Sergio Busquets i Burgos (talaffuzi: Serxio Buskets i Burgos) – ispaniyalik futbolchi, yarim himoyachi, MLSning „Inter Miami CF“ futbol klubi toʻp tepadi.

„Barcelona“ futbol akademiyasi bitiruvchisi, 2008-yildan buyon asosiy jamoada oʻynab kelmoqda. Oʻshandan beri u klub bilan sakkiz marta Ispaniya chempioniati, uch marta UEFA Chempionlar Ligasi, yetti marta Ispaniya kubogi, olti marta Ispaniya Superkubogi, uch marta UEFA Superkubogi va uch marta klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻolib chiqdi.

Ispaniya terma jamoasi tarkibida – Jahon chempioni (2010) va Yevropa chempioni (2012) boʻldi.

Klubdagi faoliyati Sergio Busquets „Barcelona“ futbol akademiyasi bitiruvchisi. U 2008-yilning 13-sentyabrida Ispaniya chempionati doirasidagi „Rasing“ga qarshi oʻyinda klubning asosiy jamoasida debyut qilgan. Chempionlar Ligasi oʻyinlaridagi debyut 2008-yil 22-oktyabrda Shveysariyaning „Bazel“ jamoasiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtdi, oʻsha oʻyinda Sergio „Barselona“ uchun birinchi golini urdi va „koʻk-anorranglilar“ raqibni yirik 5:0 hisobida magʻlub etishdi. Sergio Chempionlar Ligasidagi ikkinchi golini guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinda „Barcelona“ning zaxira tarkibi bilan „Shaxtyor“ga qarshi oʻyinda kiritdi. 2009-yil 7-martda esa Sergio „Atletik“ darvozasiga Primeradagi birinchi golni urdi. left|thumb| Sergio Busquets "Barselona" libosida „Barcelona“dagi birinchi mavsumida Buskets 24 La Liga, 7 Qirollik Kubogi va 8 Chempionlar Ligasi oʻyinida maydonga tushdi. Mavsumning birinchi yarmida Sergio tez-tez maydonga tushmagan boʻlsa-da, mavsumning qolgan yarmida u birinchi daqiqalardanoq oʻynay boshladi, shu jumladan Ispaniya kubogi finalida „Atletik“ga qarshi oʻyinda (4:1) va UEFA Chempionlar Ligasi finalida „Manchester Yunayted“ga qarshi (2:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ushbu mavsumdan keyin Busquets La Liganing 2008/09-yilgi mavsumida eng yaxshi yosh futbolchi deb topildi. Bundan tashqari, 2009-yilda Sergio Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan Bravo kubogini qoʻlga kiritdi.

2009/10 yilgi mavsumda kataloniyalik ivuarlik Yaya Toureni asosiy tarkibdan siqib chiqarib, asta-sekin klubning yetakchi yarim himoyachisiga aylandi. Ispaniya chempionatida u 33 oʻyinda maydonga tushdi, kataloniyalik yana 10 ta oʻyinni Chempionlar Ligasida oʻtkazdi. Busquets klubning bir mavsumda 6 ta sovrinni qoʻlga kiritishida ham katta rol oʻynadi, aynan u Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida Meksikaning „Atlanta“siga qarshi yarim final uchrashuvida hisobni tenglashtirgan, ammo baribir uning jamoasi uchrashuvda magʻlub boʻlgan. 2010/11 yilgi mavsumda Busquets oʻzining birinchi va yagona golini Bilbaoning „Atletik“iga urdi va oʻyin kataloniyaliklarning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. 2010 va 2011-yillarda u „L'Équipe“ talqiniga koʻra yilning ramziy jamoasi tarkibida boʻlgan.

2011/12-yilgi mavsumda u oʻzining birinchi golini Chempionlar ligasi yarim finalida „Chelsi“ ga qarshi oʻyinda kiritdi. Sergio Ispaniya chempionatining soʻnggi, 38-turida 2:2 hisobida yakunlangan „Betis“ga qarshi oʻyinda mavsumdagi ikkinchi golini urdi. 2013-yilning 16-iyulida futbolchining tugʻilgan kunida Busquets bilan shartnoma 2018-yilgacha uzaytirilgani maʼlum boʻldi. Tovon puli 250 million yevroni tashkil qildi. 2014/15 yilgi mavsum oldidan Serxio oʻzining raqamini 16 dan 5 ga oʻzgartirdi.

2015/16-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Sergio „Barcelona“ning uchinchi sardori etib tayinlandi. 2017-yil 1-oktyabrda Busqets „Las-Palmas“ darvozasiga gol urdi va Barcelona 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Oʻyin „Kamp Nou“da, Kataloniya mustaqilligi referendumi vaqtida yopiq eshiklar ortida oʻtkazildi. 2018/19-yilgi mavsum boshlanishidan oldin u „Barcelona“ vitse-sardori etib tayinlangan. 27-sentyabr kuni Busquets shartnomasini 2023-yilgacha uzaytirdi. 2021-yilning 9-yanvarida Busquets „Barcelona“ safida „Granada“ga qarshi oʻyindagi 600-uchrashuvini oʻtkazdi. Klub tarixida faqat Xavi, Iniesta va Messi undan koʻproq oʻyin oʻtkazgan. 2021/22-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Messi Paris Saint-Germainga koʻchib oʻtganidan keyin u „Barselona“ sardori etib tayinlangan.

Terma jamoadagi faoliyati 2009-yil 2-aprelda Busquets milliy terma jamoadagi debyut oʻyinini oʻtkazdi va ikkinchi boʻlimda Turkiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda David Silva oʻrniga maydonga tushdi, oʻyin ispanlarning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. thumb| Sergio Busquets Ispaniya terma jamoasi libosida 2010-yilning iyul oyida Busquets Ispaniya terma jamoasi bilan birgalikda JAR maydonlarida barcha 7 oʻyinda maydonga tushib, Jahon chempioni boʻldi. 2012-yilda Sergio Yevropa chempioni boʻldi, shuningdek, UEFAga koʻra turnirning ramziy jamoasiga kirdi.

2014-yil 8-sentabrda Busquets Ispaniya terma jamoasi uchun 2016-yilgi Yevropa chempionati saralashida Makedoniyaga qarshi oʻyinda ilk golini urdi, oʻyin ispanlarning 5:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Sergio oʻsha saralash turnirida 15-noyabr kuni Belarus terma jamoasiga qarshi oʻyinda ikkinchi golni kiritdi, Ispaniya 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. 2017-yilning 9-oktyabrida Buskets Ispaniya terma jamoasi safida Isroil terma jamoasiga qarshi 100-oʻyinini oʻtkazdi, oʻyin ispanlarning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

2020-yil 7-oktyabrda Busqets birinchi marta Portugaliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Sergio Ramos zaxira oʻrindigʻida boʻlgani uchun ispanlarga sardorlik qildi. 2021-yilning may oyida u Luis Enrique tomonidan Euro-2020 ga qoʻshildi. Ramos yoʻqligida u sardorlikka koʻtarildi. Ispaniya terma jamoasining turnirdagi birinchi oʻyinidan sakkiz kun oldin Busketsda COVID-19 testi ijobiy chiqdi, bu esa butun jamoani Litva bilan oʻrtoqlik oʻyinidan chetlatilishiga sabab boʻldi. U Shvetsiya va Polshaga qarshi guruh bosqichining dastlabki ikki oʻyinini oʻtkazib yubordi. U Slovakiyaga qarshi oʻyinning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etilgan uchinchi oʻyindagina jamoaga qaytishga muvaffaq boʻldi. Toʻrt kundan soʻng Xorvatiyaga qarshi 1/8 final uchrashuvida Busquets yana oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, Ispaniya qoʻshimcha boʻlimlardan soʻng 5:3 hisobida gʻalaba qozondi. Chorak finalda u Shveysariyaga qarshi penaltilar seriyasida Ispaniyaning birinchi zarbasi bilan darvoza toʻsiniga zarba berdi, ammo uning jamoasi gʻalaba qozondi.

Shaxsiy hayoti Sergio Busquets – 1990-yillarda „Barselona“ darvozasini himoya qilgan Carles Busquetsning oʻgʻli. 2014-yilda Sergio Elena Galera bilan munosabatlarni boshladi, er-xotin 2016-yilda Enzo ismli oʻgʻil koʻrdi. 2018-yilda oʻgʻil Levi tugʻildi.

Statistikasi

Klubdagi statistikasi

thumb|upright|Busquets Dynamo Kiyevga qarshi bahsda qaychi uslubidagi zarbani amalga oshirmoqda, 2009

+ Klublar, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollarJamoaMavsumLigaCopa del ReyYevropaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolBarcelona BTercera División232———2322008–09Segunda División B20———20Jami252———252BarcelonaLa Liga2419082—4132009–1033040100515212010–1128150120104612011–1231180101305222012–133114080204512013–143215191204832014–1533140100—4712015–163505090405302016–173305080204802017–1831170100205012018–1935060120105402019–203322070104322020–213606060205002021–2236220121105132022–23100004000140Jami46111721135526169418Faoliyati davomida jami48613721135526171920

Milliy terma jamoadagi statistikasi

thumb|Busquets (eng chekka oʻng) Ispaniya libosida, 2017

+ Terma jamoa va yillar boʻyicha oʻyinlar va gollarMilliy terma jamoaYilOʻyinGolIspaniya20091002010160201111020121402013120201411220158020161202017802018902019502020402021130202260Jami1392

Yutuqlari

Jamoaviy "Barcelona"

Ispaniya chempioni (8): 2008/09, 2009/10, 2010/11, 2012/13, 2014/15, 2015/16, 2017/18, 2018/19 Ispaniya kubogi sohibi (7): 2008/09, 2011/12, 2014/15, 2015/16, 2016/17, 2017/18, 2020/21 Ispaniya Superkubogi sohibi (6): 2009, 2010, 2011, 2013, 2016, 2018. UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi (3): 2008/09, 2010/11, 2014/15 Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻolibi (3): 2009, 2011, 2015 UEFA Superkubogi sohibi (3): 2009, 2011, 2015

Ispaniya terma jamoasi

Jahon chempioni: 2010 Yevropa chempioni: 2012

Shaxsiy

Bravo kubogi sohibi: 2009 PFL versiyasiga koʻra Ispaniyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2009 Ispaniya chempionatining ramziy terma jamoasi tarkibida: 2015/16 UEFA Chempionlar Ligasining ramziy jamoasi tarkibida: 2014/15 2010-yilgi Jahon chempionati ramziy terma jamoasi tarkibida UEFA versiyasiga koʻra 2012-yilgi Yevropa chempionatining ramziy terma jamoasi tarkibida Asturiya shahzodasi mukofoti: 2010

Yana qarang Xalqaro darajadagi 100 va undan ortiq oʻyinlardan maydonga tushgan erkak futbolchilar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Sergio Busquets Inter Miami CF saytida Sergio Busquets Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi veb-saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:FC Barcelona Atlètic oʻyinchilari Turkum:FC Barcelona futbolchilari Turkum:Inter Miami CF futbolchilari Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Designated futbolchilari (MLS) Turkum:Major League Soccer futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2010 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:UEFA Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi Turkum:Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar