Oleksandr Mykolayovych Hladkyi (; 1987-yil 24-avgustda tugʻilgan) — ukrainalik futbolchi, Odessaning Chornomorets jamoasida oʻynaydi. Ukraina terma jamoasida 11 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Klublardagi faoliyati
Kharkiv Hladkyi oʻz faoliyatini Kharkivning „Metalist“ futbol akademiyasida boshlagan va koʻp oʻtmay, yosh futbolchi Kharkivning boshqa professional klubi — Kharkiv FKga taklif qilingan. Bosh murabbiy Volodimir Bessonov boshchiligida Hladkyi klubning asosiy oʻyinchisiga aylandi va oʻzini liganing eng yaxshi hujumchilaridan biri sifatida koʻrsatdi. 2006—2007-yilgi mavsumda 13 ta gol urib, Ukraina ligasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
Shakhtar Donetsk Ushbu muvaffaqiyatdan soʻng, Hladkyi gigant klub — Shakhtar Donetskning eʼtiborini tortdi va 2007-yil 8-iyunda klub bilan 2,5 million yevroga besh yillik shartnoma imzoladi.
Hladkyi 2-mavsumida „Shakhtar“ bilan Premyer-ligada gʻolib chiqdi. Ketma-ket ikki yil davomida eng yaxshi toʻpurar boʻldi. Kelasi mavsumda jamoaning taktikalari oʻzgardi va Hladkyi kam maydonga tusha boshladi. Mircea Krivbas Krivoy Rogga qarshi oʻyinda (4:2) Luiz Adrianoning jarohati tufayli Hladkyini asosiy tarkibga tanladi. Ushbu oʻyinda „Shakhtar“ning uchinchi golini kiritdi. UEFA Chempionlar Ligasidagi dastlabki ikkita golini Ispaniyada „Barcelona“ qarshi 3:2 hisobidagi tarixiy gʻalabada kiritdi.
Shakhtar Donetskda asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotganidan soʻng 2010-yil 17-avgustda Dnipro Dnepropetrovskga oʻtdi.
Shakhtar Donetskga qaytish 2014-yilning may oyida Hladkyi ikki yillik shartnoma asosida Shakhtarga qaytdi.
Dynamo Kyiv „Shakhtar“ bilan shartnomasi tugagach, Hladkyi 2016-yilning 23-may kuni erkin agent sifatida Ukraina chempioni Dinamo Kiev bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
Karpaty Lviv 2017-yil 2-mart kuni Hladkyining Lvovning Karpaty klubiga ijaraga berilgani rasman eʼlon qilindi. 2017-yil iyul oyida Karpati bilan toʻliq shartnoma imzoladiGladkiy і Myakushko pokinut „Dinamo“Gladkiy povernuvsya v „Karpati“. 2017-yilning aprel oyida „Karpati“ safida Ukraina Premyer-ligasida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Xalqaro faoliyati Oleksandr Hladkyi Ukrainaning 21 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasining asosiy oʻyinchisi boʻlgan va 12 oʻyinda 6 gol urgan. 2007-yilning 22-avgustida Ukraina terma jamoasida Oʻzbekistonga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi. Oʻsha oʻyinda go kiritdi va bu goli terma jamoadagi yagona goli boʻlib qoldi.
Faoliyat statistikasi
Klub
KlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarMetalist Kharkiv2003—2004Ukrainian First Liga8300--832004—2005Vyshcha Liha9120--111Jami17420--194Kharkiv2004—2005Vyshcha Liha10400--1042005—2006Vyshcha Liha25121--2722006—2007Vyshcha Liha291310--3013Jami641831--6719Shakhtar Donetsk2007—2008Vyshcha Liha291771921146212008—2009Ukraina Premyer-ligasi26451102104272009—2010Ukraina Premyer-ligasi2262161003082010—2011Ukraina Premyer-ligasi5000001262Jami82271432553312438Dnipro Dnipropetrovsk2010—2011Ukraina Premyer-ligasi1924220-2542011—2012Ukraina Premyer-ligasi4020--60Jami2326220-314Karpaty Lviv2011—2012Ukraina Premyer-ligasi8321--1042012—2013Ukraina Premyer-ligasi23530--2652013—2014Ukraina Premyer-ligasi281020--3010Jami591871--6619Shakhtar Donetsk2014—2015Ukraina Premyer-ligasi191174301130162015—2016Ukraina Premyer-ligasi1743210310319Jami3615106133216125Dynamo Kyiv2016—2017Ukraina Premyer-ligasi80003000110Karpaty Lviv2016—2017Ukraina Premyer-ligasi13400--1342017—2018Ukraina Premyer-ligasi9110--101Jami22510--235Chornomorets Odesa2017—2018Ukraina Premyer-ligasi9200--92Çaykur Rizespor2018—2019Süper Lig8043--123Adana Demirspor2018—2019TFF 1-liga5300--53Jami faoliyati33394471643854428122
Xalqaro
Ukraina Yil Ishtirok Gollar 2007-yil 5 1 2008-yil 3 0 2009-yil 0 0 2010-yil 0 0 2011-yil 0 0 2012-yil 0 0 2013-yil 0 0 2014-yil 1 0 2015-yil 2 0 2016-yil 0 0 2017-yil 0 0 2018-yil 0 0 Jami 11 1
Manba:
Yoʻq Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2007-yil 22-avgust Valeriy Lobanovskiy nomidagi Dynamo stadioni, Kiyev, Ukraina 1—0 2—1 Doʻstona
Yutuqlari Shakhtar Donetsk
Vishcha Liha/Ukraina Premyer-ligasi: 2007—2008, 2009—2010 Ukraina kubogi: 2007—2008, 2015—2016 Ukraina Superkubogi: 2008, 2010, 2014, 2015 UEFA kubogi : 2008-09
Dinamo Kiev
Ukraina Superkubogi: 2016-yil
Individual
Vishcha Liha eng yaxshi toʻpurar: 2006—2007 (13 gol) Vyshcha Liha eng yaxshi assistent: 2007—2008 (11 assist)
Manbalar
Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar