alt=A world map showing countries who participated in the Womenʼs World Cup, colored based on their placement in the tournament|thumb| 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi uchinchi Jahon chempionati boʻlib ayollar milliy futbol terma jamoalari oʻrtasidagi xalqaro turnir hisoblanadi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 1999-yil 19-iyundan 10-iyulgacha butun AQSH boʻylab sakkizta stadionda boʻlib oʻtdi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar terma jamoasi gʻalaba qozondi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tomoshabinlar soni, televideniye reytinglari va jamoatchilikning qiziqishi boʻyicha shu vaqtga qadar oʻtkazilgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatlari ichida eng muvaffaqiyatli boʻldi.
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati birinchi marta oʻn oltita jamoani maydonga tushirdi. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻn ikkita jamoa qatnashgann edi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati hakamlar va oʻyin rasmiylarining barchasi ayollardan iborat boʻldi. Har bir uchrashuvga oʻrtacha tashrif buyuruvchilar soni 37 319 tomoshabinni tashkil etdi va umumiy tashrif esa 1,194 millionni tashkil etdi. Bu natija 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga qadar eng yuqori boʻlib qoldi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 30 million dollarlik operatsion byudjetidan jami 4 million dollar foyda oldi.
Kaliforniyaning Pasadena shahridagi Rose Bowl stadionida boʻlib oʻtgan 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalini 90 185 kishi tomosha qildi va bu ayollar sport musobaqasida tomoshabinlar soni boʻyicha xalqaro rekord oʻrnatdi. Amerika Qoʻshma Shtatlar terma jamoasi 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Xitoy ayollar terma jamoasini penaltilar seriyasida magʻlub etib, turnir gʻolibi boʻldi. Oʻyin 5:4 hisobidagi pnealtilar seriyasida 5-gol xitoylik Liu Ying tomonidan oʻtkazib yuborilganidan soʻng Brandi Chastain oʻz jamoasining beshinchi zarbasi bilan gʻalabali penaltini amalga oshirishi bilan yakunlandi. Xitoylik hujumchi Sun Wen va braziliyalik yarim himoyachi Sislaide do Amor Lima 7 tadan gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurarlari boʻlishdi.
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati A Guruhi oʻyinlari 1999-yil 19-27-iyun kunlari boʻlib oʻtdi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati A Guruhi tarkibiga Daniya, Nigeriya, Shimoliy Koreya va mezbon AQSh ayollar milliy futbol terma jamoalari kiradi.
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati Guruh bosqichi 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining oʻn oltita ishtirokchi jamoasi 1999-yil 14-fevraldagi yakuniy qur’a tashlash marosimida A dan D gacha boʻlgan toʻrtta guruhga boʻlingan edi. Guruh bosqichi davra tizimida oʻtkazilgan 24 ta oʻyindan iborat boʻlib, har bir jamoa oʻz guruhidagi qolgan uchtasiga qarshi bittadan oʻyin oʻtkazdi. Jamoalarga gʻalaba uchun uch ochko, durang uchun bir ochko berildi, magʻlubiyat uchun esa ochko berilmadi. Har bir guruhning gʻoliblari va ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalari 1999-yil 30-iyun kuni chorak final bilan boshlangan pley-off bosqichining birinchi bosqichiga yoʻllanma olishdi. Guruh oʻyinlari uchun ochko hisoblash mezonlariGuruh bosqichidagi jamoalar reytingi quyidagicha aniqlandi:
Guruhning barcha oʻyinlarida olingan ochkolar (gʻalaba uchun uchta ochko, durang uchun bitta, magʻlubiyat uchun yoʻq); Guruhdagi barcha oʻyinlardagi toʻplar farqi; Barcha guruh oʻyinlarida urilgan gollar soni; Ochkolari teng kelgan jamoalar oʻrtasidagi oʻzaro oʻyinlarda olingan ochkolar; Ochkolari teng kelgan jamoalar oʻrtasidagi oʻzaro oʻyinlardagi toʻplar farqi; Ochkolari teng kelgan jamoalar oʻrtasidagi oʻzaro oʻyinlarda urilgan gollar soni; Qur’a tashlash.
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati A Guruhi turnir jadvali OʻrniTerma jamoaOʻtkazgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazilgan gollarGollar nisbatiOchkoNatija1Amerika Qoʻshma Shtatlari (Mezbon)3300131 +129Pley-of bosqichiga yoʻllanma oldi2Nigeriya320158−363Shimoliy Koreya310246−234Daniya300318−70
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati A Guruhi oʻyinlari Roʻyxatdagi barcha oʻyinlar mahalliy Amerika vaqiga binoan oʻtkazilgan.
Amerika Qoʻshma Shtatlari va Daniya
Shimoliy Koreya va Nigeriya
Amerika Qoʻshma Shtatlari va Nigeriya
Shimoliy Koreya va Daniya
Nigeriya va Daniya
Amerika Qoʻshma Shtatlari va Shimoliy Koreya
Manbalar
Havolalar
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati AQSH 1999 FIFA.com saytida
Turkum:Ayollar futboli