Nahidə Babaşlı — ozarbayjon-turk millatiga mansub ozarbayjonlik qoʻshiqchi, musiqalar matni muallifi, internet yulduzi.

U oʻz qoʻshiqlarini Ozarbayjon va Turkiya internet tarmoqlarida joylashtirganidan soʻng, tinglovchilar tomonidan yoqtirish (like) va izohlar (comment) qabul qilib oldi. Yuklagan qoʻshiqlari orasida „Anlasana“, „Ayriliq“, „Kandine iyi bak“, „Gozlerimi kapatsam“ va „Ses yuksak kaliti“ kabi musiqalari ham boʻlgan.

Nahidə 2018-yilda Murat Goyebakan tomonidan yozilgan „Ay yuzlum“ qoʻshigʻini kuylab, klipini YouTubega joylaydi.

Hayoti U 1996-yil 22-sentyabrda Ozarbayjonning Boku shahrida 3 farzandli oilada dunyoga keladi.

Oliy maʼlumotli boʻlish maqsadida Boku davlat universitetining fizika fakultetiga oʻqishga kirgan. Musiqachi boʻlish niyatida boʻlgan boʻlajak xonanda, muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan, bu yoʻldan qaytmaydi. U bu haqida shunday deydi: "Universitetdagi birinchi oʻquv yilim davomida ozarbayjon tili oʻqituvchisi janob Anar mening ovozim chiroyliligini aytgan. U meni majlislar zalining rahbari Janob Bayram bilan tanishtirib, meni oʻz nazoratiga olib, sahnaga chiqishimga ruxsat berishini soʻragan. Janob Bayram meni oʻzining xor jamoasiga taklif qilgan,lekin men bundan foydali tajriba olomadim. keyin u meni mugʻom qoshiqchisi bolishga yozdirmoqchi boʻldi,ammo men mugʻomga ham qiziqmasdim. Men xorni tark etganimdan keyin, universitetdagi yaxshi oʻzlashtirolmayotgan fanlarimga butun e'tiborimni qaratishga harakat qildim.Babaşlı, keyinchalik, otasining yordami bilan oʻz musiqalarini radiolarda ijro eta boshladi. U tez-tez qoʻshiq aytish bilan shugʻullanadi va xabarlarga koʻra, xalqaro musiqa tanlovlarida Ozarbayjon nomidan qatnashishga intiladi.

Manbalar

Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Ozarbayjon musiqachilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turk qoʻshiqchilari Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar