Edimilson Fernandes Ribeiro () (1996-yil 15-aprelda tugʻilgan) — shveysariyalik professional futbolchi, Germaniyaning „Mainz 05“ klubi va Shveysariya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
Sion Fernandes dastlab, „Sion“ klubining yoshlar vakili boʻlgan. U Shveysariya Superligasidagi debyutini 2013-yil 1-iyun kuni „FC Zürich“ga qarshi o‘yinda (4:2) o‘tkazdi. U oʻzining birinchi golini 2015-yilning 1-martida „Luzern“ga qarshi oʻyinda (2:2) kiritdi. Fernandes Sionning 2015\2016-yilgi Yevropa Ligasi mavsumining 32-turida Braga bilan boʻlgan oʻyinda ham ishtirok etdi. Barcha oʻyinlarda u Sionning asosiy jamoasida 65 marta va klubning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasida 41 oʻyin oʻtkazgan.
West Ham United 2016-yilning 25-avgustida Fernandes Angliyaning „West Ham United“ klubi bilan 5 million funt sterling evaziga 4 yillik shartnoma imzoladi. U „West Ham“dagi debyutini 2016-yilning 25-sentabrida „Southampton“ga qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazib, 82-daqiqada Mark Noblening oʻrniga maydonga tushdi. 2016-yilning 26-oktabr kuni Fernandes „West Ham“ uchun birinchi golini Angliya liga kubogida "Chelsea"ga qarshi o‘yinda (2:1) kiritdi va murabbiy Slaven Bilićning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Fiorentina (Ijara) 2018-yilning 13-avgustida Fernandes Italiyaning „Fiorentina“ jamoasiga sotib olish sharti bilan bir yillik ijara shartnomasi asosida qo‘shildi.
Mainz 05 2019-yil 3-iyunda Fernandes nomaʼlum toʻlov evaziga 4 yillik shartnoma asosida Bundesliganing „Mainz 05“ jamoasiga qoʻshildi. 2019-yilning 17-avgustida u liganing „Frayburg“ klubiga qarshi o‘yinda debyut qildi.
Fernandes 2019\2020-yilgi mavsumda Bundesliganing soʻnggi oʻyinida „Mainz“ uchun birinchi golini urdi. U oʻsha oʻyinda ikkinchi boʻlimda almashtirilgandan soʻng, u „Mainz“ning „Werder“ga (3:1) qarshi oʻyinida uchinchi golni kiritgandi.
Young Boys (Ijara)
Xalqaro faoliyati Fernandes Shveysariyaning 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasida debyutini 2016-yilning mart oyida Angliyaga qarshi oʻyinda (1:1) oʻtkazgan edi. Ikkinchi oʻyinida, 2016-yil 2-sentyabrda u oʻzining ilk xalqaro golini Bil shaharida Qozogʻistonga qarshi oʻyinda (3:0) kiritdi.
2016-yilning noyabr oyida Fernandes Farer orollariga qarshi oʻyin uchun Shveysariya terma jamoasiga birinchi chaqiruv oldi.
U 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, ularga qarshi oʻyinda debyut qildi.
2019-yilning may oyida u 2019-yil UEFA Millatlar Ligasi finalida o‘ynadi va uning jamoasi to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
2021-yilda u 2020-yilgi UEFA Yevropa chempionati uchun terma jamoaga chaqirildi va u yerda jamoa chorak finalga qadar turnirning asosiy sensatsiyalaridan birini yaratdihttps://www.uefa.com / uefaeuro-2020 / match / 2024485 — switzerland-vs-spain / lineups /? iv = true.
Sion
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaMamlakat kubogiLiga kubogiYevropaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSion2012—2013Shveysariya Superligasi1000——102013—201416100——1612014—201526132——2932015—20165042—80172Jami48274—80636West Ham United2016—2017Premyer-liga2801031003212017—20181400020—160Jami420105100481Fiorentina (Ijara)2018—2019Serie A29240——332Mainz 052019—2020Bundesliga24110——2512020—202114010——150Jami381200000401Arminia Bielefeld (Ijara)2021—2022Bundesliga7010——80Young Boys (Ijara)2021—2022Shveysariya Superligasi14200——142Karyerada jami1787154518020612
Yutuqlari
Shveysariya kubogi: 2014—2015
Manbalar
Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Futbol yarim himoyachilari Turkum:Shveysariyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar