Wayne Gino Odjick () (1970-yil 7-sentyabrda tugʻilgan) —kanadalik sobiq professional xokkeychi. Gino Odjick 1990—2002-yillarda Milliy Xokkey Ligasida (NHL) „Vancouver Canucks“, „New York Islanders“, „Philadelphia Flyers“ va „Montreal Canadiens“ kabi xokkey jamoalarida oʻn ikki mavsum oʻynagan.
Yoshligi Gino Odjick Quebecning Maniwaki shahri yaqinidagi Kitigan Zibi nomli qoʻriqxonada tugʻilgan. Gino Odjickning otasi Joe ikkinchi jahon urushi paytida, 1944-yilda, Fransiyada oʻldirilgan. Toʻqqiz yoshida Gino Odjick Ontario shtatidagi ispan tilida dars oʻtiladigan maktabga yuborilgan.
Gino Odjick yoshligidan xokkey oʻynay boshlagan. Gino Odjick 1983-yilda Quebecdagi xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Maniwaki shahridagi kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan.
Oʻyin faoliyati Gino Odjick „Vancouver Canucks“ xokkey klubi safiga 1990-yilgi NHL kirish loyihasida 86-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Gino Odjick „Canucks“ xokkey klubi safida hujumchi sifatida harkatlandi. 1993—1994-yilgi NHL mavsumida Gino Odjick 16 ta gol va 13 ta golli uzatma bilan 29 ochkoga ega boʻldi. Gino Odjick 1990—1991-yildan 1997—1998-yillargacha „Canucks“ xokkey klubi safida jami 8 mavsumda oʻynadi. Oʻsha mavsumlarning oltitasida Gino Odjick 200 dan ortiq jarima daqiqalarini va ikki marta 300 dan ortiq penaltini amalga oshirdi.
1997—1998-yilgi mavsumida Gino Odjick „New York Islanders“ xokkey klubiga almashtirildi. Gino Odjick klub safida 1999—2000-yilgi mavsumgacha oʻynadi. Shundan soʻng, Gino Odjick „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Gino Odjick 2000—2001-yillardagi mavsumda „Montreal Canadiens“ xokkey klubi safiga qoʻshildi. Gino Odjickning NHLdagi soʻnggi mavsumi 2001—2002-yillarda "Montreal Canadiens“ xokkey klubi safida oʻtkazdi. Gino Odjick 2002-yilda xokkeyni tark etdi.
Pensiyaga chiqqanidan keyin 2003-yilda Gino Odjick Vancouverga qaytib keldi va Musqueam Golf & Learning Academyni boshqarish uchun Musqueam First Nation bilan hamkorlik qildi. Gino Odjick hali ham Vancouverda istiqomat qiladi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti1987—1988Hawkesbury HawksCJHL40246167—————1988—1989Laval TitanQMJHL5091524278160991291989—1990Laval TitanQMJHL511226382801365111101990—1991Milwaukee AdmiralsIHL177310102—————1990—1991Vancouver CanucksNHL457182966000181991—1992Vancouver CanucksNHL654610348400061992—1993Vancouver CanucksNHL7541317370100001993—1994Vancouver CanucksNHL7616132927110000181994—1995Vancouver CanucksNHL234591095000471995—1996Vancouver CanucksNHL55437181631461996—1997Vancouver CanucksNHL705813371—————1997—1998Vancouver CanucksNHL35325181—————1997—1998New York IslandersNHL1300031—————1998—1999New York IslandersNHL23437133—————1999—2000New York IslandersNHL465101590—————1999—2000Philadelphia FlyersNHL1331410—————2000—2001Philadelphia FlyersNHL1713428—————2000—2001Montreal CanadiensNHL1310144—————2001—2002Quebec CitadellesAHL1321340—————2001—2002Montreal CanadiensNHL3644810412101472004—2005Horse Lake ThunderAC—————3347—NHL jami60564731372,56744415142
Yana qarang Xokkeyda jang 2000 martaba penalti daqiqalari boʻlgan NHL oʻyinchilari roʻyxati
Manbalar
Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar Turkum:Kanada xokkeychilari Turkum:2023-yilda vafot etganlar