Shaun Elliot Jeffers () (1992-yil 14-aprelda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Shaun Jeffers hozirda „St Albans City“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Coventry City Shaun Jeffers oʻzining professional debyut oʻyinini (Coventry City uchun) 2009-yil 12-avgustda „Hartlepool United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi. 2009—2010-yilgi mavsum oxirida Shaun Jeffers klub bilan yangi shartnoma imzoladi.
Keyin, 2010—2011-yilgi mavsum oxirida Shaun Jeffersga yana bir yilga yangi shartnoma taklif qilindi, Shaun Jeffers 2011-yil 20-iyunida ikki yillik shartnoma imzoladi.
Shaun Jeffers 2013-yilning 15-mayida „Coventry City“ futbol klubini tark etdi.
Peterborough United 2013-yil iyul oyida Shaun Jeffers „Tranmere Rovers“ futbol klubiga borgani va „Tranmere“ futbol klubi uchun bir nechta oʻyinlarda ishtirok etgani haqida xabar berilgan edi. U yerdagi oʻyini muvaffaqiyatli chiqdi va Shaun Jeffersga shartnoma taklif qilishdi. Biroq, Shaun Jeffers „Tranmere“ futbol klubining shartnoma boʻyicha taklifini rad etdi (chunki shartnomaning bir qismi sifatida turar joy taklif qilinmagan edi). Shundan soʻng, Shaun Jeffers 2013-yilning 16-oktyabrida „Peterborough United“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi„Peterborough United sign striker Shaun Jeffers“ BBC Sport. 16 October 2013. . Shaun Jeffers uch kundan soʻng klub safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi„Peterborough United 1-0 Shrewsbury Town“ BBC Sport. 19 October 2013. .
Newport County 2014-yil 28-yanvarda Shaun Jeffers „Newport county“ futbol klubiga qoʻshildiNewport County sign Jeffers. Shaun Jeffers „Newport County“ futbol klubidagi ilk oʻyinini 2014-yilning 15-fevralida „Hartlepool“ futbol klubiga qarshi oʻtkazdi. 2014-yilning sentabrida Shaun Jeffers „Brackley Town“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi. 2015-yilning may oyida shartnoma muddati tugagach, Shaun Jeffers „Newport County“ futbol klubini tark etdiNewport players released.
Yeovil Town 2015-yil 23-iyun kuni Shaun Jeffers „Newport County“ futbol klubidan ketganidan soʻng, Angliya Ikkinchi ligasi vakili „Yeovil Town“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
2016-yilning 2-fevralida Shaun Jeffers 28 kunlik ijara asosida „Woking“ futbol klubi jamoasiga oʻtdi. 2016-yilning 6-fevralida Shaun Jeffers „Woking“ klubidagi debyut oʻyinini oʻtkazdi.
Shaun Jeffers 2015—2016-yilgi mavsum oxirida „Yeovil Town“ futbol klubini tark etdi.
2016-yil 3-avgustda Shaun Jeffers „Chelmsford City“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.
Shaun Jeffers 2020-yil 16-iyunda „Chelmsford“ futbol klubidan ketishini eʼlon qildi.
„Chelmsford“ futbol klubidan ketganidan soʻng, Shaun Jeffers 2020-yil iyul oyida „St Albans City“ futbol klubi safiga qoʻshildi .
Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaAngliya kubogiLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarCoventry City2009—2010Angliya chempionati400010—502010—2011Angliya chempionati000000—002011—2012Angliya chempionati201000—302012—2013Angliya Birinchi ligasi0000000000Jami6010100080Cheltenham Town (ijara)2010—2011Angliya Ikkinchi ligasi221101110252Cambridge United (ijara)2010—2011Angliya Premer konferensiyasi2000—0020Tamworth (ijara)2012—2013Angliya Premer konferensiyasi6000—0060Peterborough United2013—2014Angliya Birinchi ligasi81120020113Newport County2013—2014Angliya Ikkinchi ligasi1400000001402014—2015Angliya Ikkinchi ligasi212001100223Jami352001100363Yeovil Town2015—2016Angliya Ikkinchi ligasi251311031323Woking (ijara)2015—2016Angliya Milliy ligasi10——2131Chelmsford City2016—2017Angliya Milliy ligasi392110—1025023Boreham Wood2017—2018Angliya Milliy ligasi26331—213152018—2019Angliya Milliy ligasi0000—0000Jami26331—21315Hampton & Richmond Borough (ijara)2017—2018Angliya Milliy ligasi136——20156Brackley Town2018—2019Angliya Milliy ligasi 12130—62213Chelmsford City2019—2020Angliya Milliy ligasi321310—633916St Albans City2020—2021Angliya Milliy ligasi15932—2020112021—2022Angliya Milliy ligasi382784—334934Jami5336116—536945Jami280852510413913348107
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar