Daniel „Dani“ Cancela Rodriguez () (1981-yil 23-sentyabrda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi, chap qanot himoyachisi ampulasida oʻynagan.

Ispaniyada tugʻilgan Dani 2010-yilda shartnoma imzolaganidan keyin oʻz faoliyatining koʻp qismini Hong Kongda Kitchee bilan oʻtkazgan va oxir-oqibat Hong Kong terma jamoasi vakili boʻlgan.

Klubdagi faoliyati

Ispaniya Galisiyaning A-Korunya shahrida tugʻilgan Cancela bir necha yil „Deportivo de La Coruna“da oʻynagan, ammo rasmiy doimo zahiradan maydonga tushgan, u Deportivoliklar safida besh mavsum qolgan, ulardan toʻrttasini Tersera divizionida oʻtkazgan. Dani shartnoma davomida Malpica SDC jamoasiga ijaraga berilganEntrevista Dani Cancela: „En Hong Kong me he encontrado gente con camisetas de Valerón y Riki“ (Dani Cancela interview: „I have found folks in Hong Kong with Valerón and Riki shirts“); Vavel, 27 November 2013 (in Spanish).

2006-yilda Estadio Riazordan ketganidan soʻng, Cancela Segunda B divizioniga koʻchib oʻtgan va ikki mavsum davomida CF Fuenlabrada va CD Lugo tarkibida oʻynaganLosada y Cancela, dos gallegos en el Barcelona chino (Losada y Cancela, two Galicians in Chinese Barcelona); La Voz de Galicia, 12 August 2010 (in Spanish).

Hong Kong Cancela 2010-yilning 26-iyulida vatandoshlari Fernando Resio va Jordi Tarres bilan Hong Kongning Kitchee SC jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Keyingi yilning 28-yanvarida u shartnomasini yana ikki yilga uzaytirganDani Cancela renueva por dos temporadas con el Kitchee de Hong Kong (Dani Cancela renews for two seasons with Kitchee from Hong Kong); La Voz de Galicia, 28 January 2011 (in Spanish).

2022-yilning 19-avgust kuni Osiyo Chempionlar Ligasi 1/8 finalida „BG Pathum United“ga qarshi oʻyindan soʻng, Cancela 40 yoshida faoliyatini yakunlashini eʼlon qilgan. U Mong Kok stadionida 250 ta oʻyinda maydonga tushib, sakkizta Premyer-liga chempionligini qoʻlga kiritgan.

Xalqaro faoliyati Cancela Hong Kong pasportini 2017-yilning oktyabrida, 36 yoshida olgan. U milliy terma jamoadagi debyutini 5-oktyabr kuni Laosga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (4:0) oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi

Klub KlubMavsumLigaKubokBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolFuenlabrada2006—2007Segunda Divizión B29010003002007—20083100000310Jami6001000610Lugo2008—2009Segunda Divizión B16010001702009—20102210000221Jami3811000391Kitchee2010—2011Hong Kong Birinchi Divizioni15030001802011—201215050702702012—201310050001502013—201419340002332014—2015Hong Kong Premyer Ligasi11080001902015—201612071001912016—201719170002612017—201880100402202018—201917080713212019—202010030001302020—202116060502702021—202230501090Jami15547112412506Karyerada jami25357312413507

Xalqaro Milliy terma jamoa YilOʻyin Gol Hong Kong 2017 4 0 2018 6 0 2019 5 0 Jami 15 0

Yutuqlari Kitchee

Hong Kong Premyer-ligasi : 2014-2015, 2016-2017, 2017-2018, 2019-2020, 2020-2021 Hong Kong birinchi divizioni : 2010-2011, 2011-2012, 2013-2014 Hong Kong katta qalqon kubogi : 2016-2017, 2018-2019 Hong Kong FA kubogi : 2011-2012, 2012-2013, 2014-2015, 2016-2017, 2017-2018, 2018-2019 Hong Kong Sapling Kubogi : 2017-2018, 2019-2020 Hong Kong liga kubogi : 2011-2012, 2014-2015, 2015-2016

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Gonkonglik erkak futbolchilar Turkum:Tercera División oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar