Emanuel Gularte Méndez (1997-yil 30-sentyabrda Montevideoda tugʻilgan) — urugvaylik futbolchi, „Puebla“ klubi himoyachisi hisoblanadi.
Klublardagi faoliyati Emanuel Gularte „Montevideo Wonderers“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015-yilning 15-martida „Atlético Atenas“ futbol klubiga qarshi oʻyinning 46-daqiqasida Martin Rivasning oʻrniga maydonga tushgan va shu orqali Emanuel Gularte Urugvay premyer ligasida debyut qildi. Shu bilan bir qatorda, 12-noyabr kuni „Nacional“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Emanuel „Montevideo Wonderers“ futbol klubi safida ilk golini urdi. Futbolchi „Montevideo Wonderers“ futbol klubi safida 24 ta oʻyinda ishtirok etib, 2 marotaba raqiblar darvoozasini ishgʻol etgan. 2019-yil boshida Emanuel Gularte „Progreso“ futbol klubiga ijaraga berildi. Hamda, 16-fevral kuni „Rampla Juniors“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qildi. 3-noyabr kuni „Serro“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Emanuel „Progreso“ jamoasi tarkibidagi birinchi golini urdi. Jamoa tarkibida 29 oʻyinda maydonga tushib, jami 2 ta gol urgan.
Shuningdek, 2020-yil boshida Emanuel Gularte meksikaning „Puebla“ futbol jamoasi tarkibiga qoʻshilgan. Bu jamoa safida urugvaylik futbolchi 61 oʻyinda maydonga tushib, atigi 2 ta gol kiritgan.
Xalqaro faoliyati 2017-yilda Emanuel Gularte Urugvay yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda oʻtkazilgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida gʻolib chiqqan. Oʻsha yili Emanuel Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Milliy terma jamoa safida 7 oʻyinda maydonga tushirilgan.
2019-yilda Urugvay Olimpiya terma jamoasi tarkibida Emanuel Gularte Peruda boʻlib oʻtgan Panamerika oʻyinlarida ishtirok etdi. Turnirda u Peru, Argentina, Yamayka va Gonduras jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistika MavsumChempionatMilliy kubokXalqaro kubokBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGol2014—201520 - - - - - -202015—201600 - -10 - -10201600 - - - - - -002017111 - - - - - -111Umumiy faoliyatida131--10--141
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Urugvaylik erkak futbolchilari