarni tozalash, kiyim-kechaklarni tarqatishni nazorat qilish va yarador askarlarni oziq-ovqat bilan taʼminlash uchun ishlagan. Barton Ittifoq va Konfederatsiya askarlariga yordam bergan. Biroq, kerakli mahsulot va ashyolar har doim ham mavjud emas edi. Masalan, Antietam jangida Barton bint oʻrniga makkajoʻxori qobigʻidan foydalangan.
1863-yilda u ofitser polkovnik John J. Elwell bilan ishqiy munosabatda boʻlgan.
1864-yilda Barton Ittifoq generali Benjamin Butler tomonidan James armiyasining old qismidagi kasalxonalarga „mas’ul xonim“ etib tayinlangan. Barton Amerikaning "Florens Nightingale" sifatida tanilgan. U 1862-yil avgustida Shimoliy Virjiniyadagi Sidar togʻida boʻlib oʻtgan jangdan keyin oʻta ogʻir jarohatlangan askarlarga yordamga kelganidan keyin „Jang maydoni farishtasi“ nomi bilan ham tanilgan. Yarim tun boʻlishiga qaramay qattiq yaralangan askarlarga yordam berish uchun Barton ogʻir ashyolar bilan kasalxonaga yetib kelardi. Bu nom uning Feyrfaks stantsiyasi, Chantilly, Xarpers paromi, Janubiy togʻ, Antietam, Frederiksburg, Charleston, Peterburg va Cold Harbor janglarida qoʻshinlarga xizmat qilgani uchun tez-tez oʻz vaqtida yordam bergani tufayli paydo boʻlgan.
Urushdan keyin Amerika fuqarolar urushi tugagandan soʻng, Barton askarlarning qarindoshlari tomonidan urush boʻlimiga yuborilgan minglab xatlar javobsiz qolayotganini aniqlagan, chunki ular xatlarida soʻragan askarlar nomaʼlum qabrlarga dafn etilgan edi. Koʻplab askarlar „yoʻqolgan“ deb belgilangan. Miss Barton soʻrovlarga rasmiy javob berish uchun ruxsat olish umidida Prezident Lincoln bilan bogʻlangan. Unga ruxsat berilib, „Yoʻqolganlarni qidirish“ harakati boshlangan.
Urushdan keyin Barton Gallery Place mahallasidagi Vashington, Shimoli-gʻarbiy okrugdagi 437 ½ Seventh Street, 437 ½ manzilida yoʻqolgan askarlar idorasini boshqargan. Ofisning maqsadi jangda halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan askarlarni topish yoki aniqlash edi. Barton va uning yordamchilari so‘rovlarga 41 855 ta javob yozgan va 22 000 dan ortiq bedarak yo‘qolgan odamni topishga yordam bergan. Barton 1865-yilning yozini Jorjiyadagi Konfederatsiya harbiy asirlar lageri boʻlgan Andersonvil qamoq lagerida halok boʻlgan 13 000 kishini topish, aniqlash va toʻgʻri dafn etishga yordam berish bilan oʻtkazdi. Keyingi toʻrt yil davomida bu vazifani davom ettirib, yana 20 000 Ittifoq askarlarini dafn etgan va qabrlarini nomlagan. Kongress uning loyihasi uchun 15 000 dollar ajratgan.
Amerika Qizil Xochi