Yaponiyaning Aichi prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, shaharda 56573 ta xonadonda 127659 nafar aholi istiqomat qiladiSeto City official statistics va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 1146 nafarni tashkil qiladi. Umumiy maydoni 111,40 kvadrat kilometr (43,01 mi²) ga teng.
Geografiyasi Seto shahri Gifu prefekturasi bilan chegaradosh, Aichi prefekturasining tepalikli shimoliy mintaqasida, Nagoyadan Meitetsu Seto liniyasi orqali taxminan 35 daqiqa masofada joylashgan. Yapon tilidan „Seto“ nomi „daryo tez oqadigan joy“ deb tarjima qilinadi. Biroq, Setoda daryo mavjud boʻlsa-da, u sezilarli darajada katta emas va tez harakat qilmaydi. Seto shahri oʻzining kulolchilik buyumlari bilan mashhur, shuning uchun yapon tilidagi sopol soʻzning umumiy nomi hisoblanadi. Daryo bo‘yidagi asosiy ko‘chada o‘nlab kulolchilik do‘konlari joylashgan. Sentyabr oyining har uchinchi shanba va yakshanba kunlari Setomono Matsuri deb nomlangan juda katta kulolchilik festivali boʻlib oʻtadi.
Iqlimi Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Setoda oʻrtacha yillik harorat 14,8 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1810 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,3 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 3,1 °C atrofida boʻladiSeto climate data.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Aichi prefekturasi
Nagoya (Moriyama-ku) Kasugai Ovariasahi Toyota Nagakute
Gifu prefekturasi
Toki Tajimi
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraSeto population statistics, Seto aholisi soni soʻnggi 60 yil ichida oʻsib bormoqda.
Tarixi
Oʻrta davri Bu hudud Kamakura davridan beri keramika ishlab chiqarish bilan mashhur boʻlgan.
Ilk zamonaviy davri Edo davrida zamonaviy Seto hududi Ovari Domenining asosichisi Ovari Tokugava tomonidan nazorat qilingan.
Keyingi zamonaviy davri Meiji davrida Seto qishlogʻi 1888-yilda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan hamda 1892-yilda shaharchaga aylangan. 1925-yilda qoʻshni Akatsu qishlogʻini qoʻshib olgandan soʻng, Seto 1929-yil 1-oktyabrda shahar maqomiga koʻtarildi.
Shaharning katta qismi 1945-yilda Ikkinchi Jahon urushi paytida havo hujumlari natijasida vayron qilingan.
Zamonaviy tarixi Urushdan keyingi davrda shahar Nagoya uchun yotoqxona va sayyohlik maskani sifatida oʻsdi. 2005-yil 25-martda Expo 2005 koʻrgazmasi ochildi, uning asosiy manzilgohi Nagakuteda va qoʻshimcha faoliyat Setoda boʻldi. Koʻrgazma 2005-yil 25-sentyabrgacha davom etgan.
Hukumat thumb|200x200px| Hokimiyat Seto toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 26 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Aichi prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Aichi tumani tarkibiga kiradi.
Tashqi aloqalar
Qardosh shaharlar — qardosh shaharlar
Xalqaro
Qardosh shahar
Limoges(Haute-Vienne, Yangi Akvitaniya, Fransiya) 18-noyabr 2003-yil Nabeul(Nabeul gubernatorligi, Tunis) 8-noyabr 2004-yil Icheon(Gyeonggi viloyati, Koreya) 20-aprel 2006-yil
Doʻstlik shahri
Jingdezhen(Jiangxi Xitoy) 1996-yil
Iqtisodiyoti Seto iqtisodiyotida xususiy isteʼmol va anʼanaviy ishlar uchun keramika, shuningdek, elektronika sanoati uchun zamonaviy sanoat keramika buyumlari ishlab chiqarish ustunlik qiladi.
Taʼlim tizimi thumb|200x200px| Nagoya Gakuin universiteti Seto kampusi
Universitet
Nagoya Gakuin universiteti — Seto kampusi
Maktablar
Boshlangʻich va oʻrta taʼlim
Setoda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 20 ta davlat boshlangʻich maktabi va sakkizta davlat oʻrta maktabi hamda bitta xususiy oʻrta maktab faoliyat yuritadi. Shaharda Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat yuqori maktabi va ikkita xususiy yuqori maktab mavjud. Shaharda bitta va prefekturada nogironlar uchun ikkita maxsus taʼlim maktabi bunyod etilgan.
Xalqaro maktab Aichi Koreys 7-Boshlangʻich maktabi (愛知朝鮮第七初級学校) — Shimoliy Koreya maktabiHome page . Aichi Korean 7th Elementary School. Retrieved on October 14, 2015. „愛知県瀬戸市にある在日コリアン児童が通う民族学校です“ Seto shahrida joylashgan.
Transporti thumb|300x300px| Meitetsu Seto liniyasi xaritasi thumb|200x200px| Setoning nol kilometri
Temir yoʻllar
Anʼanaviy yoʻllar
20x20px Aichi Loop temir yoʻli
Aichi Loop liniyasi: — Yamaguchi — Setoguchi — Setoshi — Nakamizuno -
20x20px Meitetsu
Seto liniyasi: — Mizuno — Shin-Seto — Seto-Shiyakusho-mae — Ovari Seto
Yoʻllar
Katta tezlikda harakatlanish yoʻli
link=|alt=C3|24x24px Tokai-Kanjo tezkor yoʻli
Yaponiya milliy marshruti
Milliy yoʻnalish 155 Milliy yoʻnalish 248 Milliy yoʻnalish 363
Galereya
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Aichi prefekturasi keramika muzeyi Setogura muzeyi Jokō-ji, Buddistlar ibodatxonasi va Ovari domenidagi Tokugava Yoshinao maqbarasi.
Galereya
Setolik taniqli odamlar
Sayaka Aoki, komediyachi Junji Suzuki, siyosatchi Asaka Seto, aktrisa Manpei Takagi, aktyor Toru Hasegava, — professional futbolchi Hayata Ito, professional beysbolchi Sōta Fujii, professional shogi oʻyinchisi Manabu Kubota, sobiq Yaponiya assotsiatsiyasi futbolchisi;
Manbalar
Havolalar
Turkum:Aichi prefekturasidagi shaharlar Turkum:Seto (Aichi)