Buket sireni (, yaʼni „Bir dasta nastarin“) — Ivanushki International rus guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 2002-yil eʼlon qilingan „Oleg, Andrey, Kirill“ nomli studiyaviy albomi 2003-yil qayta chiqarilganda bonus trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq guruhning „10 let vo Vselennoy“ (2005) hamda „Luchsheye v nashey jizni“ (2015) terma albomlariga ham kiritilgan. Tarona matni Aleksandr Shaganov tomonidan yozilgan, musiqasi esa guruh prodyuseri Igor Matviyenko tomonidan bastalangan. Qoʻshiq uchun rejissyor Dmitriy Zaxarov klip suratga olgan. Klip versiya studiyaviy versiyadan qisqaroqdir.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Ivanushki International qoʻshiqlari Turkum:2002-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar