Caleb Cassius Watts () (2002-yil 16-yanvarda tugʻilgan) — avstraliyalik professional futbolchi. Caleb Watts „Morecambe“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati

Southampton Caleb Watts oʻzining futbolchilik faoliyatidagi birinchi professional shartnomasini 2019-yil iyul oyida imzoladi. 2021-yil 19-yanvarda Caleb Watts Angliya kubogi doirasidagi „Southampton“ futbol klubining „Shrewsbury Town“ futbol klubi ustidan gʻalaba qozongan oʻyinida oʻzining ilk professional oʻyinini oʻtkazdi. Bir hafta oʻtgach, Caleb Watts Angliya Premer-ligasidagi debyut oʻyinini oʻtkazdi. Bu oʻyinda „Southampton“ futbol klubi "Arsenal" futbol klubiga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu oʻyindan soʻng, Caleb Watts Angliya Premer-ligasida oʻynagan 52-avstraliyalik futbolchi boʻldi.

2022-yil 12-yanvarda Caleb Watts 2021—2022-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun „Crawley Town“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Caleb Watts 2022-yilning 15-yanvarida „Carlisle United“ futbol klubiga qarshi oʻyinning 63-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, oʻzining yangi klubdagi ilk oʻyinini oʻtkazdi.

2022-yil 23-iyunda Caleb Watts „Morecambe“ futbol klubi safiga 2022—2023-yilgi mavsum uchun ijara shartnomasi asosida qoʻshildi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati martaba Caleb Wattsning otasi avstarliyalik hisoblanadi. Oʻzi esa Angliyada tugʻilgan. Shuning uchun Caleb Watts Angliya va Avstraliya davlatlariga xalqaro miqyosda vakillik qilish (futbol oʻyinida) huquqiga ega. Caleb Watts 2019-yilgi 17 yoshli futbolchilar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionati uchun Avstraliyaning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safiga kiritilgan.

Caleb Watts terma jamoa bilan 2020-yilgi Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma olgan. Bu jamoa guruhdagi birinchi oʻyinida Argentina terma jamoasini magʻlub etdi, ammo boshqa oʻyinda gʻalaba qozona olmadi va shu sababli medallar uchun kurashda qatnashmadi. +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Boshqa Jami Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Southampton 2020—2021 Angliya Premer-ligasi 3 0 1 0 0 0 0 0 4 0 2021—2022Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 Jami 3 0 1 0 0 0 0 0 4 0 Crawley Town (ijara) 2021—2022 Ikkinchi liga 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0 Morecambe (ijara) 2022—2023 Birinchi liga 4 0 0 0 2 0 1 1 7 1Umumiy 8 0 1 0 2 0 1 1 12 1

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstraliyalik erkak futbolchilari Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari