link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b4/Mogamigawa-kawakudari.jpg/250px-Mogamigawa-kawakudari.jpg|right|thumb|250x250px| Tozavadagi Mogami daryosi Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan qishloq. 2020-yil 1-fevral holatiga koʻra, qishloqda 1602 ta xonadonda 4431 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 17 kishidan toʻgʻri kelganTozawa village official statistics . Qishloqning umumiy maydoni 261,31 kvadrat kilometr (101 mi²) ga teng.
Geografiyasi Tozava Yamagata prefekturasining shimoliy-markaziy sharqiy qismida joylashgan boʻlib, sharqda Deva togʻlari bilan chegaradosh. Qishloq orqali Mogami daryosi oqib oʻtadi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
Yamagata prefekturasi Shinjo Sakata Sakegava Shonai Okura
Iqlimi Tozawa nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli hudud tabiatiga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi kuzatilgan. Tozavada oʻrtacha yillik harorat 11,1 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1877 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24,6 °C, eng past harorat esa yanvarda, −1,1 °C atrofida boʻladiTozawa climate data.
Tarixi Hozirgi hudud Tozava qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan va Nara davrida va ilk Heyan davrida Yaponiya dengizidagi Akita qal’asini Tinch okeanidagi Tagajo bilan bogʻlaydigan yoʻlda muhim mustahkamlangan hudud vazifasini bajargan. Sengoku davrida bu hudud Mogami sulolasining nazorati ostida edi. Edo davrida qishloq Mogami daryosidagi daryo porti boʻlgan. Meydzi davri boshlanganidan keyin hudud Yamagata prefekturasining Mogami tumani tarkibiga kiritildi. Tozava qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. 1955-yilda u qoʻshni Furukuchi va Kadokava qishloqlarini oʻziga qoʻshib oldi.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraTozawa population statistics, Tozava aholisi soni 1950-yilda eng yuqori choʻqqiga chiqdi va oʻshandan buyon kamayib bormoqda. Hozir koʻrsatkich bir asr oldingiga nisbatan usha davrdagi sonining yarmidan kamroqqa teng.
Iqtisodiyoti Tozava iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi, chorvachilik va oʻrmon xoʻjaligiga asoslangan.
Taʼlim tizimi Tozavada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta umumiy boshlangʻich/oʻrta maktab faoliyat yuritadi. Qishloqda oʻrta maktab mavjud emas.
Transporti
Temir yoʻllar 20x20px Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Rikuu gʻarbiy liniyasi
Tsuya — Furukuchi — Takaya
Magistral yoʻllar
Milliy yoʻnalish 47
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Shiraito sharsharasi — Yaponiyaning 100 ta eng yaxshi sharsharalaridan biri
Qardosh shaharlar bilan munosabati
— General Trias, Cavite, Filippin
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb -sayt
Turkum:Yamagata prefekturasidagi qishloqlar Turkum:Tozava, Yamagata