Habibulla Nizomov (1978-yil 1-sentyabrda tugʻilgan) — oʻzbek professional bodibilderi, mas-restling sportchisi va aktyori. Nizomov Toshkent bodibilding va fitnes federatsiyasi prezidenti, OʻzFBFda xizmat koʻrsatgan xodim, bodibilding boʻyicha respublika va xalqaro musobaqalarning koʻp karra gʻolibi hisoblanadi.
Sportdagi faoliyati 1978-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan Habibulla Nizomov sport faoliyatini karate bilan boshlagan. Maʼlumoti oliy, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Uning bodibilding faoliyati 2006-yilda boshlangan. Uning birinchi xalqaro turniri Qatarning Doha shahrida boʻlib oʻtgan havaskorlar oʻrtasidagi jahon chempionati edi. Bir qancha xalqaro turnirlarda gʻolib chiqqan. Shu bilan birga, kinematografiya sohasida ham ishlaydi. Uylangan, 5 nafar farzandi bor. Bugungi kunda u AQShda yashaydi va ishlaydi. OAVdagi faoliyati Habibulla Nizamov Sport telekanalidagi "Pahlavonlik" va "Fitness sirlari nomli koʻrsatuvlarda suxandonlik qilgan. Antropometrik maʼlumotlari
Boʻyi — 185 sm Mavsumdan tashqari vazni — 115-120 kg. Musobaqa vazni — 100-110 kg. Mushaklari — 50-53 sm. Koʻkrak qafasi — 118-125 sm. Yelkalari — 150-156 sm. Sonlari — 71-75 sm. Beli — 80-85 sm.
Sportdagi yutuqlari
2009-yilda — Havaskorlar oʻrtasidagi jahon chempionati — IFBB, yarim ogʻir vazn toifasi, Doha, Qatar. 2010-yilda — Arnold havaskor — IFBB, yarim ogʻir vazn toifasi, Ogayo, AQSh 2012-yilda — Havaskorlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati — IFBB, super ogʻir vazn toifasi, 6-oʻrin 2012-yilda — Bodibilding boʻyicha Oʻzbekiston kubogi — Toshkent, Oʻzbekiston, 1-oʻrin 2013-yilda — „Proform Classic“ festivali — Chempionlar kechasi, Toshkent, Oʻzbekiston 2013-yilda — Bodibilding boʻyicha havaskorlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati, Olma-ota, Qozogʻiston, 2-oʻrin 2019-yilda — 11-WBPF chempionati, Janubiy Koreya, Jeju 2020-yilda — Arnold Classic Championship International MAS Wrestling, Kaliforniya, AQSh
Filmografiya 2010-yilda u murabbiy, hakam va sport ustasi sifatida filmlarda rol oʻynay boshladi. Uning birinchi roli „Dada“ filmida boks boʻyicha murabbiy sifatida boʻlgan. Shundan soʻng „Qasos“, „Dil va or“ filmlarida rollar ijro etgan va bu aktyorga shuhrat keltirgan.
2016-yilda mashhur „Baron“ filmida mahbus Hotam rolini ijro etgan. Shundan soʻng Habibulla Nizomov rejissyor Akbar Bekturdiyev tomonidan suratga olingan „Virus“ filmida ham rol oʻynagan.
2024-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rejissyor Jahongir Ahmedovning „Amir Bahodir Yalangtoʻsh“ filmida Bahodir Yalangtoʻsh rolini ijro etgan. Ushbu tarixiy-badiiy filmining maxsus premyerasi shu yilning 30-may kuni poytaxtdagi Kinochilar uyida bo‘lib o‘tdi .
Filmlarda aktyorlik rollari Yil Ruscha nomi Rol asl nomi 2010-yil Otes boks boʻyicha murabbiy Dada 2011-yil Mest Epizod Qasos 2012-yil Dusha i Chest Jamshid Dil va Or, Dilor, Dilor… 2016-yil Baron Mahbus Hotam baron2016-yilVirusakaVirus 2024-yil Emir Samarkanda Bahodir Yalangtoʻsh Amir Bahodir Yalangto‘sh
Manbalar
Havolalar
Xabibulla Nizamov Ofitsialno Instagram Xabibulla Nizamov Ofitsialniy Facebook
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:1-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktyorlar