Shkodran Mustafi (; 1992-yil 17-aprelda Germaniyaning Bad Hersfeld shahrida tugʻilgan) – nemis sobiq professional futbolchisi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan.

Mustafi oʻz faoliyatini „Gamburger SV“ va Angliyaning „Everton“ klublarida boshlagan. 2012-yilning yanvarida Everton jamoasidan „Sampdoriya“ klubiga oʻtgan. Shkodran 2014-yilning avgustida „Valensiya“ jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Shkodran Valensia jamoasida ikki mavsum oʻynagach, 2016-yilgi mavsumda „Arsenal“ jamoasiga 35 million funt sterling evaziga transfer boʻlgan. Mustafi „Arsenal“ tarkibida 151 oʻyin oʻtkazgan.

Mustafi 2014-yilning 13-mayida Polshaga qarshi oʻzining terma jamoadagi debyutini oʻtkazgan va 2014-yilgi FIFA Jahon kubogi va 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi gʻolibi boʻlgan nemis jamoalari tarkibida, shuningdek, UEFA Euro 2016 turnirida ham ishtirok etgan.

Biografiyasi Shkodran Mustafi 1992-yil 17-aprelda Germaniyaning Bad Xersfeld shahrida joylashgan Gostivar kichik shaharchasida alban oilasida tugʻilgan. Shkodran Mustafi oʻz faoliyatini „Bebra“ havaskorlar klubida boshlagan. 2007-yilda „Dinosaurs“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.

Xalqaro faoliyati 2009-yil may oyida Shkodran Mustafi 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etib, chempion boʻlgan. Bu yerda u Mario Götze, Mattias Zimmerman, Marc-Andre ter Shtegen, Bernd Leno va boshqalar bilan bir safda oʻynagan. Keyin Shkodran Mustafi yoshlar terma jamoasida oʻynagan va 2013-yilgi Yevropa chempionatiga yoʻl olgan. 15- oktabr kuni yoshlar terma jamoasidagi soʻnggi uchrashuvini Farer orollariga qarshi oʻtkazgan.

Shkodran Mustafi milliy terma jamoadagi debyutini 2014-yilning 13- may kuni Polshaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. U JCh-2014 tarkibiga kiritilgan va u yerda uchta oʻyin oʻtkazgan. U milliy terma jamoadagi ilk golini 2016-yilning 12- iyun kuni Yevropa chempionati guruh bosqichida Ukraina terma jamoasiga qarshi oʻyinda ishtirok etgan.

Statistika

Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarEverton2009–10Premyer-liga00000010102010–11Premyer-liga000000—002011–12Premyer-liga000000—00Total0000001010Sampdoria2011–12Serie B10———102012–13Serie A17000——1702013–14Serie A33120——351Total51120——531Valencia2014–15La Liga33430——3642015–16La Liga30240—1004422016–17La Liga10———10Total64670—100816Arsenal2016–17Premyer-liga2624000703722017–18Premyer-liga2730030803832018–19Premyer-liga3121020614032019–20Premyer-liga1503020712712020–21Premyer-liga3000105090Total102780803321519Schalke 042020–21Bundesliga13100——131Levante2021–22La Liga11110——1212022–23Segunda División3100——31Total14210——152Career total244171808044231419

Eslatmalar

Manbalar

Havolalar

Shkodran Mustafi Arsenal FC veb-saytida

Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:17-aprelda tugʻilganlar Turkum:Erkak futbolchilar Turkum:Everton F.C. futbolchilari Turkum:UC Sampdoria futbolchilari Turkum:Valencia C.F. futbolchilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:FC Schalke 04 futbolchilari Turkum:Levante UD futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 futbolchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogi gʻoliblari Turkum:Germaniyalik musulmonlar