Alejandro Meleán Villarroel (; 1987-yil 16-iyunda AQShning Mayami shtatida tugʻilgan) – Boliviya futbolchisi, „Jorge Wilstermann“ klubi va Boliviya terma jamoasi himoyachisi hisoblanadi.

Klublardagi faoliyati thumb|454x454px| Alejandro Meleán Boliviya terma jamoasi safida Alejandro Meleán oʻz faoliyatini College of the Holy Crossda futbol oʻynashdan boshlagan. Oʻqishni tugatgach, nomdor klublardan bir qancha takliflar oldi. Ammo, shunga qaramay 2010-yil boshida Alejandro Meleán Villarroel "La Paz " jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 18-aprel kuni „Jorge Wilstermann“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Boliviya chempionatida debyut qildi. 17-oktyabr kuni „Bluming“ futbol klubiga qarshi bahsda Alejandro Meleán „La-Paz“ futbol klubi tarkibidagi birinchi golini urdi. 2011-yil boshida u „Oriente Petrolero“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. 18-yanvar kuni sobiq jamoasi „La-Paz“ga qarshi oʻyinda Alejandro Meleán Villarroel yangi klubida debyut qildi. 28-avgust kuni „Real Mamore“ futbol klubiga qarshi bahsda Alejandro Meleán „Oriente Petrolero“ futbol klubi safida birinchi golini urdi. Klub tarkibida u ikki marta chempionatning kumush medallarini qoʻlga kiritgan.

2016-yilning yozida Alejandro Meleán Villarroel „Sport Boys“ futbol klubiga oʻtdi. 13-avgust kuni „Real Potosí“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qildi. 3-noyabr kuni „Nacional“ futbol klubiga qarshi bahsda Alejandro Meleán „Sport Boys Varnes“ jamoasi safidagi ilk golini urdi.

2017-yilning yozida Alejandro Meleán Villarroel „Jorge Wilstermann“ futbol klubiga qoʻshildi. 29-iyul kuni „Universitario Sucre“ga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qildi. 2018-yilning 9-fevralida Libertadores kubogi doirasida oʻzining sobiq jamoasi „Oriente Petrolero“ jamoasiga qarshi oʻyinda Alejandro Meleán „Jorge Wilstermann“ futbol klubi safidagi birinchi golini urdi.

Xalqaro faoliyati 2012-yil 16-oktyabrda Urugvayga qarshi JCh-2014 saralash bahsida Alejandro Meleán Boliviya terma jamoasi safida debyut qildi.

2016-yilda milliy terma jamoa tarkibida Alejandro Meleán Villarroel AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Panama, Chili va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

Jamoalari JamoaMamlakatMavsumLa Paz FC2010Oriente Petrolero2011—2016Sport Boys2016—2017Jorge Wilstermann2017—2021Guabirá2022—hozirgacha

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:16-iyunda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Boliviyalik erkak futbolchilari Turkum:Amerikalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar