Endrick Felipe Moreira de Sousa () yoki oddiygina Endrick () – braziliyalik futbolchi, Real Madrid klubi hujumchisi. Barcha davrlarning eng iqtidorli braziliyalik futbolchilaridan biri.
Yoshligi
Endrick 4 yoshida futbol oʻynay boshlagan. Otasi oʻgʻlining gollarini YouTube platformasiga joylashtirgan va Braziliya akademiyasidan taklif olishiga umid qilgan. Endrick oilasiga yordam berish uchun futbolchi boʻlishni juda xohlardi, chunki otasi ishsiz edi.
Klubdagi karyerasi
Endrick 11 yoshida Palmeyras akademiyasiga qoʻshildi. Klubning yoshlar jamoasida 5 yil davomida u 169 ta oʻyin oʻtkazib, 165 ta gol urgan. 2022-yilda u San-Paulu yoshlar kubogida ishtirok etgan. Turnir davomida Endrick 7 uchrashuvda 7 ta gol urdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Turnirdan keyin Endrick Yevropa futboli gigantlari eʼtiboriga tushadi.
2022-yilning 21-iyulida Endrick 16 yoshga toʻlganida rasman Palmeyras bilan 2025-yilgacha shartnoma imzoladi. 2022-yil 30-iyulda Endrick Libertadores kubogi uchun roʻyxatdan oʻtgan. 6-avgust kuni Endrick yengil jarohatidan forigʻ boʻlib, klub tomonidan futbolchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng „Palmeyras“ning asosiy jamoasida mashgʻulotlarni boshladi.
Oʻyin uslubi Yaxshi zarbaga ega chapaqay hujumchi Endrickni braziliyalik afsonaviy hujumchilar Ronaldo va Romario bilan solishtirishadi. Uning oʻyin uslubini tasvirlab berishini soʻrashganda, u shunday degan: "Men har doim kurashaman. Men qatʼiyatliman va maydonda oʻyinning soʻnggi daqiqalarigacha harakat qilaman. Men hech qachon taslim boʻlmayman, himoyachilarga bosim oʻtkazaman, maydondagi istalgan oʻyinchilarning har biridanda koʻproq yuguraman. Uning kumiri Krishtianu Ronaldu hisoblanadi.
Manbalar
Havolalar
Profile Real Madrid CF saytida
Endrick Felipe playmakerstats.com saytida (ogol.com.br ning inglizcha versiyasi)
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbolchilar Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:SE Palmeiras futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar