Alexander Schlager (; 1996-yil 1-fevralda Zalsburg shahrida tugʻilgan) — avstriyalik futbolchi, „LASK“ futbol klubi va Avstriya terma jamoasi darvozaboni. 2020-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi.

Klublardagi faoliyati Schlager oʻz shahrining „Red Bull Salzburg“ futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yuqori raqobat tufayli u asosiy jamoada va hatto „Liefering“ futbol klubida debyut oʻtkaza olmagan. 2014-yilda Aleksandr Germaniyaning „RB Leyptsig“ futbol klubiga ijaraga berildi. 2015-yilning yozida Schlager „Gröding“ futbol klubiga ijaraga oʻtdi. 25-iyul kuni „Rheindorf Altach“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Avstriya Bundesligasida asosiy jamoa safida debyut qildi.

Xalqaro faoliyati 2013-yilda Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Schlager Slovakiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Slovakiya, Shvetsiya va Shveysariya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Oʻsha yili Aleksandr BAA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Kanada, Argentina va Eron jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2015-yilda Schlager Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Gretsiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Gretsiya, Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.

2019-yil 16-noyabr kuni Shimoliy Makedoniyaga qarshi 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida Schlager Avstriya terma jamoasi safida debyut qildi. 2021-yilda Schlager Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u zahirada qolgan va maydonga tushmagan.

Statistika

JamoaMavsumLigaKubokXalqaro turnirBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolGrödig (ijara)2015—201610000——100Floridsdorfer (ijara)2016—201723010——240LASK2017—20181000——102018—20193105040—4002019—202032040140—5002020—20213006080—4402021—202233030110—4702022—20231603000—190Jami1430180400002010Umumiy faoliyatida1760190400002350

Manbalar

Havolalar

Alexander Schlager FC Red Bull Salzburg saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstriyalik erkak futbolchilar Turkum:LASK futbolchilari Turkum:FC Red Bull Salzburg futbolchilari Turkum:Floridsdorfer AC futbolchilari Turkum:SV Grödig futbolchilari Turkum:FC Liefering futbolchilari Turkum:RB Leipzig futbolchilari Turkum:SV Werder Bremen futbolchilari Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari