Kristina Aleksandrovna Oblasova (; 1984-yil 11-sentyabr, Moskva) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik sobiq figurali uchuvchi. 2001-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni va 2004-yil Rossiya milliy chempionaining bronza medali sovrindori boʻlgan.
Faoliyati Oblasova 1989-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. U asosan yakka holda konkida uchish bilan shugʻullangan va 10 yoshga toʻlganida sherigi Stanislav Zaxarov bilan juftlikda konkida uchish mashgʻulotlarini oʻtkazgan.
Oblasova 1997 — 1998-yilgi mavsumda tizzasidan jarohati olgan va jarohati bitib ketishi uchun 7 oy vaqt ketgan. Kelasi mavsumda Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida debyut qilgan.
Oblasova 2000 — 2001-yillarda Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida kumush medalni, keyin esa 2001-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Oblaslovaga oʻsha paytda Yelena Chaykovskaya va Vladimir Kotin murabbiylik qilgan.
2001 — 2002-yillarda Oblasova Gran-pri turnirlarda qatnashgan hamda Skate Canada International bosqichida va Sparkassen Cup on Ice turnirida qatnashgan. Oblasova Rossiyada oʻtkazilgan jamoalar oʻrtasidagi milliy musobaqadan keyin murabbiyini Viktor Kudriavtsevga almashtirgan. Oblasova yana bir bor oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashish uchun tayinlangan va 11-oʻrindan joy olgan. 2003-yilda oʻtkazilgan huddi shu chempionatda u 9-oʻrinni egallagan.
2003 — 2004-yillarda, yaʼni oʻzining soʻnggi mavsumida, Oblasova Russian Nationals musobaqasida bronza medalini qoʻlga kiritgan va 2004-yilgi Yevropa chempionatida qatnashish uchun y`ollanma olgan.
Dasturlari MavsumQisqa dasturErkin dastur2003/2004 Piano Rhapsody Teheran 43 Secret Garden 2002/2003 Piano Rhapsody Kismet 2001/2002 Domino — Domino Music 2000/2001 Domino — Domino Slezi
Natijalari GP: Gran-pri ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri Xalqaro Musobaqa96/97 97/98 98/9999/0000/01 01/02 02/03 03/04 Yevropa chempionati 16 Rossiya kubogi 7 Skate Canada 11 Sparkassen 5 Nebelhorn Trophy 3 Xalqaro: Oʻsmirlar Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni. 1ㅤ 11 9 finali 2 Fransiya 1ㅤ Germaniya 1ㅤ Yaponiya 10 Niderlandiya 1ㅤ Ukraina 4 Milliy Rossiya chempionati 14 10 6 5 5 3 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionati 17 4 1ㅤ 1ㅤ 1ㅤ WD = musobaqani tark etgan
Manbalar
Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar