William McArthur (talaffuzi: Uilyam MakArtur 1951-yil 26-iyulda tugʻilgan) — isteʼfodagi Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasi polkovnigi va NASA astronavti.
Armiya faoliyati McArthur 1951-yil 26-iyulda tugʻilgan va Shimoliy Karolina shtatining Red Springs shahrida oʻsgan. McArthurAmerikaning Boy Skautlarida faol boʻlgan va u yerda oʻzining ikkinchi eng yuqori darajasi – Life Scout -ga erishgan. U Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy Akademiyasida oʻqidi, 1973-yilda Amaliy fan va muhandislik boʻyicha bakalavr darajasini oldi. McArthur Shimoliy Karolina shtatining Fort Bragg shahridagi 82-havo desant diviziyasida xizmat qilgan soʻngra, AQSh armiyasi aviatsiya maktabida oʻqigan. Koreya va Jorjiyada xizmat safarlarida boʻlgan (1983-yilda Jorjiya Texnologiya Institutida Aerokosmik muhandislik fanlari magistri darajasini olgan).
NASA faoliyati 1987-yilda McArthur AQSh harbiy-dengiz kuchlari sinov uchuvchilar maktabida oʻqidi va eksperimental sinov uchuvchisi sifatida taʼlim oldi. U NASAda parvoz sinovlari muhandisi lavozimiga tayinlangan va 1990-yilda astronavt nomzodi sifatida tanlangan. McArthuring birinchi kosmik parvozi 1993-yilda STS-58 bortida boʻlgan. Keyingi missiyalarga STS-74 va STS-92 kirdi.
McArthur 41 xil samolyot va kosmik kemada 9000 soatdan ortiq parvozni amalga oshirdi.
Shaxsiy hayoti McArthur sobiq Cynthia Kathryn Lovinga uylangan. Uning ikki qizi bor. McArthur velosipedda yurishni, suratga olishni va shaxsiy kompyuterlar bilan ishlashni yoqtiradi. 2009-yil may oyida u koinot fani va muhandislik sohasiga qoʻshgan hissasi, shuningdek, Shotlandiya kosmik maktabi bilan olib borgan targʻibot ishlari uchun Strathclyde universitetining faxriy doktori unvoniga sazovor boʻldi. U hozirda Texasning Friendswood shahrida istiqomat qiladi. Tasma Tavsif Izohlar80x80px Harbiy xizmat uchun medal80x80px Mudofaa xizmatlari uchun medal80x80px Mudofaadagi xizmatlari uchun medali80x80px Armiya maqtov medali80x80px Milliy mudofaa xizmati medali 80x80px Armiya xizmati lentasi80x80px NASAning „Buyuk xizmatlari uchun“ medali80x80px NASAning alohida xizmat medali80x80px NASA kosmik parvoz medali
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1951-yilda tugʻilganlar Turkum:NASA Turkum:Kosmonavtlar