Peter Olayinka Oladeji (; 1995-yil 18-noyabrda tugʻilgan) — nigeriyalik futbolchi, „Slavia“ futbol klubi va Nigeriya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati thumb|212x212px| Olajinka „Slavia Praga“ futbol klubi safida Olayinka oʻz faoliyatini oʻz Vatanida boshlagan. 2012-yilda uni Albaniyaning „Bylis“ futbol klubi skautlari payqab qolishgan va jamoaga taklif qilishgan. 20-oktabr kuni „Luftëtari“ futbol klubi bilan oʻyinda u Albaniya Superligasida debyut qilgan. 2013-yil 4-fevral kuni Albaniya kubogi doirasida „Teuta“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Olajinka „Bylis“ futbol klubi safida ilk golini urgan. Oʻsha yilning yozida oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Peter Oladeji turkiyaning „Janikami Agdele“n futbol klubi safida ijara asosida oʻynagan. 2014-yilning yozida Olayinka „Skënderbeu Korçë“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 14-sentabr kuni „Apollon“ futbol klubiga qarshi o‘yinda u yangi klubi safida debyut qilgan. 25-oktabr kuni „Vllaznia Shkodër“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Peter „Skënderbeu Korçë“ futbol klubi safida ilk golini urgan. 2015-yilda u jamoaning chempion bo‘lishiga yordam bergan.

2016-yilning yozida Olayinka Belgiyaning „Gent“ jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 1,1 million yevroni tashkil qilgan. Darhol oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Peter Oladeji chexiyaning „Dukla Prague“ futbol klubiga ijaraga berilgan. 29-iyul kuni „Teplice“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Gambrinus Ligasida debyut qilgan. 6-avgust kuni „Slovácko“ futbol klubiga qarshi bahsda Olajinka „Dukla Prague“ futbol klubi tarkibidagi birinchi golini urgan.

2017-yilning yozida Peter Oladeji „Zulte Waregem“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 29-iyul kuni „Eupen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Yupilligada debyut qilgan. 18-avgust kuni „Standard Liège“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Olayinka „Zulte Waregem“ futbol klubi safida ilk golini urgan. 2018-yilning yozida Peter Oladeji Praganing „Slavia“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 3-avgust kuni „Opava“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qilgan. Oʻsha oʻyinda Olayinka „Slavia“ futbol klubi safida ilk golini urgan.

Xalqaro faoliyati 2019-yilning 13-oktabr kuni Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida Olainika Nigeriya terma jamoasi safida debyut qilgan.

Statistika JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolK. S. Bylis Ballsh2012—2013140103—243Jami14010300243K. F. Skënderbeu Korçë2014—201515623—1792015—2016181030602710Jami331653604419F. K. Dukla Praga2016—201729620—316Jami2962000316S. V. Zulte Waregem2017—2018351120404111Jami351120404111S. K. Slavia Praga2018—2019246501003962019—202020400812852020—20212462113439112021—20222463113440112022—2023105221142311Jami10227124551316944Umumiy faoliyatida213603110651330983

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Nigeriyalik erkak futbolchilar