Aleksandar Živkovich () (25-dekabr 1912Aleksandar Živković — 2000-yil 25-fevral) — xorvatiyalik futbolchi. Mamlakatda u Xorvatiyaning „Concordia Zagreb“ va „Građanski Zagreb“ klublarida, xorijda esa „Grasshopper Club Zurich“ va „RCF Paris“, „CA Paris“ va „Sochaux-Montbéliard“ klublarida oʻynagan. 

Klubdagi faoliyati Živković 1929-yildan 1935-yilgacha Yugoslaviya Qirollik chempionatida 34 ta gol urgan eng yaxshi toʻpurarlardan biri boʻlganYugoslavia — List of Topscorers.

Xalqaro faoliyati Živković 1940-yilda Yugoslaviya terma jamoasida 15 marta va Xorvatiya terma jamoasida bir marta maydonga tushgan.

Živkovich Yugoslaviya futbol assotsiatsiyasi Zagrebdan Belgradga koʻchirilgandan soʻng 1930-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida Yugoslaviya terma jamoasini boykot qilgan yetti xorvatiyalik futbolchidan biri boʻlgan. 1931-yilning 2-avgustida (18 yosh 7 oy 8 kunlik) CHexoslovakiyaga qarshi oʻyinda Živkovich xalqaro maydondagi debyutini oʻtkazgan va 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda gol muallifiga aylangan. Živkovich 1932-yilgi Bolqon kubogida beshta gol bilan eng yaxshi toʻpurar boʻlgan. U, shuningdek, 1935-yilda Bolqon kubogini qoʻlga kiritgan Yugoslaviya jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlib, 2 ta gol bilan gʻalabalarga hissa qoʻshgan. Bolqon kubogida 10 ta gol bilan u musobaqa tarixidagi barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurar boʻlgan Asen Panchev bilan birga 10 ta golga muallif boʻlib, bolgariyalik Lyubomir Angelov (14) va ruminiyalik Iuliu Bodoladan (15) ortda qolgan.

Nafaqadan keyin Ikkinchi jahon urushi davrida Živkovich Xorvatiya mustaqil davlatining Berlin va Budapeshtdagi elchixonalarida diplomat boʻlib ishlagan. 1945-yilda, urushdan soʻng, u Janubiy Afrikaga koʻchib oʻtgan va u yerda 1993-yilgacha yashab, mustaqil Xorvatiya Respublikasiga qaytgan. Živkovich 2000-yilda 87 yoshida Zagrebda vafot etgan va Mirogoj qabristoniga dafn etilgan.

Xalqaro maydondagi gollari +# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.2.08.1931 Stadion SK Jugoslavija, Belgrad, Yugoslaviya 1 — 0 2-1 Oʻrtoqlik 2.26.06.1932 Beogradski SK stadioni, Belgrad, Yugoslaviya 5 — 1 7-1 1932-yil Bolqon kubogi 3. 6 — 1 4.30.06.1932 Beogradski SK stadioni, Belgrad, Yugoslaviya 1 — 3 2-3 5. 2 — 3 6.4.07.1932 Beogradski SK stadioni, Belgrad, Yugoslaviya 2 — 0 3-1 7.9.10.1932 Stadion Letna, Praga, Chexoslovakiya 1 — 1 1-2 Oʻrtoqlik 8.3.06.1933 Stadionul ONEF, Buxarest, Ruminiya 3 — 1 5-3 1933-yil Bolqon kubogi 9. 5 — 2 10. 1933-yil 7-iyun ONEF stadioni, Buxarest, Ruminiya 2 — 0 4-0 11.1.04.1934 Beogradski SK stadioni, Belgrad, Yugoslaviya 2 — 1 2-3 Oʻrtoqlik 12.3.08.1930 Yunak stadioni, Sofiya, Bolgariya 1 — 0 6-1 1935-yil Bolqon kubogi 13. 4 — 1 14.18.08.1935 Stadion Wojska Polskiego, Varshava, Polsha 1 — 2 3-2 Oʻrtoqlik 15. 2 — 2Oʻrtoqlik

Yutuqlari

Xalqaro

Yugoslaviya

Bolqon kubogi :

Chempion (1) : 1935-yil Ikkinchi oʻrin (2) : 1932 va 1933

Shaxsiy ytuqlari

1932-yilgi Bolqon kubogida 5 ta gol urgan eng yaxshi toʻpurar

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Yugoslaviyalik erkak futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:2000-yilda vafot etganlar Turkum:1912-yilda tugʻilganlar