eBay Inc. — Internet-auksion (asosiy faoliyati), internet-magazin, tezda toʻlovni amalga oshirish va VoIP kabi sohalarda xizmat taklif etuvchi Amerika kompaniyasidir. eBay.com saytini boshqaradi, Paypal va Skype kompaniyalari egasi hisoblanadi.
Haridlari
1999yil may oyida eBay Billpoint online-toʻlov sismtemasini sotib oldi, keyinchalik Paypal ni sotib olgach yopiladi. 1999-yil eBay Butterfield & Butterfield auksionini sotib oladi, keyinchalik 2002-yilda Bonhams kompaniyasiga sotib yuboriladi. 1999-yil eBay Mark va Oliver Zamverlardan Alando auksionini $43 millionga sotib oladi , keyinchalik u eBay Germanyga aylantirilgan edi. 2000 yil iyun oyida eBay Half.comni sotib oladi, keyinchalik u eBay Marketplace ga aylantiriladi. 2001yil avgustda eBay Mercado Libre, Lokau va iBazar larni sotib oladi — yirik lotinamerikasi online-auksion saytlari. 2002 yil iyul eBay PayPal toʻlov sistemasini $1.5 milliardga sotib oladi. 11-iyul 2003 yil eBay Inc.elektron tijorat sohasi bilan shugʻullanuvchi EachNet xitoy kompaniyasini $150 millionga sotib oladi. 22-iyun 2004 yil eBay Baazee.com ni $50 millionga sotib oladi, u Hindiston dagi ilgʻor auksion sayti hisoblanadi. 13-avgust 2004 yil eBay craigslist.org ning 25% aksiyasini qoʻlga kiritadi. 2004 yil sentyabrda eBay Koreya bozoriga kirib kela boshlaydi, Korean online trading company dan 3 millionga aksiya sotib oladi, har bir aksiyani 12,000 koreya voniga (tahminan $109 AQSH dollari) sotib oladi. 2004 yil noyabrda eBay Marktplaats.nl ni €225 millionga sotib oldi. Bu nemis firmasi Niderlandiya auksion bozorining 80% ga egalik qilar edi va asosiy daromadi reklama sotishdan kelib tushar edi. 16-dekabr 2004 yil eBay rent.com ni $30 million pul va $385 millionlik eBay aksiyalariga sotib oladi. 2005 yil mayda eBay Gumtree ni oʻz tarkibi qoʻshadi, Birlashgan Qirollik dagi reklamalar sayti tizimi. 2005 yil iyun eBay Shopping.com ni $635 millionga oʻz tarkibiga qoʻshadi, ushbu sayt tovarlar va ular narhlarni solishtirish boʻyicha xizmatlar taklif etadi. 2005 yil avgust eBay VoIP Skype kompaniyasini $2.6 milliard pul va aksiyalar bilan sotib oladi. thumb|right|260px|eBay ning bosh ofisi, San Jose
Qiziq faktlar
eBay auksionida sotilgan qimmatbaxo predmetlar 340 yillik Shekspir qoʻlyozmasi (Prince of Tyre),1666 yilda buyuk London yongʻinini boshidan kechirgan (£5 mln) Grumman Gulfstream II samolyoti ($4,9 mln) Sariq rangli McLaren F1 1993-yilgi ($1,7 mln.) (dunyoda faqatgina yaqona sariq rangliMcLaren F1 mavjud) Xonus Vagnerning 1909-yilgi Beysbol kartochkasi ($1,65 mln.) Daymond Leyk Kurorti, Gʻarbiy Kentukki, AQSH ($1,2 mln.) Ferrari Enzo ($975 000, dekabr 2005) Buyuk beisbolist Djo Djeksonning bitasi «Black Betsy» ($577 610) Buyuk golfistTayger Vuds bilan bir partiya golf ($425 000)
Yana qarang Elektron tijorat Internet-auksion modeli Savdo markazlari
Manbalar
Havolalar eBay.com eBay auksioni.Forum