Jiguli Moldaqaliquli Dayrabayev (1954-yil 29-sentyabr, Lugovoy tumani, Jambil viloyati) — Qozogʻiston siyosatchisi, Qozogʻiston Oliy Kengashining XII chaqiriqining deputati (1990—1995), Qozogʻiston fermerlar uyushmasining raisi. 2022-yilgi mamlakat prezidentligiga nomzodJiguli Dayrabaev stal pervim kandidatom v prezidenti (orissha) Jiguli Dayrabaev prezidenttіkke bіrіnshі үmіtker atandi. tengrinews.kz. 30.09.2022..

Biografiyasi Jiguli Dayrabayev 1954-yilning 29-oktabrida tugʻilgan. Choʻpon yordamchisi va haydovchi boʻlgan Jiguli faoliyatin 1974—1977-yillari Lugovoy tumani „Put k kommunizmu“ (ruschada „Kommunizmga yoʻl“) jamoasi komsomol qoʻmitasining kotibi sifatida boshladi. Keyinchalik u Lugovoy tumanining „Put k kommunizmu“ jamoasi kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi lavozimida 1977—1980-yil oraligʻida ishlagan. Raisligini toʻxtatgan yili Jiguli Dayrabayev Kamensk qishloq ijroiya qoʻmitasining raisi etib tayinlanadi. Shundan soʻng ikki yil boʻyi (1985—1987) Lugovoy tumani „Algʻabas“ qoʻy xoʻjaligi partiya qoʻmitasi kotibi boʻldi

1987—1995-yillari Jiguli Dayrabayev Lugovoy tumanining Jambil nomidagi uyushmasi boshqarmasining raisi boʻlib, 2 yil davomida „Qoragʻati“ filialining direktori lavozimida tayinlandi

Oliy Kengashga aʼzolik Jiguli Dayrabayev 1990-yili Qozogʻiston Oliy Kengashi XII chaqirigʻining deputati boʻlib saylangan. Uning keyingi 5 yil davom etgan Kengashdagi aʼzoligining yillarida Qozogʻiston mustaqillik haqidadeklaratsiyasining kuchga kirishi, mustaqil Qozogʻistonning birinchi konstitutsiyasining va davlat ramzlari tasdiqlanishi va 300 ga yaqin qonunlar qabul qilinishi kabi tarixiy oʻzgarish boʻldiJiguli Moldakalikovich Dayrabaev (personalnaya spravka) (orissha) online.zakon.kz....

Oliy Kengashga aʼzoligidan keyin Jiguli Dayrabayev T.Risqulov tuman statistika boʻlimi boshligʻi (1997—2001), Chu tumani „Berlikskiy“ don qabul qilish korxonasining direktori, Merken tumani „Qazeksim-Merki“ korxonasining direktori (2001—2009), „MOLBAL“ MChJ bosh direktori (2009—2015), „Qozogʻiston fermerlar ittifoqi“ QB Jambil viloyati boʻlimining raisi (2015—2019), „Qozogʻiston fermerlar ittifoqi“ RQB assotsiatsiyasining prezidenti (2019—2022) lavozimlarida ishlagan

Hozirda Jiguli Dayrabayev Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining huzuridagi Milliy taʼsisning deputati (2022-yil 14-iyundan boshlab), Qozogʻiston fermerlar assotsiatsiyasining boshqaruv raisi (2022-yilning iyunidan boshlab) va „Atameken“ NCP raisligining sanoat kompleksi qoʻmitasi raisi (2022-yilning iyunidan boshlab) boʻlib keladi

Tanqid

Bolalarining firibgarlikda ayblari 2022-yili 3-oktyabr kuni turli xabarlar Jiguli Dayrabayevning ikki oʻgʻli Didar Moldaqaliq bilan Marat Dayrabayev Jambil viloyati hokimligi qishloq xoʻjaligi boshqarmasining sobiq boshligʻi Yerlan Qulkeev bilan birgalikda oʻzgalarning ishonib topshirilgan mulkini talon-toroj qilishdi va firibgarlik haqida ayblovlari eʼlon qilindiPrezidenttіkke үmіtker Jiguli Dayrabaev ұldari turali sұraqqa jauap berdі tengrinews.kz. 5.10.2022... Keyinroq ular haqida ish ochilgani maʼlum boʻldiSinovya kandidata v prezidenti Jiguli Dayrabaeva obvinyayutsya v xiщeniyax i moshennichestve (orissha) Prezident saylauiniң үmіtkerі Jiguli Dayrabaevtiң ұldari alayaqtiqpen ayiptaldi arbat.media. 9.10.2022.

Shaxsiy hayoti Jiguli Moldaqaliquli oʻzining ismi haqida savolga javob berganda otasi oʻgʻlining buyuk odam boʻlishini tilab, uni Jiguli togʻlarining ism bilan nomin qoʻydiJiguli Dayrabaev rasskazal, otkuda u nego neobichnoe imya (orissha) ru.sputnik.kz. Jiguli Dayrabaev өzіnің әdetten tis esіmі turali aytti.

Jiguli Dayrabayev uylangan, ikki oʻgʻil va yetti nevarasi borBiografiya Assotsiatsiya fermerov Kazaxstana (orissha) Өmіrbayan — Qazaqstan fermerler qauimdastigʻi..

Mukofotlar

Medallar

Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi uchun medali ; „Qozogʻiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi“ medali ; „Qozogʻiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“ medali ; Qozogʻiston Respublikasi mehnat faxriysi; Hurmatli faxriy; Viloyat oldidagi xizmatlari uchun; Qozogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi aʼlochisi.

Hurmatli unvonlar

Jambil viloyati Turar Risqulov tumanida xizmat koʻrsatgan fuqaro; Jambil viloyatida xizmat koʻrsatgan fuqaro.

Boshqalar

Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining tashakkurnomasi.

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston siyosatchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1954-yilda tugʻilganlar Turkum:29-sentabrda tugʻilganlar Turkum:Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligining 10 yillik medali sohiblari Turkum:Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligining 25 yillik medali sohiblari Turkum:Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligining 30 yillik medali sohiblari Turkum:Qozogʻiston Yuqori Kengashining deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar