Dario Luigi Angelo Fo (1926-yil 24-mart — 2016-yil-13-oktyabr) — italiyalik dramaturg, aktyor, teatr rejissyori, sahna rassomi, qoʻshiqlar muallifi, Italiya chap qanot partiyasining siyosiy targʻibotchisi va 1997-yil adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati ediMitchell 1999, p. 3. Oʻz davrida u „jahon teatrida asarlari eng koʻp ijro etilgan zamonaviy dramaturg“ boʻlgan ediMitchell 1999, p. xiii. Uning dramatik asarlarining aksariyati improvizatsiyaga bogʻliq boʻlib, teatrning „noqonuniy“ shakllarini masalan, giullari (oʻrta asrlarga xos yoʻnalish)Mitchell 1999, p. 4 va eng mashhuri, qadimgi italyan commedia dell’arte uslublarini tiklashga asoslanganMitchell 1999, pp. 91-92.
Uning pyesalari 30 ta tilga tarjima qilingan va butun dunyoda, jumladan Argentina, Bolgariya, Kanada, Chili, Eron, Niderlandiya, Polsha, Ruminiya, Janubiy Afrika, Janubiy Koreya, Ispaniya, Shri-Lanka, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, AQSH va Yugoslaviyada sahnalashtirilganMitchell 1999, p. 65Mitchell 1999, p. 101. Uning 1960, 1970 va 1980-yillardagi ishlari suiqasdlar, korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik, irqchilik, Rim-katolik ilohiyotshunosligi va urush tanqid qilingani bilan ajralib turadi. 1990 va 2000-yillar davomida u Forza Italia va uning rahbari Silvio Berlusconini ijodiy tanqid qilib kelgan. 2010-yillarda esa, u European sovereign debt crisis (Yevropa suveren qarz inqirozi) sharoitida banklardagi vaziyatlarni yoritishga harakat qilgan. Shuningdek, 2010-yillarda u Beppe Grillo boshchiligidagi „Five Star Movement“ harakatining asosiy mafkurachiga aylandi, bu harakat aʼzolari uni „Master“ (ustoz, usta) deb atalgan.
Foning „Mistero Buffo“ deb nomlangan va Yevropa, Kanada va Lotin Amerikasi boʻylab 30 yil davomida namoyish etilgan, pièce célèbre urushdan keyingi Yevropa teatridagi eng bahsli va mashhur tomoshalardan biri sifatida tan olingan va kardinal Ugo Poletti va kardinal Vicar tomonidan Rim yeparxiyasi uchun „televidenie tarixidagi eng kufrli shou“ sifatida qoralanganMitchell 1999, p. 3. Asardagi Non Si Paga! Non Si Paga! jumlasining (Toʻlay olmaysizmi? Toʻlamang!) ingliz tilidagi tarjimasi faol ravishda qoʻllana boshladi. „Pyesa ishchilar sinfining harakatlari va reaksiyalaridagi universal jihatlarni aks ettiradi“.
Uning 1997-yil adabiyot boʻyicha Nobel mukofotini olishi „XX asr jahon teatridagi asosiy shaxs sifatida Foning xalqaro eʼtirofini“ belgilab berdiMitchell 1999, p. xiv. Shvetsiya akademiyasi Foni „hokimiyatni soʻz bilan savalab, ezilganlarning qadr-qimmatini himoya qilishda oʻrta asrlarning hazil-mutoyibalariga xos ravishda taqlid qiluvchi“ yozuvchi sifatida eʼtirof etgan. F teatr kompaniyasiga egalik qilgan va uni boshqargan. Fo eʼtiqod jihatdan ateist ediDario Fo, Il paese dei mezaràt, Feltrinelli, Milano, 2004.
Yoshlik davri va taʼlim Toʻngʻich farzand Fo Lago Maggiorening sharqiy qirgʻogʻi yaqinidagi Lombardiyaning Varese provinsiyasidagi Sangiano shahrida tugʻilgan. Uning ukasi Fulvio teatr maʼmuri, singlisi Bianka Fo Garambois yozuvchi boʻlmoqchi edi. Ularning onasi, Pina Rota Fo, dehqonlar oilasidan boʻlib, bir paytlar urushlar orasidagi hudud haqida „Il paese delle rane“ kitobini yozgan (Qurbaqalar mamlakati, 1978). Otasi Felice Italiya davlat temir yoʻlining stansiya boshligʻi boʻlgan va yangi lavozimlarga koʻchirilganidan soʻng, oila koʻpincha Shveysariya chegarasi boʻylab koʻchib yurgan. Sotsialist Felice ham aktyor boʻlib, havaskor teatr jamoasida Ibsen asarlarida rol oʻynab ishtirok etganMitchell 1999, p. 47. Fo hikoya qilishni ona tomondan bobosi va lombard baliqchilari hamda shisha ustalaridan oʻrgangan. Foning bolaligi oʻtgan joylar orasida Porto Valtravaglia ham boʻlgan, bu koloniyada Italiyadagi aqldan ozgan odamlarning eng koʻp foizi istiqomat qilar ediMitchell 1999, p. 49.
1942-yilda Fo Brera Academyda oʻqish uchun Milanga koʻchib oʻtdiMitchell 1999, p. 49. Biroq, bu vaqtda Ikkinchi Jahon urushi boshlanib qoldi. 16 yoshida Fo Mussolinining „Repubblica Sociale Italiana“ fashistik armiyasi tomonidan chaqirilgan soʻnggi avlod askarlarining aʼzosiga aylandi. Yillar oʻtib, uning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligi haqida soʻrashganda, Fo dastlab oilasi anti-fashistik harakatda faol boʻlgani sababli past harbiy darajani qabul qilishni afzal koʻrganligini aytgan. Fo otasiga yashirincha qochqinlar va ittifoqchilar askarlarini lombard dehqonlari qiyofasida yashirib, Shveysariyaga olib oʻtishda yordam bergan. Uning otasi, shuningdek, yahudiy olimlarni Shveysariyagacha yashirincha olib oʻtishda yordam bergan deb taxmin qilinadi. Urush tugashi yaqinlashganda, Fo oʻq-dorilar yetishmasligi tufayli uni tez orada xizmatdan olishlarini taxmin qilgan holda harbiy-dengiz kuchlarining zenit diviziyasiga qoʻshildi. U adashgan edi, chunki uni Benito Mussolinining oʻzi keltirilgan Monzadagi lagerga joʻnatishgan. Fo koʻp oʻtmay yolgʻon hujjatlar yordamida xizmatni tashlab ketib, parashyutchilar eskadroniga qoʻshilishdan oldin bir muddat bekor yurdi. Keyin u bu yerdagi xizmatni ham tark etdi, bu esa Resistance (Qarshilik harakati) uchun keyingi muvaffaqiyatsiz qidiruvga sabab boʻldi, qidiruv davomida u qishloqning ovloq joylarida tunab yurdi.
Urushdan keyin Fo Brera Academyga qaytib, Politecnico di Milanoda arxitektura fakultetiga oʻqishga kirdiMitchell 1999, p. 49. U Rim meʼmorchiligi boʻyicha dissertatsiya boshladi, ammo, urushdan keyingi arxitektorlar undan kutayotgan arzon-garov ishlarni bajarishni istamagani uchun yakuniy imtihonlari oldidan oʻqishni tark etdi. U bundan tushkunlikka tushdi; va bir shifokor unga quvonch keltiradigan narsalarga vaqt sarflashni tavsiya qildi. U rasm chizishni boshladi va piccoli teatri (kichik teatrlar) harakatida ishtirok etdi, unda u improvizatsiya qilingan monologlarni ijro eta boshladi.
U oʻz ijodiga Beolco, Brecht, Chekhov, De Filippo, Gramsci, Mayakovskiy, Moliere, Shaw va Strehler taʼsiri mavjud deb hisoblar ediMitchell 1999, pp. 50-51; Strehler would later become Foʻs chief rival in Milan, with Fo disagreeing with his interpretations of Brecht, though Brecht himself admired them.Mitchell 1999, p. 56. Fo declared Anton Chekhov and George Bernard Shaw to be his favourite playwrights in 1954.Mitchell 1999, p. 234. Fo declared Angelo Beolco (Ruzzante) and Molière to be his mentors: „both of them authors, actor-managers and directors of their own plays, who were treated with arrogance and contempt by the authorities and their literary lackeys, and hated because they used their stages to fight against hypocrisy and violence by making people laugh.“.
Faoliyati
1950-yillar 1950-yilda Fo Franko Parenti bilan radio aktyorlari tomonidan ijro etilgan estrada shousida ishlashni soʻradi va shundan soʻng 1954-yilgacha davom etadigan ijodiy hamkorlikni boshladi. Fo oʻzining voyaga yetish davri haqidagi hikoyalari bilan tomoshabinlarni zavqlantirardi, bu hikoyalar Parentida ham katta taassurot qoldirdi va ularni „mutlaqo oʻziga xos, gʻayrioddiy yumor, donolik va timsollardan mohirona foydalanilgan“ deb taʼrifladi. U bu haqida yana shunday degan edi: „Spektakl tugagach, biz koʻl boʻylab sayr qilardik va u menga koʻproq hikoyalar aytib berardi. Shunday qilib, biz haqiqatdan nusxa koʻchirmaydigan, balki odamlarni jalb qiladigan va oʻz pozitsiyasini ega yangi turdagi revue loyihasini yaratdik.“Mitchell 1999, p. 52
1951-yil oxirida, Fo Parenti bilan tajriba orttirganidan soʻng, RAI Italiya milliy radiostansiyasi uni shanba oqshomida Parentining „Anacleto the Gas Man“ filmidan keyin efirga uzatiladigan „Poer nano“ (Bechoragina) komediya serialini yakkaxon ijro etishga taklif qildi. Fo Injil va tarixiy ertaklar asosida kattalar uchun 18 ta ertak monologini yaratdi. Serialda, shuningdek, turli xil oʻzgarishlar kiritilgan Shekspir ertaklari namoyish etildi, masalan, Hamletning ertak versiyasida, titul qahramoni onasi bilan munosabatlarni davom ettirish uchun otasini oʻldiradi; Ofeliya Hamletning amakisining maʼshuqasi sifatida tasvirlangan, Horatio esa Hamletning choyshabga oʻralgan otasi arvohi sifatida tasvirlanib, u faqat Hamlet mast boʻlganida paydo boʻladi. Serialda, shuningdek, albinos Otello va Romeoni oʻz bogʻida yirtqich itlar bilan boqadigan sadist Juletta obrazlari ham mavjudMitchell 1999, p. 53. Tashvishga tushgan hokimiyat shouni bekor qildi. Shunga qaramay, Fo uni 1952-yilda Milandagi Teatro Odeon sahnasida ijro etdi, bu unga asarni radio uchun kerak boʻlmagan imo-ishora va harakat bilan boyitishga imkon berdiMitchell 1999, p. 54. Shuningdek, 1952-yilda Fo Giustino Durano bilan Cocoricò qoʻshigʻini ijro etdi, unda Qoʻshma Shtatlardagi qora tanlilarning taqdiriga bagʻishlangan 20 daqiqalik tasvirlar mavjud edi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f9/Dario_Fo%2C_Franca_Rame%2C_Jacopo_Fo.jpg/250px-Dario_Fo%2C_Franca_Rame%2C_Jacopo_Fo.jpg|right|thumb|250x250px| Dario Fo va Franca Rame yangi tugʻilgan oʻgʻli Jacopo bilan. 1953-yilda Fo Parenti va Durano bilan hamkorlikda I Dritti (Stendaplar) deb nomlangan oʻzlarining revue kompaniyasida Il dito nell’occhio (Koʻzdagi barmoq) nomli revue loyihasi uchun toʻplamlar va kostyumlarni tayyorlab, birgalikda ssenariy yozishgan va rejissyorlik qilishganMitchell 1999, p. 55. Ushbu dastlabki yillarda Fo xuddi Ettore Petroliniki singari italyan aktyor-yozuvchi anʼanalaridan taʼsirlanib ijod qilganSoriani 2020, p. 145. Uning birinchi revue sarlavhasi Italiya Kommunistik partiyasining (PCI) l’Unità gazetasidagi ustunga kinoya sifatida tanlangan edi. Il dito nell’occhio Poer nanoga oʻxshash 21 sahnadan iborat boʻlib, undan farqli oʻlaroq, asosan dunyoning satirik tarixi bilan yoritiladi. Fo epizod rol oʻynagan soʻnggi spektakl kassada muvaffaqiyat qozondi va Milandagi Piccolo Teatroda 113 ta spektakldan soʻng gastrol safariga chiqarildiMitchell 1999, p. 57. 1953-yil Fo sahnaga qoʻshiqlar olib kelishni ham boshladi. U Fiorenzo Carpi bilan hamkorlik qilgan; 1967-yilga qadar Foning barcha spektakllarida Carpi musiqasidan foydalanilgan. Ularning birinchi qoʻshigʻi „La luna è una lampadina“ („Oy — lampochka“) Foning eng mashhur qoʻshigʻlaridan biri hisoblanadi.
Fo Sette giorni a Milano revuesi ustida ishlash vaqtida teatrchilar oilasining qizi Franca Rame bilan tanishgan. Keyinroq ular unashtirishdi va 1954-yil 24-iyunda turmush qurishdi. Ularning Jacopo ismli oʻgʻli boʻlib (1955-yil 31-martda tugʻilgan), u ham yozuvchidirMitchell 1999, p. 55.
Moliyaviy muvaffaqiyatsizlik tufayli I dritti jamoasi boʻlinib ketib, Fo ssenariy muallifi sifatida ish boshlash umidida oilasi bilan Rimga koʻchib oʻtdiMitchell 1999, p. 59. U yerda ular Roberto Rossellini va Ingrid Bergman bilan qoʻshni boʻlib yashashgan. Fo koʻplab spektakllarning sahnalashtirish jarayonida ishlagan, jumladan Dino De Laurentiisda ham. Rame Bolzano Teatro Stabileda faoliyat olib borgan. 1956-yilda Fo Rame bilan birgalikda Jacques Tati, Buster Keaton va Charlie Chaplin taʼsiri asosida suratga olingan Karlo Lizzanining „Lo svitato“ filmi uchun ssenariy yozgan va rol oʻynagan. Filmda Fo „osmonoʻpar binolar va zamonaviy texnologiyalardan iborat neo-kapitalistik Milanda adashib qolgan mehmonxona hammoli“ rolini ijro etganMitchell 1999, pp. 59-60. Keyinchalik, boshqa filmlarda ham ishtirok eta boshlagan.
1958-yilda er-xotin Milanga qaytib kelishdi, Ramega Arlecchino teatrida bir qator farslarda rol taklif qilishdi. Fo va Rame keyinchalik shu yerda joylashib qolishdiMitchell 1999, p. 60. Fo shunday degan edi: „Men uchun kino darsi texnik nuqtai nazardan tomoshabinlar tushungan narsalarni oʻrganishni anglatardi: ketma-ketliklarga boʻlingan hikoya, tezkor sur’at, keskin dialog va makon va vaqt konvensiyalaridan xalos boʻlish. Ssenariylar ustida ishlash menga dramaturg sifatida shogirdga aylanish imkonini berdi va men yangi texnik vositalar darslarini teatrga oʻtkazishga muvaffaq boʻldim“Mitchell 1999, pp. 60-61.