Stefan Peterhansel (1965-yil 6-avgustda Echenoz-la-Meline shahrida tugʻilgan) — fransiyalik ralli haydovchisi hisoblanadi. U 14 ta gʻalaba bilan Dakar rallisida gʻalaba qozonish boʻyicha rekordchi hisoblanadi. 2018-yilgi mavsumda Peugeot Total jamoasining rasmiy haydovchilaridan biri boʻlgan.
Biografiyasi Peterhansel oʻzining Parijdagi Dakar rallisida debyutini 1988-yilda Yamaha sharafiga mototsikl toifasida qilgan, keyinchalik 1991-yil, 1992-yil, 1993-yil, 1995-yil, 1997-yil va 1998-yillarda gʻolib chiqqan. Motosportchi 1999-yilda avtomobillar toifasiga oʻtgan va 2003-yilda Mitsubishi kompaniyasiga qoʻshilgan. Ushbu toifada ketma-ket 2004-yil, 2005-yil va 2007-yillarda yapon markasi uchun boʻlib oʻtgan musobaqada gʻolib boʻlgan va 2013-yilda X-Raid uslubi bilan tayyorlangan Mini Countryman avtoulovini haydab oʻzining 11-gʻalabasini qoʻlga kiritgan va bu uni Dakar rallisi tarixidagi eng muvaffaqiyatli sportchiga aylantirgan. 2014-yilda final bosqichida Dakarda bir necha kilometr peshqadamlik qilgan, ammo bahsli ravishda jamoadoshi Nani Romani g‘alaba qozonishiga ruxsat berishni buyurishgan, natijada o‘zini ikkinchi o‘ringa tushurishga majbur boʻlgan. 2015-yilda u Peugeot kompaniyasiga oʻtgan, chunki ishlab chiqaruvchi 1990-yildan beri birinchi marta Dakarda raqobatlash uchun kirib kelgan. Qisqa vaqt ichida yaʼni 2016-yil va 2017-yillarda oʻzining 12 va 13-chi Dakar gʻalabasini qoʻlga kiritgan. 2005-yil va 2006 -yillarda Chempionlar poygasida qatnashgan va enduro boʻyicha ikki karra jahon chempioni hisoblanadi. 1999-yildan 2018-yilgacha uning Dakardagi yordamchi haydovchisi Jan-Pol Kottret hisoblangan.
Shuningdek, u 2018-yilgi Rallye du Maroc musobaqasida UTV toifasida Yamaha YXZ avtoulovida rafiqasi Andrea Mayer bilan birga haydovchi sifatida ishtirok etgan.
2018-yil Baja Portalegre 500 dan beri Peterhansel va Cyril Despres oʻzlarining yordamchi haydovchilarini almashtirganlar, Devid Castera Peterhanselning yordamchi haydovchisi va Kottret Despres uchun yordamchi haydovchiga aylangan.
Dakar rallisi YilYoʻnalishiHamkorOʻrniBosqichlardagi gʻalabalar1988-yilMotosikl Yamaha1811989-yil461990-yil—11991-yil111992-yil141993-yil131994-yilKiritilmagan1995-yilMotosikl Yamaha141996-yilYoʻq31997-yil171998-yil131999-yilAvtomobil Nissan702000-yil Mega222001-yil Nissan1202002-yilYoʻq12003-yil Mitsubishi362004-yil122005-yil142006-yil432007-yil102008-yilTadbir bekor qilingan — uning o‘rniga Markaziy Yevropa rallisi o‘tkazilgan2009-yilAvtomobil MitsubishiYoʻq02010-yil BMW442011-yil412012-yil Mini132013-yil122014-yil242015-yil Peugeot11th02016-yil132017-yil132018-yil432019-yil MiniYoʻq22020-yil342021-yil11
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1965-yilda tugʻilganlar