Wilde-Donald Guerrier (; 1989-yil 31-martda Gaitining Port-a-Piman shahrida tugʻilgan) — Gaitilik futbolchi, Gaiti terma jamoasi yarim himoyachisi.
Klublardagi faoliyati Guerrier oʻz faoliyatini „Violette“ va „America de Keu“ klublarida boshlagan. 2013-yilning yozida u „Wisła Kraków“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. Ushbu klub tarkibida Wilde-Donald Guerrier 13-sentabr kuni „Piast Gliwice“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Ekstraklasada debyut qilgan. Xuddi shu uchrashuvda Wilde-Donald yangi jamoasi safidagi ilk golini urgan.
Xalqaro faoliyati 2010-yil 2-noyabrda Guerrier Gaiti terma jamoasi uchun Karib dengizi kubogi doirasida Gayanaga qarshi o‘yinda debyut qilgan. Shu bilan bir qatorda, futbolchi 2011-yilning 6-sentabr kuni JCh-2014 saralashi doirasidagi Kyurasaoga qarshi o‘yinda milliy terma jamoadagi ilk golini urgan.
2013-yilda Guerrier terma jamoa tarkibida CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Gonduras terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.
2015-yilda Wilde-Donald terma jamoa bilan CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Gonduras, AQSh, Panama va Yamayka terma jamoalariga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.
2016-yilda Guerrier AQShda boʻlib oʻtadigan Amerika kubogi uchun tarkibga kiritilgan edi. Shu bilan bir qatorda, futbolchi turnirda Peru jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.
2019-yilning yozida Guerrier terma jamoaga CONCACAF oltin kubogi terma jamoaga chaqirilgan edi. Shuningdek, chorak finalda Kanadaga qarshi o‘yinda u o‘yinning 76-daqiqasida gol urgan va natijada Gaiti milliy terma jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l olgan.
Statistika JamoaMamlakatMavsumViolette A. C.2009—2011America des Cayes2011—2013Wisla Cracovia2013—2016Alanyaspor2016—2017F. K. Qarabağ2017—2019Neftçi PFK2019—2020F. K. Qarabağ2020—2021Apollon Limassol2021Wieczysta Cracovia2021—2022Olympiakos Nicosia2022—
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Gaitilik erkak futbolchilar