Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi () xalqaro ayollar futbolida Kot-d’Ivuar sharafini ifodalaydi va Kot -d’Ivuar Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi xalqaro oʻyinini 1988-yilda oʻtkazdilar. Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi hozirda FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon reytingida 64-oʻrinni va CAFning reytingida esa 6-oʻrinni egallab turibdi.

Tarixi

Ilk oʻyinlar 1985-yilda dunyoning deyarli hech bir mamlakatida ayollar futbol terma jamoasi yoʻq edi, shu jumladan, Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi ham FIFA tomonidan tan olingan birinchi oʻyinini 1988-yilgacha oʻtkazmagan. 1988-yilgi xalqaro ayollar taklif turnirida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi „A“ guruhidan joy oldi. Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi 1-iyun kuni Foshan shahrida boʻlib oʻtgan oʻyinda Gollandiya ayollar terma jamoasiga 0:3 hisobida magʻlub boʻldi. 3-iyun kuni Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Foshanda boʻlib oʻtgan 2-oʻyinda Kanada ayollar terma jamoasiga 0:6 hisobida magʻlub boʻlishdi. 5-iyun kuni boʻlib oʻtgan Guanchjoudagi oʻyinda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Xitoy ayollar terma jamoasiga 1:8 hisobida magʻlub boʻlishdi. 2002-yilda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi 2 ta oʻyinda qatnashgan. 2003-yilda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi bironta ham oʻyinda maydonga tushishmagan 2005-yilda ular 3 ta oʻyinda maydonga tushishgan. 2005-yilda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Dakarda (Senegal) ayollar oʻrtasidagi Tournoi de Solidarité musobaqasida ishtirok etishdi. 18-may kuni Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Mali ayollar terma jamoasiga 1:6 hisobida magʻlub boʻlishdi. 20-may kuni Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Senegal terma jamoasi bilan 3:3 hisobida durang oʻynashdi. Natijada Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi keyingi bosqichga chiqa olishmadi va umumiy hisobda turnirda oxirgi o‘rinni egalladi. 2006-yil 17-mayda Dakar shahrida Togo terma jamoasi Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi 3:3 hisobida durang oʻynadi. 2007-yilda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Uagadugu shahrida boʻlib oʻtgan Tournoi de Cinq Nations musobaqasida qatnashdi. 2-sentabr kuni ular Mali terma jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynashdi. Oʻyinda 65-daqiqada Rita Akaffu Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi foydasiga gol urdi. 5-sentabr kuni Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Togoni 5:0 hisobida magʻlub etishdi. Jamoa 6-sentabr kuni esa Mali terma jamoasiga 1:2 hisobida yutqazdi.

Rivojlanishi 2010-yilda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi ayollar oʻrtasidagi Afrika chempionatida dastlabki bosqichlarda ishtirok etgan. Ilk turda Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Gvineya ayollar terma jamoasini 5:1 hisobida magʻlub etishdi. Ammo Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi keyingi o‘yinda Malavi ayollar terma jamoasiga 4:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Biroq, 2014-yilda Afrika ayollar chempionatida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalga yoʻl olib hammani hayratda qoldirdi va keyinroq ular favorit Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasini magʻlub etib, butun Afrikani hayratda qoldirgan holda birinchi marta 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻynashadi. Jahon chempionatidan Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi Germaniya ayollar terma jamoasiga (0-10), Tailand terma jamoasiga (2-3) va Norvegiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga (1-3) qarishi uchta oʻyinda uchta magʻlubiyat bilan chiqib ketishdi. Hamma oʻyinlarda yutqazganiga qaramay, Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi aʼzosi Anj NʼGyussanning Norvegiya darvozasiga urgan goli butun turnirdagi eng yaxshi oʻnta goldan biri deb topildi.

Milliy federatsiya 1960-yilda tashkil etilgan va 1964-yilda FIFAga aʼzo boʻlgan. Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining sport toʻplamiga toʻq sariq rangli koʻylaklar, oq shortilar va yashil paypoqlar kiradi. Milliy qoʻmitada ayollar futboliga mas’ul boʻlgan doimiy xodim yoʻq. Federatsiya nizomida ayollar futboli vakilligi kafolatlanmagan. 2007-yilda mamlakatda FIFA tomonidan boshqariladigan ayollar MA futbol kursi tashkil etilgan.

Murabbiylar shtabi

Hozirgi murabbiylar shtabi Lavozimi Ismi Man. Bosh murabbiy Klementin Ture

Bosh murabbiylar tarixi

Adélaïde Koudougnon (2004-2010) Clémentine Touré (2010-)

Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari

Hozirgi tarkib Marokash ayollar terma jamaosiga qarshi 2022-yil 23-iyunida oʻtkazilgan oʻrtoqlik oʻyinida quyidagi futbolchilar Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga chaqirildi. Oʻyinlar va gollar statistikasi 2021-yil 26-iyul holatiga koʻra aniq.

Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin

FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻrin Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar 1991-yil Kiritilmadi 1995-yil 1999-yil 2003-yil Saralashdan oʻta olmadi 2007-yil 2011-yil 2015-yil Guruh bosqichi 23 3 0 0 3 3 16 2019-yil Saralashdan oʻta olmadi2023-yil Jami 1/9 - 3 0 0 3 3 16

Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻtkazgan oʻyinlar tarixi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tarixi Yil Bosqich Sana Raqib Natija Stadion 2015-yil Guruh bosqichi 7-iyun Magʻlubiyat: 0-10 TD Pleys stadioni, Ottava 11-iyun Magʻlubiyat: 2-3 15-iyun Magʻlubiyat: 1-3 Monkton stadioni, Monkton

Olimpiada oʻyinlari Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasiYilNatijaOʻtkazilgan oʻyinlarGʻalabaDurangMagʻlubiyatUrilgan gollarOʻtkazib yuborilgan gollarGollar nisbati 1996-yilSaralashdan oʻta olmadi 2000-yil 2004-yil 2008-yil 2012-yil 2016-yil 2020-yilJami0/70000000

Afrika ayollar millatlar kubogi Afrika ayollar millatlar kubogida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar 1991-yil Kiritilmadi 1995-yil 1998-yil 2000 2002-yil Saralashdan oʻta olmadi 2004-yil Kiritilmadi 2006-yil Saralashdan oʻta olmadi2008-yil 2010-yil2012-yil Guruh bosqichi 3 1 0 2 7 7 2014-yil Uchinchi oʻrin 5 2 1 2 8 8 2016-yil Saralashdan oʻta olmadi 2018-yil Saralashdan oʻta olmadi2020-yil Covid-19 pandemiyasi tufayli bekor qilindi 2022-yil Saralashdan oʻta olmadi Jami 2/13 8 3 1 4 15 15

Afrika oʻyinlari Afrika oʻyinlarida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar 2003-yil Kiritilmadi 2007-yil 2011-yil Saralashdan oʻtmagan 2015-yil 3 5 4 0 1 6 3 2019-yil Saralashdan oʻtmagan2023-yil Aniqlanmoqda Jami 0/4 0 0 0 0 0 0

WAFU ayollar kubogi WAFU ayollar kubogida Kot-d’Ivuar ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi Yil Natija Oʻrin Oʻtkazilgan oʻyinlar Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Urilgan gollar Oʻtkazib yuborilgan gollar 2018 Ikkinchi oʻrin 2 5 3 1 1 11 2 2019 Ikkinchi oʻrin 2 5 3 2 0 12 2 Jami Guruh bosqichi 1/1 3 0 0 3 1 17

Yana qarang

Kot-d’Ivuarda sport Kot-d’Ivuar erkaklar milliy futbol jamoasi

Manbalar

Havolalar

Rasmiy veb-sayt FIFA profili

Turkum:Afrikadagi ayollar milliy futbol terma jamoalari