Hozirgi paytda yuzdan ziyod amalda boʻlgan konstitutsiyalar mavjud, ulardan baʼzilari yuz yil avval qabul qilingan, biroq konstitutsiyalarning aksariyati ikkinchi jahon urushidan soʻng paydo boʻlgan. Hozirda amalda boʻlgan konstitutsiyalarning har biri oʻziga xos xususiyatlarga ega. Ularda muvofiq mamlakatlarning ijtimoiy, milliy, siyosiy, tarixiy, diniy va oʻzga xususiyatlari oʻz aksini topdi. Shu bilan birga konstitutsiyalarning barchasida maʼlum darajadagi umumiy, mos keluvchi taraflar mavjud.
Barcha konstitutsiyalar u yoki bu shaklda xalq suveriniteti shiorini eʼlon qiladi. Bu borada ham eski va yangi konstitutsiyalar bir xildir. Odatda konstitutsiyalarda hokimiyat taqsimlanish nazariya sining asosiy tamoyillari keltirib, mustahkamlanadi. Baʼzi bir konstitutsiyalarda hokimiyat taqsimlanish konsepsiyasi maʼno jihatidan aniq ifodalanmagan, u goʻyoki nazarda tutiladi, unga tayanib uni asos sifatida qabul qilishadi. Boshqa konstitutsiyalarda hokimiyatning taqsimlanish tamoyillari muvofiq qonunlarda aniq ifodalangan.
Barcha konstitutsiyalar muvofiq davlatning hokimiyat shakli, yaʼni respublika yoki monarxiyani oʻrnatadi va mustahkamlaydi. Bu masala boʻyicha konstitusion qoidalar turli boʻlishi mumkin, ammo ular albatta asosiy qonunning matnida doimo mavjud.
Hindiston konstitutsiyasining preambulasida shunday deyilgan: „Biz Hindiston xalqi Hindistonni suveren demokratik respublika sifatida taʼsis etishga tantanali qaror qildik“.
Hokimiyatning monarxik shakli aksariyat holda bilvosita belgilanadi, yoxud konstitutsiya matnidan mantiqan chiqariladi, biroq bu borada toʻgʻridan-toʻgʻri holatlar boʻlmasligi ham mumkin.
Konstitutsiyalar davlat tuzilmasining shakli Konstitutsiyalar davlat tuzilmasining shakli unitarizm yoki federatsiyani belgilab berib mustahkamlaydi, biroq asosiy qonunning matnida bu haqda bevosita koʻrsatmalar boʻlmasligi ham mumkin. Bunday holatda davlat tuzilmasining shakli haqida soʻz yuriitmaslik, mamlakat hududining milliy siyosiy tashkilotining eng keng tarqalgan uslubi sifatida unitarizmni tan olinishi nazarda tutiladi. Biroq federativ davlatlarning oʻzida ham „federatsiya“ atamasi yoki undan yasalgan soʻzlar ham uchramasligi mumkin. Bir qator holatlarda konstitutsiya sinonimlardan foydalanadi, masalan, Hindiston konstitutsiyasida Ittifoq haqida soʻz yuritiladi. Barcha konstitutsiyalar u yoki bu shaklda fuqarolarning demokratik erkinliklarini eʼlon qiladilar va belgilab beradilar. Odatda, asosiy qonunning matnida muvofiq bob yoki boʻlim mavjud boʻladi.
Barcha konstitutsiyalar davlat hokimiyatining oliy organlari tizi mini tashkillashtirish tamoyillari va uning tarkibiga kirgan tizimlar faoliyatining tartibini belgilab beradi. Ularning qatoriga davlat rahbari, hukumat, parlament va baʼzi bir mamlakatlarda konstitusion nazoratning oliy organi kiradi. Bundan tashqari konstitutsiyalarda saylov, referendum va qonun chiqarish kabi muhim siyosiy jarayon larni tartibga solish asoslari ham belgilanadi. Konstitutsiyalar to monidan tartibga solinadigan masalalar doirasi farqlidir, ammo eski konstitutsiyalar umumiyroq degan xulosaga kelish mumkin.
Erkin raqobat davridagi konstitutsiyalar „qisqa va noaniqroq“ boʻlgan. Asosiy qonunning bunday noaniqligi „erkinroq“ boshqarish imkoniyatini berar edi, bunda konstitusion qonunlarni oddiy qonun, ijro hokimiyatining meʼyoriy aktlari talqinlar yordamida toʻldirish. Oʻzgartirish imkoniyatini bergan. Ikkinchi jahon urushidan soʻng qabul qilingan konstitutsiyalar odatda batafsilroqdir.
Hozirgi paytda jahonda 200 dan ziyod davlatlar mavjud va har bir davlat mazkur davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy xususiyatlarini aks etuvchi oʻz huquqiy tizimiga ega. Bu borada quyidagilarni ajratadilar: – ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish boʻyicha: Gʻarbning yuqori rivojlangan mamlakatlari, jumladan, Yaponiya; oʻrta rivojlangan kapitalizm davlatlari (Izroil, Turkiya, Malta va x.k.); Yevropaning sobiq sotsialistik mamlakatlari (Albaniya, Polsha, ruminiya va x.k.); Yevropa mustamlaka davlatlarining mustamlaka yoki tobe hududi boʻlgan rivojlanayotgan mamlakatlar (Pokiston, Hindiston, Misr va x.k.); sotsialistik hisoblanuvchi davlatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Kuba, Vetnam);
– Hokimiyat shakli boʻyicha: Respublika va monarxiya;
– davlat tuzilmasi shakllari boʻyicha: unitar va federativ;
– partiyaviy tizim boʻyicha: koʻp partiyali tizim; ikki partiyali tizim; bir partiyali tizim;
– va boshqa tasniflar;
Hindistonningning konstitusion huquqi Xorijiy mamlakatlarning konstitusion huquqi ijtimoiy hayotning 4 ta bosh sohasini tartibga soladi: yaʼni iqtisod (mulk munosabatlari asoslari), ijtimoiy munosabatlar (davlatning ijtimoiy roli), siyosat (siyosiy partiyalar roli va tashkil topish tartibi, saylovlar tartibi, davlat tashkiloti), mafkura (mafkuraviy koʻp fikrlilik). Ular xorijiy mam lakatlar konstitusion huquqining predmetini tashkil qiladi, shunday qilib u yoki mamlakatning huquq tarmo-i sifatidagi konstitusion huquq bu shaxslar, jamoa, davlat va jamiyatning huquqiy oʻzaro aloqalarining asoslarini mustahkamlovchi va tartibga soluvchi, davlat hokimiyatini amalga oshirish uchun qonuniy shart-sharoitlarni bel gilab beruvchi, unda ishtirok etish, unga bosim oʻtkazish, u uchun tinchlik yoʻllari, konstitusion vositalar bilan kurash olib borishni belgilab beruvchi ichki muvofiqlashtirilgan meʼyorlar tizimidir.
Hindiston konstitutsiyasi Hindistonning oliy qonuni, konstitutsiya bu fundamental siyosiy tamoyillar barpo etilgan, hukumatning tuzilmasi, jarayonlari vakolat va majburiyatlari belgilangan hamda fuqarolarning asosiy huquq va majburiyatlari aks etilgan asosdir.
Hindiston konstitutsiyasi taʼsis kengashi tomonidan 1949 yilning 26 noyabrida qabul qilingan, yaʼni Hindiston mustaqillikka erishgandan 2 yil oʻtgandan soʻng va 1950 yil 26 yanvarda kuchga kirgan boʻlib, hozirda ham amalda. Ushbu konstitutsiyada Hindiston suveren, demokratik respublika deb eʼlon qilinadi, bu respublika oʻz fuqarolariga adolat va odil sudlov, tenglik va erkinlikni kafolatlaydi. 1976 yilda konstitusion oʻzgartirish natijasida Hindiston tavsifiga „sotsialistik“ va „dunyoviy“ soʻzlari qoʻshildi. Konstitutsiyani qabul qilish kuni Hindistonda rasmiy bayram hisoblanadi va har yili 26 yanvarda Respublika kuni sifatida nishonlanadi. Konstitutsiyaga ekspluatatorlarga qarshi holatlar, hind sotsializmi, demokratik sotsializm gʻoyalari ham kiritilgan.
Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgarishlar Hindiston konstitutsiyasi oʻz hajmi boʻyicha dunyodagi eng katta konstitutsiyadir, u oʻz ichiga 465 ta modda, 12 ta yirik ilova va 83 ta qoʻshimcha va toʻ-irlashlardan iborat, ingliz tilidagi variantida Hindiston konstitutsiyasi 117369 ta soʻzdan iborat, bundan tashqari hind tiliga rasmiy tarjimasi ham mavjud. Hukumat qabul qilgan har bir qonun konstitutsiyaga muvofiq boʻlishi lozim, chunki Konstitutsiya davlatning oliy va assoiy qonunidir. Konstitutsiya matniga baʼzi bir qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilib, matnni oʻzgartiradi, boshqalari esa ilova sifatida taqdim etiladi.
Hindiston konstitutsiyasining asosiy mazmuni ijtimoiy va davlat tuzilmasining muhim tomonlariga mansubdir, bundan tashqari bu yerda shaxsning huquqviy maqomi ham oʻz aksini topgan. Hindiston konstitutsiyasining mualliflari unda boshqa davlatlarning eng yaxshi konstitusion yutuqlarini birlashtirishga intilganlar, xususan, hind konstitutsiyasi Buyuk Britaniya, Sobiq Ittifoq, AQSH, Kanada, Yaponiya va Avstraliya kabi davlatlarning konstitutsiyalaridagi konstitusion aktlarning bir qator holatlarini oʻzlashtirgan.
Hindiston konstitutsiyasi oʻzgartirishlarni kiritishning juda ham sodda tartibini nazarda tutadi, buning natijasida konstitutsiyaning yuzlab turli holatlari oʻzgartirildi, bu mavjud boʻlgan vaziyatga konstitutsiyani yanada moslashtirdi. Konstitutsiyaga 80 ga yaqin yangi moddalar qoʻshilgan va 20 tasi istisno qilingan, hammasi boʻlib 500 dan ziyod marotaba matn oʻzgartirilgan.
Oʻzgartirishlar bevosita konstitutsiya matniga kiritilib, uni oʻzgartiradi yoki unga ilova qilinadi. Hindiston konstitutsiyasining oʻzgartirishlarining baʼzilari oʻz hajmi boʻyicha AQSH konstitutsiyasi bilan teng.
Hindiston konstitutsiyasining oʻziga xos tomonlari Hindiston konstitutsiyasining quyidagi eng muhim oʻziga xos tomonlarini ajratib koʻrsatish mumkin: Hindiston suverenitetini yuridik jihatdan mustahkamlash, ijtimoiy tengsizlikka salbiy munosabat, hind jamiyatining oʻziga xos tomonlarini hisobga olib, fuqarolarning erkinlik va majburiyatlarini keng doirasini eʼlon qilish, davlat sektori ustuvor roliga ega boʻlgan aralash iqtisod tamoyilini mustahkamlash, anʼanaviy hind institutlarini konstitusion huquqning global rivojlanishi natijasida paydo boʻlgan institutlar bilan uygʻunlashtirish, hind manfaatlarini birinchi oʻringa qoʻygan holda umumiy tinchlik va xalqaro xavfsizlikni qoʻllab-quvvatlash siyosati.
Hindiston konstitutsiyasi ahamiyati va kafolatlanish darajasi boʻyicha turli meʼyorlarga ega, ular nafaqat konstitusion, balki huquqning baʼzi bir boshqa tarmoqlariga ham mansub. Kon stitutsiyada birinchi qarashda ahamiyatsiz boʻlgan holatlar mavjud, masalan, davlat siyosatining rahbarlantiruvchi tamoyillaridan biri bu sigirlarni oʻldirishni oldini olish, biroq Hindistonning oʻziga xos sharoitlarida aholining eʼtiqodini hisobga olgan holda bular ham muhim ahamiyatga ega. Konstitutsiya haddan ziyod batafsildir, ammo uning asosiy mazmuni ijtimoiy va davlat tuzumining, shaxs huquqiy maqomining eng muhim tomonlariga mansubdir.
Konstitutsiya oʻz ahamiyati boʻyicha turli boʻlgan ikki qismdan iborat: bir qismida konstitutsiyaning asosiy xususiyatlari boʻlib, ularni oʻzgartirish mumkin emas, boshqa qismida esa oʻrnatilgan tartibda oʻzgartiriladigan holatlar mavjud.
1957 yildagi Hindiston konstitutsiyasi jahon amaliyotidagi oʻziga xos yagona konstitusion hujjat, chunki u:
– jahondagi hajmi boʻyicha eng katta konstitutsiyadir – 491 moddadan iborat;
– juda ham batafsil va mayda;
– eklektikdir: konstitutsiya mualliflari oʻzlarining asosiy qonunlaprida boshqa davlatlarning eng yaxshi konstitusion yutuqlarini mujassam etishga harakat qilganlar, bu sabab Hindiston konstitutsiyasi sobiq metropoliyasi Buyuk Britaniya hamda SSSR, AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya va boshqa bir qator mamlakatlarning konstitutsiyalarining holatlarini bir qatorini oʻzlashtirgan;
– juda ham moslashuvchan, oʻzgartirishlarni kiritishning sodda tartibini nazarda tutadi, buning natijasida 50 yil ichida uning yuzlab turli holatlari oʻzgartirilgan, yaʼni Hindiston konstitutsiyasi doimiy tarzda mavjud vaziyatga „moslashadi“.
Hindiston konstitutsiyasining hajmi kattaligi va tuzilmaviy murakkabligiga qaramasdan, uning eng muhim oʻziga xos tomonlarini ajratish mumkin:
– Hindiston respublikasi suverenitetini yuridik, huquqiy jihatdan mustahkamlanishi (preambula);
– mamlakatdagi liberal siyosiy tuzumning asosiy sifatida xizmat qiluvchi Hindiston davlatining oʻziga xosligini hisobga olgan holda fuqarolarning huquq, erkinlik va majburiyatlarining keng doirasini eʼlon qilish;
– parlamentar respublikani oʻrnatish;
– davlat tuzilmasining federativ shaklini mustahkamlash;
– federatsiyani tuzish tamoyillaridan asosiysi bu til tamoyili;
– Hindistonda boʻlgan „dushman davlat“ fuqarolarining huquq larini chegaralaydi (hibsga olish, kuzatish tartibini soddalashtiradi) hamda oʻsha davlatlarda ixtiyoriy yashab, ular bilan ish doirasida aloqada boʻlgan Hindiston fuqarolariga ham shu qoidalar tegishlidir (masalan, „dushman davlat“ bu Pokiston);
– milliy kichiklarning huquqlarini kafolatlaydi;
– „teginib boʻlmaslik“ hamda din, irq, yashash joyi, kasta asoslariga koʻra diskriminatsiyaning boshqa turlarini mustahkamlaydi;
– davlatning dunyoviy xarakterini mustahkamlaydi;
– aholining qoloq guruh vakillariga imtiyozlar va qoʻshimcha himoyani kafolatlaydi;