Maksim Staviski (; 1977-yil 16-noyabrda tugʻilgan) — Rossiyada tugʻilgan, muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan bolgariyalik muz raqqosi. Sherigi va unashtirilgan sevgilisi Albena Denkova bilan birga ikki karra (2006 — 2007) jahon chempioni, ikki karra (2003 — 2004) Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori va 2006-yilgi Gran-pri finali chempioni boʻlgan. Denkova va Staviski juftligi figurali uchish boʻyicha Jahon chempionatida medal olgan birinchi Bolgariya vakillaridir.
Faoliyati Maksim Staviski 1996-yilda Moskvada Denkova bilan juftlik hosil qilgan va u bilan Bolgariya vakili sifatida musobaqalarda bellashish uchun Sofiyaga koʻchib oʻgan. Juftlk tez orada bir-birlarini sevib qolgan. 2000-yil sentyabr oyida Denkova / Staviski murabbiy Aleksey Gorshkov va xoreograf Sergey Petuxov qoʻl ostida mashgʻulot oʻtay boshlagan.
Denkova / Staviski juftligi zotiljam bilan kasallanganidan keyin 2000-yilgi Yevropa chempionatini tark etgan. 2000-yilgi Jahon chempionatida erkin raqs oldidan soʻnggi mashgʻulot Denkovaning oyogʻi jarohat olgan uch oy davomida yura olmagan.
Denkova / Staviski juftligi 2001-yilgi Yevropa chempionatidan oldin gripp bilan kasallanishiga qaramay, musobaqada qatnashgan va 8-oʻrinni egallagan.
Denkova / Staviski juftligi 2004 — 2005-yillarda Yevropa chempionatida ishtirok etishdan voz kechdi va Jahon chempionatida qatnashib, 5-o‘rinni egallagan. Mavsum oxirida ular murabbiyi Gorshkov bilan xayrlashishgan va Natalya Linichuk va Gennadiy Karponosov murabbiyligida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun AQShning Delaver shtatidagi Newark shahriga koʻchib oʻtishgan. Juftlik oʻzlarining uchinchi Olimpiada musobaqasida 5-o‘rindan joy olgan. Ular 2006-yilgi Jahon chempionatida figurali uchish boʻyicha jahon oltin medalini qoʻlga kiritgan birinchi bolgarlar boʻlishgan.
Shaxsiy hayoti Staviski yahudiy diniga mansub. Uning familiyasi baʼzan Staviyski deb yoziladi. Denkova va Staviski unashtirilgan. Ularning o‘g‘li Daniel 2011-yil 30-yanvarda dunyoga kelgan. Dasturlari MavsumOriginal raqsErkin raqs2006 — 2007 Libertango Astor Piazzolla Lacrimosa Wolfgang Amadeus Mozart Romeo + Juliet Craig Armstrong2005 — 2006 Cha Cha Santa Esmeralda Bésame Mucho (Un Bolero Por Favor) Consuelo Velázquez Adagio Remo Giazotto, Tomaso Albinoni2004 — 2005 Charleston Big Beat Band Slow foxtrot: You’ve Got a Friend in Me Lambarena — Bach to Africa Hughes de Courson, Johann Sebastian Bach1999 — 2000 Speak up Mambo Soledad Give it up Xotica - Journey to the Heart (Cirque du Soleil)
Natijalari
Staviski bilan NatijalarXalqaroEvent1996 — 971997 — 981998 — 991999 — 002000 — 012001 — 022002 — 032003 — 042004 — 052005 — 062006 — 07Olimpiada1875Jahon chempionatlari191711WD10532511Yevropa chempionati17169WD8622WD3Gran-pri finali3231GP Cup of Russia53GP Lalique/Bompard4121GP NHK Trophy63112GP Skate America1GP Skate Canada5421GP Spark./Bofrost631Bofrost1Finlandia Trophy11111Karl Schäfer xotirasi1Nebelhorn Trophy3Skate Israel2Polish FSA Trophy3MilliyBolgariya chempionati11111111111 GP = Gran-Pri; WD = Musobaqani tark etgan
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar