John Luther Zimmerman IV (talaffuzi: Jon Lyuter Zimmerman; 1973-yil 26-noyabrda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida ishtirok etgan amerikalik professional figurali uchuvchi va murabbiy. Konkida uchish boʻyicha sherigi Kyoko Ina bilan birga 2002-yilgi Jahon chempionatining bronza medali sovrindori va uch karra (2000 — 2002) AQShning milliy chempioni boʻlgan. Bu juftlik 2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ham ishtirok etgan.
Shaxsiy hayoti Zimmerman Alabama shtatining Birmingem shahrida tugʻilgan. Uning ikkita katta opasi bor. Zimmerman 2003-yil 28-avgustda italyan konkida uchuvchisi Silvia Fontana bilan turmush qurgan. Ularning ikkita qizi bor — Sofia, 2012-yil 2-aprelda Florida shtatidagi Kokos-Krik shahridagi Shimoli-g‘arbiy tibbiyot markazida tug‘ilgan va Eva, 2013-yil 2-iyunda dunyoga kelgan. Ularning o‘g‘li Jack Zimmerman 2016-yilda dunyoga kelgan.
Faoliyati Zimmerman konkida uchishni 3 yoshida boshlagan. U 1994 — 1995-yilgi mavsumda Brie Teaboldt bilan qisqa vaqt juftlikda konkida uchgan. Keyin 1995-yildan 1998-yilgacha Stephanie Stiegle bilan juftlik hosil qilgan va Piter Oppegard murabbiyligida 1997-yilda figurali uchish boʻyicha AQSh chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Juftlikning hamkorligi 1998-yilda oʻz nihoyasiga yetgan.
John Zimmerman 1998-yilda Kyoko Ina bilan juftlik hosil qilgan. Dastlab ularga Piter Berrouz va Mary Lin Gelderman Nyu-Yorkning Monsi shahrida murabbiylik qilishgan va juftlik Tamara Moskvinaning murabbiyligida mashgʻulot oʻtash uchun Konnektikut shtatidagi Stamfordga koʻchib oʻtishgan. Keyinchalik ular Nyu-Jersi shtatining Xakensak shahrida Moskvina va Igor Moskvin qoʻl ostida mashq qilishgan.
Juftlik uch marta AQSh chempionatida gʻolib chiqqan va 2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashishgan. Ular 2002-yilgi Jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdilar.
Ina va Zimmerman koʻp yillar davomida „Stars on Ice“ shoularida konkida uchishgan. Dasturlari
Ina bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2001 — 02 Shine On You Crazy Diamond Rhapsody on a Theme of Paganini 2000 — 01 Truman Show Rhapsody on a Theme of Paganini
Natijalari GP: Gran-pri
Ina bilan Xalqaro Musobaqa 1998 — 99 99 — 2000 2000 — 01 2001 — 02 Olimpiada 5 Jahon chempionati 9 7 7 3 Toʻrt qitʼa 2 3 Final 5 4 Rossiya kubogi 3 4 Lalique 2 4 3 2 Skate America 5 5 4 2 Skate Canada 2 Sparkassen 2 Milliy AQSh chempionati 2 1 1 1
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar