Filipe Luís Kasmirski (; 1985-yil 9-avgustda Braziliyada tugʻilgan) – braziliyalik sobiq futbolchi, „Flamengo“ futbol klubi murabbiyi.

Klublardagi faoliyati Filipe Luís Braziliyaning Santa Katarina shtatidagi tugʻilgan. Filipe Luís asli polshalik, ammo uning ota-bobolari 1891-yilda Polshadan Braziliyaga koʻchib kelgan„Filipe może zagrać dla Polski“. Filipe Luís Braziliyaning „Figueirense“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi boʻlib, uning asosiy tarkibida Filipe Luís 24 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 2004-yilda Filipe Luís Amsterdamning „Ajax“ futbol klubiga bir mavsumga ijaraga berilgan. 2005-yil 18-avgustda Filipe Luís Urugvayning „Rentistas“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan, ammo u darhol Ispaniyaning „Real Madrid“ futbol klubiga ijaraga berilgan. Ijaradan qaytgan Filipe Luís yana ispan klubiga, bu safar „Deportivo de La Coruña“ futbol klubiga ijaraga berilgan. Futbolchi „Deportivo de La Coruña“ futbol klubida ajoyib mavsum oʻtkazgach, ispan klubi ijara muddatini yana bir yilga uzaytirishga qaror qilgan. 2008-yil 10-iyunda klub Filipe Luísni 2,2 million yevroga sotib olgan va u bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

2019-yilda „Atlético de Madrid“ futbol klubi safida 333 ta rasmiy oʻyin oʻtkazgan Filipe „Flamengo“ futbol klubi bilan 2021-yil dekabrigacha shartnoma imzolagan. 2019-yil 23-noyabrda jamoa bilan birgalikda Libertadores kubogini qoʻlga kiritgan. U jamoasiga Braziliya chempionatida gʻalaba qozonishga ham yordam bergan . 2019-yilda Filipe Luís terma jamoa bilan Amerika kubogini qoʻlga kiritgan.

Xalqaro faoliyati Filipe Luís Braziliya terma jamoasi uchun 2005-yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida oʻynagan, uning jamoasi uchinchi oʻrinni egallagan. 2009-yil avgust oyi boshida Filipe Luís Braziliya terma jamoasiga 12-avgust kuni Tallinda boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Estoniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini tarkibiga kiritilgan. Filipe Luís 15-oktyabr kuni JCh-2010 saralash turnirining soʻnggi oʻyinida terma jamoadagi debyutini oʻtkazishga muvaffaq boʻlgan. Oʻyinda Filipe Luís almashtirilgan, uning oʻrniga 75-daqiqada yarim himoyachi Aleks Meschini maydonga tushgan. Oʻyin durang bilan yakunlangan.

2015-yilning yozida Filipe Luís Braziliya terma jamoasining Amerika Kubogidagi barcha toʻrtta oʻyinida birinchi daqiqalardan oʻynagan.

Statistika + Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaShtat ligasiMilliy kubokXalqaroBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarFigueirense2003Série A7112031——222200417013320——323Jami24125350——545Real Madrid B (ijara)2005–06Segunda División370————370Deportivo La Coruña (ijara)2006–07La Liga190—7100—2612007–08331—2000—351Jami521—9100—612Deportivo La Coruña2008–09La Liga382—20100—5022009–10213—3100—244Jami595—51100—746Atlético Madrid2010–11La Liga271—6030—3612011–12360—10160—5302012–13321—6230104232013–14320—5010120491Jami1272—182321301805Chelsea2014–15Premyer-liga150—105051261Atlético Madrid2015–16La Liga321—30100—4512016–17343—40100—4832017–18201—0080—2812018–19272—0050—322Jami1137—70330—1537Flamengo2019Série A160—005020230202031281205030493202122050401101043020221001018010010391202310040205000210Jami892272160360701754Umumiy faoliyat statistikasi51618525615116115176030

Yutuqlar

Futbolchi

Figueirense Campeonato Catarinense turniri: 2003, 2004

Atlético Madrid La Liga: 2013–14 Copa del Rey: 2012–13 UEFA Yevropa ligasi: 2011–12, 2017–18 UEFA Superkubogi: 2010, 2012, 2018 UEFA Chempionlar ligasi ikkinchi oʻrin: 2013–14, 2015–16

Chelsea Angliya Premyer-ligasi: 2014–15 Angliya liga kubogi: 2014–15

Flamengo Campeonato Brasileiro A Seriyasi: 2019, 2020 Braziliya kubogi: 2022 Braziliya Superkubogi: 2020, 2021 Copa Libertadores: 2019, 2022 Recopa Sudamericana: 2020 Campeonato Carioca: 2020, 2021 FIFA Club World Cup ikkinchi oʻrin: 2019

Brazil U20 Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati uchinchi oʻrin: 2005

Brazil Copa América: 2019 FIFA Konfederatsiyalar kubogi: 2013

Individual La Ligamavsumning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2013–14 FIFPRO World 11: Beshinchi jamoa 2014-yil ESM mavsumning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2015–16 UEFA La Liga mavsumning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2015–16, 2016–17 Campeonato Brasileiro A Seriyasi yilning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2019 Campeonato Carioca yilning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2020, 2021

Murabbiy Flamengo FIFA Qitʼalararo Kubogi: 2025 FIFA Amerika derbisi: 2025 Copa Libertadores: 2025 Campeonato Brasileiro A Seriyasi: 2025 Braziliya kubogi: 2024 Braziliya Superkubogi: 2025 Campeonato Carioca: 2025

Flamengo U20 Qitʼalararo kubok (20 yoshgacha): 2024

Flamengo U17 Copa Rio U-17: 2024

Individual Braziliya kubogi eng yaxshi murabbiyi: 2024 Campeonato Carioca eng yaxshi murabbiyi: 2025 Troféu Mesa Redonda eng yaxshi murabbiyi: 2025 Manbalar

Havolalar

Atlético Madrid official profile

Deportivo archives

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Figueirense FC futbolchilari Turkum:CR Flamengo futbolchilari Turkum:Jong Ajax futbolchilari Turkum:AFC Ajax futbolchilari Turkum:C.A. Rentistas futbolchilari Turkum:Real Madrid Castilla futbolchilari Turkum:Deportivo de La Coruña futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:Serie A (Braziliya) futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:2013-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi futbolchilari Turkum:Copa América 2015 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2019 oʻyinchilari Turkum:Copa América Centenario oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Copa Libertadoresda gʻolib bolgan futbolchilar Turkum:FIFA Konfederatsiyalar kubogida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Niderlandiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Urugvaydagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Braziliyalik futbol murabbiylar Turkum:CR Flamengo murabbiylari Turkum:Copa Libertadoresda gʻolib bolgan murabbiylar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar