Basbusa ( basbūsa) Misrda paydo boʻlgan shirin, sirop bilan namlangan irmik shirinligi. Semolina xamiri skovorodkada pishiriladi, keyin apelsin guli suvi, atirgul suvi yoki oddiy sirop bilan toʻyintiriladi va odatda olmos (lozenj) shakllarida yoki kvadrat shaklida kesiladi. Bu taom, shuningdek, sobiq Usmonli imperiyasida va odatda Yaqin Sharq oshxonalarida, yunon oshxonasida, Ozarbayjon oshxonasida, Efiopiya oshxonasida ham uchratish mumkin.
Nomlari thumb|228x228px| Yaqin Sharqdagi Basbousa, Bolqon, Shimoliy Afrika, Sharqiy Afrika bodom bilan toʻldirilgan U Yaqin Sharq, Bolqon va Shimoliy Afrika oshxonalarida turli nomlar ostida uchraydi.
Arabcha: harīsa (ezilgan degan maʼnoni anglatadi), nammura, basbūsa Ibroniycha: basbūsa arman: Շամալի shamali Yunoncha:rabani(ravani), rabani(revani), sáli(samaliy). alban: revani turkcha: revani Makedon va serb: (ravanija), ravanija bolgar: revane (revane) Somali: basbuusa
Basbousa -Yaqin Sharqdagi bu shirinlikning eng keng tarqalgan nomi, ammo mintaqaga qarab u boshqacha nomlanishi ham mumkin. Koʻpincha Levantda „hareesa“ deb ataladi. Lekin eʼtibor berish kerakki, ,Shimoliy Afrikadagi „harissa“ achchiq qizil sous hisoblanadi. Basbusa — Yaqin Sharqdagi koʻpgina shirinliklar novvoyxonalarida taklif qilinadigan mashhur desert va ayniqsa Ramazonda unga ehtiyoj koʻpayadi. alt=vegan basbousa without eggs or milk uncle lous kitchen|thumb|251x251px| Vegan basbousa (tuxum olma sousi bilan almashtirilgan)
Turlari Pastusha (baʼzan pastūçha sifatida) Basbousaning 2010-yillarda Quvaytda paydo boʻlgan variantidir. Basbousa singari, u shirin siropga namlangan irmikdan tayyorlanadi. U maydalangan pista va apelsin gulining suvi qoʻshilishi bilan tavsiflanadi.
Basbousa bil ashta - oʻrtasi ashta kremi bilan toʻldirilgan basbousaning Levant turi.
Vegan Basbousa -Basbusaning hozirgi vaqtda sut va tuxum oʻrniga, asosiy aralashmani bir-biriga bogʻlash uchun, olma sousidan foydalangan holda vegan shaklida ham mavjud turi.
Manbalar
Keltirilgan asarlar
Turkum:Arab oshxonasi Turkum:Misr taomlari