Raman Hrabarenka () (belaruscha: Raman Grabarenka, 1992-yil 24-avgustda tugʻilgan) (Roman Graborenko (ruscha: Roman Gpaborenko) nomi bilan ham tanilgan) – belaruslik professional xokkey himoyachisi. Raman Hrabarenka hozirda "VHK ROBE Vsetín" xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda.

Klublardagi oʻyin faoliyati Raman Hrabarenka Belarussiyada tugʻilgan. Hrabarenka 6 yoshida xokkey bilan shugʻullana boshlagan. Raman Hrabarenka 11 yoshida ota-onasi bilan Rossiyaga koʻchib oʻtgan. Xokkeychilik karyerasini davom ettirish uchun Raman Hrabarenka 16 yoshida AQShga koʻchib oʻtgan va Sharqiy xokkey ligasi vakili „Philadelphia Revolution“ xokkey jamoasida oʻynay boshlagan.

Shundan soʻng, Raman Hrabarenka „Cape Breton Screaming Eagles“ va „Drummondville Voltigeurs“ xokkey klublari bilan faoliyatini davom ettirdi.

Raman Hrabarenka 2012—2013-yilgi mavsumda Amerika xokkey ligasining „Albany Devils“ xokkey jamoasida harakat qildi. Keyinchalik Raman Hrabarenka „Albany Devils“ xokkey klubining asosiy filiali „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan 2013-yil 12-iyulda uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi.

Raman Hrabarenka 2014—2015-yilgi mavsumda NHLda ilk oʻyinini 2015-yil 9-aprel kuni „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi.

Shundan soʻng, Raman Hrabarenka 2016-yil 22-avgustda „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bilan professional sinov shartnomasiga rozi boʻldi. Sinov muvaffaqiyatsiz tugadi va 2016-yil dekabr oyida Hrabarenka Belarussiyaga qaytib, Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili „HC Dinamo Minsk“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Raman Hrabarenka 2016—2017-yilgi mavsumda „HC Dinamo Minsk“ xokkey klubi safida 17 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ochko jamgʻardi. Keyin Raman Hrabarenka 2017-2018-yilgi mavsum uchun „Neftekhimik Nizhnekamsk“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi.

Chexiya Ekstraligasi vakili „HC Litvínov“ va „HC Bíli Tygři Liberec“ xokkey klublari bilan ikki mavsum davomida faoliyat olib bordi. Keyin Hrabarenka 2020-yil 15-mayda bir yillik shartnoma asosida Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili „Neftekhimik Nizhnekamsk“ xokkey jamoasi safiga qaytdi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Raman Hrabarenka 2012-yilda Belarus milliy xokkey terma jamoasi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi. Shundan soʻng, Raman Hrabarenka terma jamoa safida 2013, 2014 va 2017-yilgi jahon chempionatlarida ham ishtirok etdi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2009—2010Philadelphia RevolutionEJHL3245959—————2010—2011Cape Breton Screaming EaglesQMJHL5027968400082011—2012Cape Breton Screaming EaglesQMJHL3015626—————2011—2012Drummondville VoltigeursQMJHL273111429421362012—2013Albany DevilsAHL3414518—————2013—2014Elmira JackalsECHL50224—————2013—2014Albany DevilsAHL486152126—————2014—2015Albany DevilsAHL479182726—————2014—2015New Jersey DevilsNHL10000—————2015—2016Albany DevilsAHL4754942—————2016—2017HC Dinamo MinskKHL1626821100022017—2018Neftekhimik NizhnekamskKHL1711216—————2017—2018Kunlun Red StarKHL3112312—————2018—2019HC LitvínovELH2214516—————2019—2020HC Bílí Tygři LiberecELH490101085—————2020—2021Neftekhimik NizhnekamskKHL911224—————NHL jami10000—————KHL jami73510157310002

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2008-yil Belarus U-18 6 0 0 0 2 2009-yil Belarus U-18 5 0 0 0 4 2012-yil Belarus WJC 5 2 2 4 2 2012-yil Belarus WC 7 0 1 1 0 2013-yil Belarus WC 7 1 0 1 2 2014-yil Belarus WC 8 0 2 2 2 2017-yil Belarus WC 4 0 1 1 6 Oʻsmirlar safida 16 2 2 4 8 Kattalar safida 26 1 4 5 10

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Belarus xokkeychilari Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar