Zak Andrew Rudden () (2000-yil 6-fevralda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Zak Rudden „Dundee“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati

Rangers Zak Rudden oʻz faoliyatini „Rangers“ futbol klubida boshlagan. 2018—2019-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Zak Rudden „Rangers“ klubining asosiy jamoasi tarkibiga qoʻshilgan.

Ijaralar 2018-yil avgust oyida Zak Rudden „Falkirk“ futbol klubiga ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. 2018-yil 15-sentyabrda Zak Rudden „Falkirk“ klubidagi ilk oʻyinida maydonga tushib raqib darvozasiga gol urishga muvaffaq boʻldi.

2019-yil 23-avgustda Zak Rudden EFL Ikkinchi ligasining vakili „Plymouth Argyle“ futbol klubiga ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Zak Rudden klubdagi ilk oʻyinini ertasi kuni „Walsall“ klubiga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushib oʻtkazdi. Zak Ruddenning klub bilan imzolagan ijara shartnomasi muddati 2020-yil yanvarida nihoyasiga yetdi.

Partick Thistle 2020-yil 15-yanvarda Zak Rudden „Partick Thistle“ futbol klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi.

Koʻplab jarohatlar bilan bogʻliq muammolar va COVID-19 pandemiyasi tufayli futbol oʻyinlari toʻxtatilgandan soʻng, Zak Rudden jamoa tarkibidagi ilk oʻyinini 2021-yil 23-mart kuni Shotlandiya kubogi doirasidagi „Cowdenbeath“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

Dundee 2022-yilning yanvarida Zak Rudden „Dundee“ klubi bilan 2022-yilning yozidan boshlab kuchga kiradigan uch yillik shartnomani imzoladi. 2022-yilning 31-yanvarida Zak Rudden mavsum oxirigacha ijara asosida „Dundee“ klubiga oʻtdi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Zak Rudden Shotlandiya milliy futbol terma jamoasining turli yosh darajalaridagi (16, 17, 19, 21) guruhlarida Shotlandiya sharafini xalqaro oʻyinlarda himoya qilib kelgan.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMilliy kubukLiga kubugiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarRangers (U-20)2016—2017Shotlandiya yoshlar ligasi———20202017—2018———10102018—2019———1111Jami0000004141Rangers2018—2019Shotlandiya Premer-ligasi00000000002019—20200000000000Jami0000000000Falkirk (ijara)2018—2019Shotlandiya chempionati31120000003112Plymouth Argyle (ijara)2019—2020Shotlandiya Ikkinchi ligasi142101021183Partick Thistle2019—2020Shotlandiya chempionati40000000402020—2021Shotlandiya Birinchi ligasi1362120001772021—2022Shotlandiya chempionati197204210269Jami36134162104716Dundee (ijara)2021—2022Shotlandiya Premer-ligasi131——00131Dundee2022—2023Shotlandiya chempionati124003010164 Jami10632511028212937

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar