Dilbarxon Rahmatovna Mamajanova (1967-yil 13-oktabrda tugʻilgan, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek davlat arbobi. 2020-yildan Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Tarjimai holi Dilbarxon Rahmatovna 1967-yil 13-oktabrda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. 1990-yilda Fargʻona politexnika institutini tamomlagan. Kasbi boʻyicha elektrotexnika muhandisi.

Mehnаt fаoliyatini 1990-yildа Farg‘ona Kimyoviy tolalar zavodi elektromagnit o‘lchovlar laboratoriyasi muhandisi sifatida boshlagan. 1999-2007-yillаrdа Harbiy xizmatchi bo‘lgаn. 2008-2013- yillаrdа Farg‘ona shahar “UzDunrobita-MTS” kompaniyasi operatori, 2013-2016-yillаrdа O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat kengashi raisi o‘rinbosari, 2016-2020- yillаrdа O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Farg‘ona viloyat kengashi raisi lavozimlarida fаoliyat olib borgаn.

2020-yildan Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi, shuningdek, Demokratik institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritgan.

Mukofotlari Doʻstlik ordeni (2026-yil 22-avgust) — Yangi O‘zbekistonda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, uning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari