Umumiy maʼlumotlariIsm sharifiYuri Alberto Monteiro da SilvaTugʻilgan sanasi (2001-03-18) 18-mart 2001-yil (21 yosh)Tugʻilgan joyiSão José dos Campos, BrazilBoʻyi1.82 mPozitsiyasihujumchiHozirgi jamoasiCorinthiansKlublardagi faoliyatiMavsumJamoa   OʻyinGol2017-2020Santos27(3)2020-2022Internacional56(22)2022-Zenit Saint Petersburg11(4)2022-→ Corinthians (ijara)19(8)Milliy terma jamoada2017Braziliya U1712(6)2020-Braziliya U232(0) Yuri Alberto Monteiro da Silva () — braziliyalik futbolchi Rossiyaning „Zenit“ klubi futbolchisi boʻlib, „Corinthians Paulista“da ijara asosida toʻp suradi.

Jamoalardagi faoliyati „Santos“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2017-yilning 17-noyabrida „Bahia“ga qarshi o‘yinda u Braziliya A seriyasida debyut qildi. 2018-yil 7-mart kuni Paulista ligasi doirasida „Gremio Novurizontino“ga qarshi o‘yinda u „Santos“ safidagi ilk golini urdi. 2020-yilda u „Internacional“ga oʻtdi va 16-avgust kuni „Fluminense“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. 15-oktabr kuni „Sport Resifi“ga qarshi bahsda u „Internasional“ uchun birinchi golini urdi. 2021-yil 21-yanvarda „San-Paulu“ga qarshi oʻyinda u xet-trik qayd etdi. Libertadores kubogi-2021da Yuriy Alberto Paragvayning „Olimpia“ va Venesuelaning „Deportivo Tachira“ darvozalariga uchta gol urdi.

2022-yilning 30-yanvarida u Rossiyaning Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubiga oʻtdi. Shartnoma 5 yilga imzolandi. 28-fevral kuni „Rubin“ga qarshi oʻyinda u RPLda debyut qildi. Oʻsha oʻyinda u klub uchun birinchi golini urdi.

2022-yil 29-iyun kuni „Zenit“ Yuri Albertoning „Corinthians Paulista“ga ijaraga o‘tganini eʼlon qildi.

2022-yilning 18-avgust kuni Youri Alberto yangi jamoasi uchun ilk gollarini urdi. Braziliya kubogi bahsida hujumchi „Atletico Goyaniense“ ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi. Birinchi oʻyinda 0:2 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng, javib oʻyindagi 4:1 hisobidagi gʻalaba evaziga „Corinthians“ toʻplar farqi bilan turnirning yarim finaliga chiqishga muvaffaq boʻldi.

Terma jamoadagi karyerasi 2017-yilda Braziliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Yuriy Alberto Chilida boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida gʻolib chiqdi. Turnirda u Paragvay, Argentina, Venesuela va Chili jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Argentina va venesuelaliklarga qarshi janglarda u gol urdi.

Oʻsha yili Yuriy Alberto Hindistonda boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Shimoliy Koreya, Germaniya, Angliya va Mali bilan oʻyinlarda ishtirok etgan. Maliliklarga qarshi bahsda gol urdi.

Terma jamoada TurnirLigaMamlakatNatijaOʻyinGol2017-yilgi Janubiy Amerika chempionatiU-17Chempion42Jahon chempionati-2017U-17Uchinchi oʻrin412020-yilgi Janubiy Amerika olimpiada oldi turniriU-23Ikkinchi20

Statistika JamoaMavsumLigaMamlakat chempionatiMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSantos F. C.201720 - - - - - -2020189041211016220190020 - - - -2020200031 - -2051Jami110922130253S. C. Internacional20202310 - -31302911202130111342073521820220011 - - - -11Jami5321145511038230Zenit de San Petersburgo2021-22114 - -2220156Jami114--2220156S. C. Corinthians2022124 - -4320187Jami124004320187Umumiy karyerasida872923713717314046

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:18-martda tugʻilganlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar