Yigʻilgan afzallikning Matthew effekti, Matthew prinsipi yoki qisqacha Matthew effekti baʼzida „boy boyib boraveradi, kambagʻal esa qashshoqlashib ketaveradi“ degan ibora bilan ham ifodalanadi. Bu konsepsiya shon-shuhrat yoki maqom masalalariga nisbatan qoʻllanadi, lekin ayni paytda uni iqtisodiy kapitalning umumiy afzalliklariga nisbatan ham qoʻllash mumkin. Dastlab, Matthew effektlari birinchi navbatda olimlarning tan olinishidagi tengsizlikni ifodalashga qaratilgan edi. Biroq, Kolumbiya universiteti professori Norman V. Storer tadqiqotning yangi toʻlqiniga rahbarlik qilib, ijtimoiy fanlarda mavjud boʻlgan tengsizlik boshqa institutlarda ham mavjudligini kashf qila olganiga ishonch hosil qildiRigney, Daniel (2010). „Matthew Effects in the Economy.“ The Matthew Effect: How Advantage Begets Further Advantage. Columbia University Press. pp. pp. 35-52..

Bu atama sotsiologlar Robert K. Merton va Garriet Zuckerman tomonidan 1968-yilda kiritilgan boʻlib, atamaning kelib chiqishi bibliyaga oid Gospel of Matthewning parable of the talents or minas masalidan olingan.

Matthew effektini asosan preferensial bogʻlanish bilan izohlash mumkin. Bunda odamlar oʻz darajasiga mutanosib ravishda umumiy yutuqlar (masalan, mashhurlik, doʻstlar, boylik) toʻplashadi. Buning taʼsirida quyi tabaqadagi individuallarda vaqt oʻtgani sari tavakkal qilish uchun resurslar kamayib boravergani sababli oʻz imkoniyatlarini oshirish tobora qiyinlashib boraveradi; oʻz navbatida, yuqori martabali shaxslar uchun oʻz qoʻllarida katta imkoniyatlarni saqlab qolish tobora osonlashib boradi, chunki ularda tavakkal qilish uchun resurslar koʻproq.

Etimologiya Konsepsiya sinoptik Xushxabarlar (synoptic Gospels)dagi Isoning ikkita masali asosida nomlangan (Evsebiy qonunlarining 2-jadval).

U isteʼdodlar haqidagi masalning ikkala sinoptik versiyasinining xulosasi sifatida keladi:

Ushbu konsepsiya buta ostidagi chiroq (lamp under a bushel) haqidagi masalning uchta sinoptik versiyasidan ikkitasining xulosasi sifatida ham kelgan (Matthew versiyasida yoʻq):

Bu konsepsiya Matthew parchasida Masih shogirdlariga masallarning maqsadini tushuntirishi paytida ham keltirilgan:

Ilm-fan sotsiologiyasi Ilm-fan sotsiologiyasidagi „Matthew effekti“ Robert K. Merton tomonidan ishlab chiqilgan atama boʻlib, taniqli olimlar koʻpincha ishlari oʻzlariniki bilan oʻxshash boʻlgan unchalik mashhur boʻlmagan tadqiqotchiga qaraganda koʻproq foyda olishlarini tasvirlash uchun qoʻllangan; bu, shuningdek, allaqachon mashhur boʻlgan tadqiqotchilarning ishlari boshqalarga qaraganda koʻproq eʼtirof etilishini anglatadi. Misol uchun, mukofot deyarli har doim loyihada ishtirok etgan eng katta tadqiqotchiga beriladi, hatto barcha ishlarni aspirant bajargan boʻlsa ham. Bu keyinchalik Stephen Stigler tomonidan Stiglerning eponimiya qonuni sifatida shakllantirildi — „Hech bir ilmiy kashfiyot oʻzining asl kashfiyotchisi nomi bilan atalmagan“ — Stigler Mertonni haqiqiy kashfiyotchi sifatida taʼkidlab, uning „qonunini“ bunga misol qilib koʻrsatdi.

Merton ilmiy hamjamiyatda Matthew effekti oddiy obroʻ-eʼtibordan tashqari kengroq aloqa tizimiga taʼsir qiladi, ijtimoiy tanlov jarayonlarida rol oʻynaydi va natijada resurslar hamda isteʼdodlar kontsentratsiyasiga olib keladi degan fikrni olgʻa surgan. U nomaʼlum mualliflar tomonidan yozilgan teng darajadagi yoki ustun maqolalarga taniqli mualliflarning maqolalariga qaraganda pastroq baho berilganini bu holatga misol sifatida keltirdi. Shuningdek, u boshqa izlanuvchilar odamlarning diqqatini taniqli shaxslarga qaratishi sababli ish jarayonida koʻproq tavakkal qilish imkoniga ega boʻlishlarini ham aytib oʻtdi.

Misollar

Tajriba va kuzatuvlar shuni koʻrsatdiki, nisbatan mashhur boʻlgan bestseller roʻyxatidagi kitoblar va musiqalar boshqalariga qaraganda koʻproq isteʼmolchilarni jalb qilar ekan.

Raqobatbardosh kasblar doirasidagi karyeraviy oʻsish davomiyligini taxmin qilishda ham Matthew effektiga asoslaniladi. Bu fan va professional sportdagi karyeraviy oʻsishning individuallar orasidagi empirik taqsimotini tahlil qilish orqali tasdiqlanadi (masalan, Beysbol Oliy Ligasi miqyosida). Natijada, qisqa va uzoq davom etuvchi karyeralar oʻrtasidagi nomutanosiblikni obroʻli va tajribali mutaxassislar raqobatda doim alohida ustunlikka ega boʻlishini ifodalovchi „boylarning boyib boraverishi“ mexanizmi bilan izohlash mumkin. Kognitiv psixolog Steven Pinker oʻzining 2011-yilda chop etilgan "The Better Angels of Our Nature: Why Violence Has Declined" nomli kitobida jamiyatlardagi Matthew effektiga toʻxtalib, nega baʼzi jamiyatlarda hammasi yaxshi, baʼzilarida esa unday emasligini izohlashga harakat qilgan. U 9-bobda bu ijobiy tanqidning natijasi boʻlishi mumkinligini taxmin qiladi, bunda baʼzi shaxslarning ehtiyotsiz xatti-harakati boshqalarni ham shunday qilishga undaydigan betartib muhitni yaratadi. U Martin Daly va Margo Wilson tomonidan olib borilgan tadqiqotlardan misol keltirgan holda, atrof-muhit qanchalik beqaror boʻlsa, odamlar kelajakka shunchalik jiddiy yondashishadi va tavakkal qilishdan qochishadi. Niderlandiyada ilm-fanni moliyalashtirish fondi boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqot davomida katta miqyosdagi Mathew effekti aniqlandi. Yaʼni, moliyalashtirish chegarasidan biroz yuqoriroqqa chiqib gʻolib boʻlganlar keyingi sakkiz yil davomida ular bilan deyarli bir xil ballar olib, chegaradan biroz quyiga tushib qolib, magʻlub boʻlganlarga qaraganda ikki baravar koʻproq mablagʻ toʻplaganligi aniqlandi.

Ilm-fanda samaradorlikdagi keskin farqlarni uchta hodisa bilan izohlash mumkin: muqaddas uchqun, kumulyativ ustunlik va jurnal muharrirlari tomonidan qidiruv xarajatlarini minimallashtirish. Muqaddas uchqun paradigmasiga koʻra, olimlar oʻzlarining dastlabki qobiliyatlari, isteʼdodlari, koʻnikmalari, qatʼiyatliliklari, mehnat jarayonidagi odatlari kabilar bilan farqlanadi, bu esa ularga koʻproq ustunlik beradi. Ushbu omillar multiplikativ taʼsirga ega boʻlib, bu olimlarga keyinchalik tezroq muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi. Kumulyativ ustunlik modelida esa, dastlabki muvaffaqiyat tadqiqotchiga koʻproq resurslardan foydalanishga imkonini yaratadi (masalan, oʻquv jarayoni, eng yaxshi aspirantlar, moliyalashtirish, jihozlar va boshqalarda), bu esa oʻz navbatida keyingi muvaffaqiyatga olib keladi. Jurnal muharrirlari tomonidan qidiruv xarajatlarini minimallashtirilishida boʻlsa, muharrirlar vaqtni tejash maqsadida ongli yoki ongsiz ravishda asosan taniqli olimlarning maqolalarini tanlab olishlarida oʻz aksini topadi. Ushbu hodisalarning aniq mexanizmi hali nomaʼlum boʻlsa-da, kamdan-kam akademiklar tadqiqot natijalarini taqdim etadi va ishlarida eng koʻp iqtiboslarni qoʻllashga erishadi.

Taʼlim Taʼlim sohasida „Matthew effekti“ atamasi psixolog Keith Stanovich tomonidan qabul qilingan. Taʼlim nazariyotchisi Anthony Kelly yangi oʻquvchilarning oʻqish fanidagi koʻnikmalarini qanday rivojlantirishlari haqidagi tadqiqotlarni aynan shu konsepsiya asosida tasvirlagan edi: oʻqish koʻnikmalarini egallashdagi tezkor muvaffaqiyat odatda ortidan boshqa muvaffaqiyatlarni ham boshlab keladi. Yaxshi oʻqiy olgan oʻquvchi boshqa koʻnikmalarni ham osonroq oʻrganib oladi. Aksincha, ilk bosqichda oʻqishda muammolarga uchraganlar koʻp hollarda keyingi taʼlim bosqichlarida ham yangi koʻnikmalarni oʻrganishga qiynalishadi.

Buning sababi shundaki, oʻqishdan orqada qolgan bolalar oʻz navbatida kamroq oʻqiydilar, bu ularning tengdoshlari bilan oʻrtalaridagi farqni oshiradi. Keyinchalik, „nimadir oʻrganish uchun oʻqish“ kerak boʻlganda, oʻqishga qiynalishlari sababli qolgan fanlarda ham oqsay boshlashadi. Shu tariqa ular maktabda tobora ortda qolib, tengdoshlariga qaraganda koʻproq ehtimol bilan maktabni tashlab ketishadi.

Stanovichning soʻzlariga koʻra:

Tarmoq fanlari Tarmoq fanida Matthew effekti tarmoqdagi oldingi tugunlarning imtiyozli biriktirilishini tasvirlash uchun ishlatiladi, yaʼni bunday tugunlar havolalarni boshqalariga qaraganda tezroq jalb qiladi. Imtiyozli ulanish tufayli, boshqasidan koʻra koʻproq ulanishga ega boʻlgan tugun oʻz ulanishini yuqori tezlikda uzatadi va shuning uchun tarmoq oʻsishi bilan ikkita tugun oʻrtasidagi ulanishdagi dastlabki farq yanada ortadi, alohida tugunlar darajasi esa vaqtning kvadrat ildizi bilan proportsional oʻsadi. Matthew effekti Internet kabi keng tarmoqlardagi tugunlar oʻsishi qanday amalga oshishini tushuntiradi.

Ijtimoiy taʼsirga ega bozorlar Ijtimoiy taʼsir koʻpincha boyib ketish hodisasini keltirib chiqaradi, bunda mashhur mahsulotlar vaqt oʻtgani sari yanada mashhur boʻladi. Matthew effektining ijtimoiy taʼsirdagi roliga misol sifatida Salganik, Dodds va Watts yaratgan MUSICLAB nomli eksperimental virtual bozorni olishimiz mumkin. MUSICLAB da odamlar musiqa tinglashlari va oʻzlari yoqtirgan qoʻshiqlarni yuklab olishlari mumkin edi. U yerdagi qoʻshiqlar nomaʼlum guruhlar tomonidan yaratilgan edi. Tajribada ikkita guruh sinovdan oʻtkazildi; bir guruhga qoʻshiqlar haqida umuman maʼlumot berilmadi, ikkinchi guruhga har bir qoʻshiqning mashhurligi va uning avval yuklab olinganligi aytildiBerbeglia, Franco, and Pascal Van Hentenryck. Taming the Matthew Effect in Online Markets with Social Influence. Taming the Matthew Effect in Online Markets with Social Influence..

Natijada, qaysi qoʻshiqlar eng ommabop va eng koʻp yuklab olinganini koʻrgan guruh aynan oʻsha qoʻshiqlarni tanladi. Eng ommabop boʻlgan va eng koʻp yuklab olingan qoʻshiqlar roʻyxatning boshida qoldi va doimiy ravishda eng koʻp eshitilib borildi. Tajriba natijalarini sarhisob qiladigan boʻlsak, reytinglar maʼlum bir tanlangan qoʻshiqlar koʻproq muvaffaqiyatga erishishiga sabab boʻldi. Yuklab olish reytinglari munosib taʼsir koʻrsatdi; ammo, bu ijro reytingichalik emas ediSalganik, Matthew J., et al. Experimental Study of Inequality and Unpredictability in an Artificial Cultural Market. 2006, pp. 1-15, Experimental Study of Inequality and Unpredictability in an Artificial Cultural Market..

Shuningdek, Abeliuk (2016) „Ijro reytinglari“ dan foydalanganda eng mashhur qoʻshiqlar uchun monopoliya yaratilishini ham isbotlab berdiAbeliuk, Andrés, et al. „The Benefits of Social Influence in Optimized Cultural Markets.“ PLOS ONE, vol. 10, no. 4, 2015, doi:10.1371/journal.pone.0121934..

Siyosatshunoslik Avtokratiyalarda liberallashtirish siyosiy institutlar, YaIM va taʼlim bilan bogʻliq jarayonlar boshlanish nuqtasi muvaffaqiyatli boʻlgan mamlakatlarda rivojlanish ehtimoli koʻproq. Bu davlatlar asosiy islohotlarni ham tezroq amalga oshirishi mumkin va hatto ustunlikka ega boʻlmagan sohalarda ham buni uddalay oladi.

Havolalar

Turkum:Iboralar