Bruce McCandless II (1937-yil 8-iyun – 2017-yil 21-dekabr) Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz floti zobiti va aviatori, elektrotexnika muhandisi va NASA astronavti boʻlgan.

Erta hayot va taʼlim Bruce 1937-yil 8-iyunda Massachusets shtatining Boston shahrida tugʻilgan. AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining uchinchi avlod ofitseri Bruce McCandlessning oʻgʻli va Willis W. Bradleyning nabirasi hisoblanadi, Uning otasi hamda bobosi „Shon-sharaf“ medali sohibi boʻlishgan. U 1954-yilda Kaliforniyaning Long-Beach shahridagi Vudro Vilson nomidagi katta oʻrta maktabni tamomlagan.

1958-yilda u Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-dengiz akademiyasining bakalavr darajasini oldi. Kasbiy faoliyati davomida u 1965-yilda Stanford universitetida elektrotexnika boʻyicha magistr darajasini va 1987-yilda Xyuston-Clear Lake universitetida MBA darajasini ham olgan.

thumb|left| Bruce McCandless, 2009-yil fevral

Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz floti McCandless Florida shtatidagi Pensakola va Texasdagi Kingsvill dengiz havo stansiyalarida dengiz havo kuchlarini oʻqitish qoʻmondonligida parvoz mashgʻulotlarini oʻtadi.

1960-yil mart oyida u Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz aviatori etib tayinlandi. McCandless Duglas F4D-1 qoʻnish mashgʻulotlari oʻtash uchun Ki-Uest dengiz havo stantsiyasiga yoʻl oldi.

1960-yil dekabridan 1964-yil fevraligacha u Skyray va McDonnell Duglas F-4B Phantom II samolyotlarida uchuvchi sifatida 102-qiruvchi otryadga (VF-102) tayinlandi.

1964-yil boshida uch oy davomida McCandless Virginia shtatidagi Okeana dengiz havo stantsiyasida 43-hujum otryadida (VA-43) asboblar boʻyicha uchish oʻqituvchisi sifatida faoliyat olib borgn. Soʻngra u Stenford universitetidagi harbiy- dengiz zahiralari ofitserlarini tayyorlash korpusida elektrotexnika boʻyicha magistratura boʻlimida faoliyat olib borgan.

Dengiz xizmati davomida u Lockheed T-33B Shooting Star, Northrop T-38A Talon, McDonnell Duglas F-4B Phantom II, Duglas F4D Skyray, Grumman F11F Tiger, Grumman F9F Cougar, Lockheed T-1 va Seacraft samolyotlarida uchish mahoratiga ega boʻldi.

U 5200 soatdan ortiq parvoz vaqtiga ega boʻlib, shu jumladan reaktiv samolyotlarda 5000 soatni qayd etgan.

Manbalar

Turkum:2017-yilda vafot etganlar Turkum:1937-yilda tugʻilganlar Turkum:NASA Turkum:Kosmonavtlar Turkum:Stanford universiteti bitiruvchilari