Ondřej Kúdela ; 1987-yil 26-martda tugʻilgan) — Chexiyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi Persia Jakarta va Chexiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Avvalroq 1. FC Slovácko, Sparta Prag, Mladá Boleslav, Slovan Liberec va Slavia Praga klublarida oʻynagan. Kúdela ijarada \Kladno va Qozogʻistonning Ordabasy klublari sharafini himoya qilgan.

Oʻyin uslubi Kúdela odatda markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi, ammo himoyaviy yarim himoyachi sifatida ham maydonlarga tushgan. 2021-yilgi mavsum yakunida Chexiya chempionatining eng yaxshi himoyachisi deb topilgan.

Klublardagi faoliyati Kúdela 1. FC Slováckoning yosh toifadagi jamoasi orqali asosiy jamoaga oʻtgan va 2005-yilda klubda professional debyutini oʻtkazdi.

2007-yilda Sparta Praguega oʻtdi va oʻsha yili Kladnoda yarim yillik ijara asosida ham oʻynadi

2009-yilda FK Mladá Boleslav isteʼfoga chiqqan Jan Rajnochning oʻrnini bosish uchun Kúdela bilan shartnoma imzoladi. 2014-yilda Qozogʻistonning Ordabasy jamoasida yarim yil ijarada oʻynadi. Oʻsha yili Boleslavga qaytdi va shu klubda umumiy 8 mavsum oʻynadiKúdela opouští Boleslav: Evropskou ligu vyměnil za Kazachstán, iSport.cz, Retrieved 2014/06/29 (Czech). Klub bilan 2010—2011 yilgi va 2015—2016 yilgi Chexiya kubogini qoʻlga kiritgan.

2017-yilning yanvarida Kúdela Slovan Liberec bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi.

2018-yilda bosh murabbiy Jindřich Trpišovský Kúdelani koʻp oʻtmay SK Slavia Prague klubiga oʻtkazdi. „Slavia“ bilan jami uchta chempionlik, uchta kubok va bitta superkubokni qoʻlga kiritdi.

2022-yil iyun oyida Indoneziya 1-ligasi jamoasi Persija Jakartaga oʻtdi. 2022-yil 23-iyulda Bali Unitedga qarshi oʻyinda ligadagi debyutini o‘tkazdi. Uchrashuv 0:1 hisobida Bali foydasiga hal boʻldi.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarSlovácko2004—2005Chexiya birinchi ligasi10———102005—200612100——1212006—200718000——180Jami31100——311Kladno (ijara)2007—2008Chexiya birinchi ligasi10100——101Sparta Prague2008—2009600010—70Mladá Boleslav2008—20098100——812009—201025100——2512010—201115010——1602011—20122652020103152012—20132413040—3112013—201429050——3402014—20155010——602015—20162916020—3712016—20171602020—200Jami1779200100102089Ordabasy (ijara)2014Qozog‘iston Premyer-ligasi14000——140Slovan Liberec2016—2017Chexiya birinchi ligasi14020——1602017—201815020——170Jami29040——330Slavia Prague2017—2018Chexiya birinchi ligasi7010——802018—20192232090—3332019—20203021080104022020—20212964090—4262021—20221230040—163Jami10014803001013914Persija Jakarta2022—2023Liga 11100000—110Jami faoliyati378253204102045325

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Chexiya Respublikasi 2008 1 0 2019 3 0 2020 2 0 2021 3 0 2022 1 0 Jami 10 0

Yutuqlari

SK Slavia Prague

Chexiya Birinchi Ligasi: 2018—2019, 2019—2020, 2020—2021 Chexiya kubogi: 2017—2018, 2018—2019, 2020—2021

Chexiya U-20

FIFA U-20 Jahon kubogi 2-oʻrinchisi: 2007

Individual

Chexiya Birinchi ligasining eng yaxshi himoyachisi: 2020—2021

Manbalar

Turkum:Chexiyalik erkak futbolchilar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbolchilar