Emre Kıvılcım (1990-yil 2-sentyabrda Malatyada tugʻilgan) — turkiyalik aktyor.

Hayoti va faoliyati 1990-yil 2-sentyabrda Malatyada tugʻilgan Emre Kıvılcım oʻn yoshiga qadar oʻz shahri Malatyada yashab, keyin hayotini Istanbulda davom ettirgan. Emre Kıvılcımning asl kasbi — kimyo muhandisi. Mehnatni muhofaza qilish mutaxassisligi boʻyicha magistraturani tamomlagan. Lekin aktyorlikka qiziqa boshlaganidan keyin muhandislik faoliyatini toʻxtatgan. Sadri Alışık madaniyat markazida stipendiant sifatida bir muddat aktyorlik yoʻnalishida tahsil olgan va 7-kanal ekranlarida namoyish etilgan „Zeytinyağlı Yiyemem Aman“ nomli filmda rol ijro etgan.

Emre Kıvılcım „Elif“ deb nomlangan serialda suratga tushgan. Bu serialda Selim obrazini jonlantirgan. Serial xorijda, ayniqsa, Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlarida tomoshabinlarning katta eʼtiboriga sabab boʻlgan va bir nechta rekordlarni yangilagan. Ushbu serial ortidan xalqaro mashhurlikka erishgan Kıvılcım Indoneziyadagi LC Waikiki brendining yuziga aylangan. Bu serialdan soʻng 2018-yilda FOX TV telekanalida namoyish etilgan „Adı Zehra“ serialida suratga tushgan.

2019-yilda rejissyor Xoqon Haksun boshchiligida suratga olingan „Kim baxtliroq“ filmida „Kamol“ obrazini jonlantirgan.

2020-yilda Bozdağ Film tomonidan suratga olingan „Türkler Geliyor: Adaletin Kılıcı“ filmida „Akıncı Sungur“ obrazini gavdalantirgan.

2021-yilda Bozdağ Film tomonidan Metin Günay rejissyorligida suratga olingan tarixiy fantastika janridagi „Mendirman Jaloliddin“ teleserialida Jaloliddin Xorazmshoh obrazini jonlantirgan. Ushbu serial Turkiya va Oʻzbekistonning oʻzaro hamkorligida suratga olingan.

Filmografiyasi

Film Yil Nomi Rol 2014Zeytinyağlı Yiyemem Aman Mustafo 2017Cinayet-i Aşk Selim 2019 Kim Daha Mutlu?Kamol 2019 Türkler Geliyor: Adaletin KılıcıSungur

Seriallar Yil Nomi Rol 2014–2017 Elif Selim Emiroglu 2018Adı: Zehra Genco Yaman 2021 Mendirman Jaloliddin Jaloliddin Xorazmshoh 2022 Orzular va hayot

Manbalar

Turkum:Turkiyalik aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar