Qamariddin Ortiqov (1950-yil 2-aprel; Toshkent Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik teatrshunos, tanqidchi, ssenariynavis, tarjimon, radio va teledasturlar muxbiri. Oʻzbekiston teatr uyushmasining aʼzosi. U, shuningdek, „Shams-i-Qamar“ teatr-studiyasining rahbari.

Biografiyasi

Qamariddin Ortiqov, 1974-yilda A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va sanʼat institutining teatrshunoslik yoʻnalishini tamomlagan. 1982—1985-yillarda Lunacharskiy nomidagi Rossiya teatr sanʼati institutida aspirantura oʻqigan.

Faoliyati Q. Ortiqov kinostudiyalarda, teatrga oid nashriyotlarda, shuningdek, „Yosh gvardiya“ nomli oʻzbek teatrida faoliyat yuritgan. Bundan tashqari oʻzbek va rus tillarida spektakllar sahnalashtirgan. Abror Hidoyatov nomidagi oʻzbek davlat drama teatrda, Qarshidagi „Eski masjid“, Estoniyaning Tartu shahrida joylashgan Vanemuyne () kabi nufuzli teatrlarda faoliyat olib borgan. 1989-yildan 1995-yilgacha „Ijod olamida“ () „Mikrofon qarshisidagi teatr tanqidchisi“ () dasturlariga boshlovchilik qilib kelgan. 1988—1991-yillar Oʻzbekiston teatr arboblari uyushmasi ijodiy boʻlimi mudiri lavozimida ishlagan. U dramaturgiya, teatr tanqidi, xoreografiya muammolari bilan shugʻullangan. 1991—1992-yillar Hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar studiyasida muharrir boʻlib ishlagan. Qamariddin Ortiqov oʻtgan asrning 90-yillarida ancha samarali ijod qilgan. Xususan, „Bahodir Yoʻldoshev“, „Bernora Qoriyeva“, „Qizlarxon Doʻstmuhammedova“ va „Bahodir Zokirov“ kabi telenamoyishlarini, Bahodir Yoʻldoshev tavalludining 50 yilligiga bagʻishlangan „Usto“ telekoʻrsatuvining muallifi hamdir. „Jang sanʼati dunyosi“ () nomli teleloyiha va „Kvadrat gʻildirak“ () nomli dasturlarga (2002) ham mualliflik qilgan.

1996—1998-yillarda Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida yetakchi muharrir boʻlib ishlagan. 2002-yildan boshlab „Yoshlar“ radiosining oylik „Madaniyat yangiliklari“ () dasturini olib borgan.

Qamariddin Ortiqov „Xrizantema bogʻi“ () nomli animatsion film, „Bizga isteʼdodlar kerakmi?“ (), „Teatr uchrashuvlari: Sharq—Gʻarb“ (), „Surxon choʻqqilari“ (), „Qoʻgʻirchoq teatrining sirlari“ () kabi hujjatli filmlar ssenariysining muallifidir.

U Qirgʻiziston televideniyesidagi „Bu katta kichik teatr“ () telekoʻrsatuvini olib borgan (1995). Q. Ortiqov, shuningdek, Xans Kristian Andersen ertaklari asosida yozilgan Stanevichning „Irkit oʻrdakcha“ nomli pyesasidan foydalanib, „Andersenni ijro etamiz“ () spektaklining sahna versiyasiga (1996-yil 3-iyul) mualliflik qilgan. alt=Qamariddin Ortiqov Shams-i-Qamar teatrining muxlislari bilan|thumb|Qamariddin Ortiqov Shams-i-Qamar teatrining muxlislari bilan Rejissyor va ssenariynavis sifatida Bahodir Yoʻldoshev nomidagi „Diydor“ eksprimental-yoshlar teatr-studiyasi hamda „Ilhom“ teatr-studiyasiga bilan ham yaqin ijodiy aloqalar oʻrnatgan.

Qamariddin Ortiqov 2003-yilda „Oy soati“ () nomli kitobini nashrdan chiqargan. 2015-yilda esa „Tasviriy imzo“ () nomli galereya uyini ochadi. Oʻzbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, „Oʻzbekteatr“ uyushmasi va Shveysariyaning hamkorlik boʻyicha byurosi tomonidan Buxoroda tashkil qilingan „Yozgi teatr akademiyasi“da (Ustoz va shogird sanʼat ustalari yozgi maktabi) ishtirok etib, talabalar uchun mahorat darslari olib borgan. U „Shams-i-Qamar“ teatr-studiyasining rahbaridir.

Tarjimalari Dramaturg Sharof Boshbekovning „Tikansiz tipratikanlar“ () va „Taqdir eshigi“ () kabi pyesalarini rus tiliga tarjima qilgan. 2001-yil „TV-30“ telekanalining bosh muharriri etib tayinlandi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik ssenariychilar