Ryan White (; 1971-yil 6-dekabr, Kokomo, Indiana, AQSH — 1990-yil 8-aprel, Indianapolis, Indiana, AQSH) — Amerika Qoʻshma Shtatlarida OIV (odamning immunitet tanqisligi virusi) va OITS (orttirilgan immun tanqisligi sindromi)ga qarshi kurashda milliy timsolga aylangan amerikalik oʻsmir.
White tugʻma gemofiliya bilan kasallangan hamda asosini donor qoni tashkil etadigan maxsus dorilar olishga majbur boʻlgan, oʻsha preparatlar orqali OIV infeksiyasini yuqtirib olgan. Kasallik Ryan qonida 1984-yil dekabr oyida aniqlangan. Shifokorlarning Ryan maktabda boshqa oʻquvchilarga hech qanday xavf tugʻdirmaydi mazmunidagi kafolatlariga qaramay, Kokomodagi koʻplab ota-onalar va oʻqituvchilar Ryanning bu maktabda tahsil olishiga qarshi chiqishgan. Maktab maʼmuriyati tomonidan koʻrilgan choralar, uzoq davom etgan huquqiy kurash hamda ommaviy axborot vositalarida bu mojaroning yoritilishi natijasida Ryan OITSga qarshi kurashning ramziga aylangan. 1990-yili vafot etguniga qadar Ryan turli ijtimoiy harakatlar va tadbirlarda faol ishtirok etib kelgan, koʻplab jamoat arboblari bilan uchrashgan va OIV muammosi haqida jamoatchilik fikriga katta taʼsir oʻtkazgan.
Ryan Whitening nomi AQShning OIV bilan kasallangan kambagʻallarga yordam berish uchun tuzilgan federal dasturga berilgan, uning oʻlimidan koʻp oʻtmay bu dastur rasman qabul qilingan va hali ham amalda qoʻllanib kelinadi.
Yoshlik yillari va kasallanishi Ryan White 1971-yil 6-dekabrda Kokomodagi Sent-Jozef Memorial kasalxonasida Hubert Wayne va Jeanne Elaine oilasida dunyoga kelgan. Ryan uch kunlik boʻlganida, shifokorlar unga irsiy gemofiliya kasalligi tashxisini qoʻyishgan. Kasallikka qarshi kurashish uchun u har hafta donorlarning qon plazmasidan tayyorlangan „VIII omil“ preparatlarini olganResnik, S. (1999). Blood Saga: Hemophilia, AIDS, and the Survival of a Community. — University of California Press. ISBN 0-520-21195-2. 1984-yil dekabr oyida White pnevmoniya bilan kasallangan. 17-dekabr kuni o‘pka biopsiyasidan soʻng unga OITS tashxisi qoʻyilgan. Ryan immunitet tanqisligi virusini kasallangan donor qonidan tayyorlangan „VIII omil“ preparati orqali yuqtirgan. Ammo infeksiya aniq qachon Ryan qoniga tushganligi bugungi kunga qadar nomaʼlum. Oʻsha vaqtlarda olimlar OITS haqida yetarlicha maʼlumotga ega boʻlishmagan, faqatgina bu OIVning asorati hisoblanib, 1986-yilgacha HTLV-III deb nomlangan. Virus kashf etilganiga koʻp vaqt boʻlmaganligi sababli, donor skrining protseduralari deyarli yoʻq edi, koʻpchilik oʻzidagi kasallik va uning qanday yuqishi haqida umuman bilmagan, shuning uchun 1979 va 1984-yillarda ushbu preparatni qabul qilgan odamlarning 90 foizida OIV bilan kasallanish kuzatilgan. Kasallik tashxisi qoʻyilgan vaqtda Ryanning T-hujayralari soni 25 taga tushib qolgan edi. Sogʻlom odamlarda ularning soni 1200 ta atrofida boʻladi. Shifokorlar Whitening atigi 6 oy umri qolganligini aytishgan. Tashxis qoʻyilgach, Ryan maktabga qaytishga imkon topa olmagan chunki u kasallik tufayli juda kuchsiz va nimjon holatga kelib qolgan edi. Ammo 1985-yil boshida Ryan oʻzini yaxshi his qila boshlagan. Biroq Ryanning onasi oʻgʻlining maktabga qaytishiga ruxsat soʻraganida maktab maʼmuriyati rad javobini bergan. 1985-yil 30-iyun kuni davlat maktablari okrugi rahbari Jeyms O. Smith tomonidan maktabga qayta qabul qilish haqidagi rasmiy arizaning rad etilishi toʻqqiz oylik huquqiy kurashlar boshlanishiga sabab boʻlgan.
Maktab bilan ziddiyat OIV infeksiyasining yuqish yoʻllari 1980-yillarda toʻliq oʻrganilmagan edi. 1983-yilda Amerika Tibbiyot Assotsiatsiyasi OIVning himoyasiz jinsiy aloqa tufayli va qon orqali yuqish ehtimoli kattaligini taʼkidlashgan. Olimlar OIV infeksiyasi qon orqali yuqishini bilishgan, isbot sifatida bolalarda OITS bilan kasallanish holatlari juda kamligini koʻrsatishgan (White maktabdan haydalgan paytda, AQShda bolalar orasida kasallikning atigi 148 holati aniqlangan edi). Shifokorlarning bu fikrlariga qaramasdan koʻp oilalar Whitening maktabda boʻlishi boshqa bolalarga xavf tugʻdiradi, deb Ryanning maktabga qatnashiga qarshi chiqishgan.
Maktab koʻplab ota-onalar va oʻqituvchilar tomonidan katta bosimga uchragan, bu esa Ryanning tashxisi aniq boʻlganidan keyin uni maktabdan haydalishiga sabab boʻlgan. 50 nafar oʻqituvchi va 117 nafar ota-ona Whiteni maktabga kirishini man etish toʻgʻrisidagi petitsiyaga imzo chekishgan. Ryan va uning onasi maktab maʼmuriyati qarori ustidan sudga shikoyat qilishgan. Bu orada, Ryan telefon va kompyuter orqali masofadan turib taʼlim olishni boshlagan. Sud majlisida komissiya Ryanni maktabga borishini taqiqlash asossiz deb topgan. Maktab Indiana taʼlim kengashiga apellyatsiya bergan, keyinchalik maktab maʼmuriyati doktor Alan Adlerdan White haqida tibbiy xulosa soʻragan. Tibbiy xulosada Ryan maktabga borishi mumkinligi va bu boshqa oʻquvchilar uchun xavf tugʻdirmasligi taʼkidlangan edi. 21-fevral kuni White darsga kelganida maktab oʻquvchilaridan 151 nafari maktabga kelmay uylarida qolishgan. Xuddi shu kuni bir guruh ota-onalar Howard okrug sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilishgan, sudya Ryanning maktabga borishiga ruxsat berish 1949-yilda Indianadagi yuqumli kasalliklar toʻgʻrisidagi qonunga zid deb qaror qilgan. San-Franciscoda OITS bilan kasallangan bemorlarni davolashda katta tajribaga ega boʻlgan Indiana shtati sogʻliqni saqlash komissari doktor Wudrou Myers va Kasalliklarni nazorat qilish markazi White boshqa oʻquvchilar uchun xavf tugʻdirmasligi toʻgʻrisida bayonot berishgan lekin koʻplab ota-onalar va maktab maʼmuriyati, bu bayonotlarni eʼtiborsiz qoldirishgan.
1986-yil fevral oyida New England Journal of Medicine OIV bilan kasallangan odamlar bilan uch oy davomida birga yashagan lekin jinsiy aloqada boʻlmagan 101 nafar insonni oʻrganish natijalarini eʼlon qilgan. Tadqiqot natijalari infeksiya xavfi umumiy tish choʻtkalari, ustara, kiyim-kechak, taroq va idish-tovoqlar bilan aloqa qilish orqali yuqmasligini koʻrsatgan. Qaraldi 29-07-2023.
Koʻpchilik Whitening onasi maktab maʼmuriyatiga qarshi kurashning tashabbuskori ekanligiga ishonishgan, ammo bu yolgʻon boʻlib chiqqan. Ryanning oʻzi barcha masalalar boʻyicha qaror qabul qilgan. Oradan vaqt oʻtib Ryanning onasi maktabga qaytish qarori ham butunlay oʻgʻlining fikri ekanligini aytgan: „Shaxsan men ancha oldin voz kechgan boʻlardim. Bu men uchun va butun oilamiz uchun katta yengillik boʻlardi. Ammo, xoh ishoning xoh ishonmang, Ryan har doim maktabni chin dildan sevgan, maktabga qaytishni xohlagan, men esa uning xohishlarini hurmat qilaman“. Ziddiyatlar xronologiyasi 1985—1986-oʻquv yili 30-iyun James O. Smith Whiteni maktabga kelishini taqiqladi. 26-avgust Oʻquv yilining birinchi kuni. Whitega masofadan taʼlim olishga ruxsat berildi. 2-oktyabr Maktab direktori Ryanni maktabga borishini taqiqlash qarorini qoʻllab-quvvatladi. 25-noyabr Indiana Taʼlim Departamenti Whiteni darslarga qabul qilish kerakligini belgilagan. 17-dekabr Maktab maʼmuriyati departament qaroriga qarshi appelyatsiya bergan. 6-fevral Taʼlim departamenti appelyatsiyani koʻrib chiqqach, Whiteni maktabga borishi mumkinligini qayta belgilagan. 13-fevral Howard okrug sogʻliqni saqlash komissarligi White talabalar uchun xavfli emas deb xulosa bergan. 19-fevral Okrug sudi Ryanni maktab borishini taqiqlashni bekor qildi. 21-fevral White maktabga qaytgan. Xuddi shu kuni boshqa sudyaning qarori bilan Ryannig taʼlim muassasasiga kirishiga taqiq yana eʼlon qilingan. 2-mart Whitening maktabga qaytishiga qarshi boʻlganlar pul yigʻish uchun maktabda kim oshdi savdosi oʻtkazganlar. 9-aprel Whitening ishi okrug sudiga taqdim etilgan. 10-aprel Okrug sudi sudyasi Jack R. OʻNeill maktabdagi taqiqni bekor qilgan. 18-iyul Indiana apellyatsiya sudi bu ish boʻyicha apellyatsiyani rad etgan. Nihoyat, 10-aprel kuni Frankfortdagi Klinton okrugi sudi Whitening maktabga borishini taqiqlovchi qarorni bekor qilgan. Xuddi shu kuni yigirma ikki nafar oʻquvchi boshqa maktabga oʻtib ketishgan. Bir necha hafta oʻtgach, baʼzi ota-onalar oʻzlarining „muqobil“ maktabi „Russiaville Home Study School“ni ochishgan. White 1986—1987-oʻquv yili davomida maktabda tahsil olgan lekin bu yerda uning doʻstlari kam boʻlgan va oʻzini yolgʻiz his qilgan. Maktab maʼmuriyati uni bir marta ishlatiladigan idishlardan ovqatlanishini, alohida hojatxonadan foydalanishini va jismoniy tarbiya darslariga bormasligini talab qilgan.
Ryan gazeta tarqatuvchi boʻlib ishlagan, koʻp odamlar OIV qogʻoz orqali yuqishidan qoʻrqib, gazetaga obunalarini bekor qilishgan. Ryanga zoʻravonlik va tahdidlar ham boʻlgan. Oʻsha yillarda OIVning „geylar kasalligi“ sifatidagi stereotipi tufayli Ryan ham gomofobik hujumlarga duchor boʻlgan. Onasining soʻzlariga koʻra, koʻchadagi odamlar Ryanga qarata „Sening gey ekaningni bilamiz!“ deb baqirishgan. Whiteni qoʻllab-quvvatlagan Kokomo Tribune muharrirlar va noshirlarni ham gomoseksuallar deb atashgan va ularga qarshi kuch ishlatishgan. Nomaʼlum shaxs tomonidan otilgan oʻq Whitelarning uyi derazasini sindirganida, oila Kokomoni tark etishga qaror qilishgan.
Oʻquv yili tugaganidan soʻng, Whitelar oilasi Indiana shtatining Cicero shahriga koʻchib oʻtadilar, bu yerda Ryan mahalliy Hamilton Heights High maktabida oʻqishni boshlaydi. Koʻchib oʻtishdan biroz vaqt oldin koʻngillilar guruhi Cicero shahrida OIV infeksiyasini yuqtirish yoʻllari haqida maʼlumotlar tarqatib, targʻibot tadbirlarini oʻtkazishadi. 1987-yil 31-avgustda yangi oʻquvchini maktab direktori Tony Cook, mahalliy taʼlim tizimi rahbari Bob G. Carnal va Ryan bilan qoʻl berib koʻrishishdan qoʻrqmagan bir qancha talabalar kutib olishgan.
Kuzda Ciceroda Ryan Whitega bagʻishlangan tadbir oʻtkazilgan, tadbir davomida gubernator Robert Orr Ryan va uning onasini OITS haqida insonlar ongida tushuncha paydo qilishdagi jasorati uchun mukofotlar bilan taqdirlagan. Keyinroq Ryan oilasining koʻchib oʻtishi haqida shunday deydi: „Uch yil ichida birinchi marta oʻzimizning uyimiz, meni qoʻllab-quvvatlaydigan maktabimiz va koʻplab doʻstlarimiz borligini his qildik. Men baxtliman. Men yana oddiy oʻsmirga aylandim. Bularning barchasi maktabimiz oʻquvchilarining haqiqatga quloq tutganlari, kasallik haqida ota-onalariga aytganlari, menga doʻstona munosabatda boʻlganliklari tufaylidir“.
Millat vakili Ommaviy axborot vositalarida OITS haqida maqolalar soni ortib borayotgan bir paytda olib borilgan tadbirlar Whiteni matbuot eʼtiboriga tushirgan. 1985—1987-yillarda Amerika ommaviy axborot vositalarida OITS haqidagi xabarlar soni ikki baravarga koʻpaygan Qaraldi 29-07-2023.
Bu vaqtga kelib Ryan tez-tez televideniyeda paydo boʻlar, gazetalarga intervyu berardi, kasalligi haqida odamlarga maʼlumotlar tarqatardi. Bunday chiqishlar Ryanni OITS pandemiyasiga qarshi kurashning ramziga aylantirdi. White Phillip Donahuening tok-shousiga tez-tez tashrif buyurgan va turli xayriya mablagʻlari yigʻishda qatnashgan. OIVga nisbatan jamoatchilik munosabatini yaxshilashga yordam berish maqsadida White bilan birga koʻplab mashhurlar sahnada chiqishlar qilishgan. Xonandalar John Mellencamp, Elton John va Michael Jackson, aktyorlardan Matt Frewer, Elizabeth Taylor, Brooke Shields va Alyssa Milano, sportchilardan Greg Louganis va Kareem Abdul-Jabbar, basketbol murabbiyi Bob Knight, taniqli shifokor Everett Koop, Prezident Ronald Reagan shular jumlasidan. Ularning barchasi Ryan bilan uchrashishgan, televideniyada chiqishlar qilishgan. Elton John Whitelarning oilaviy doʻstiga aylangan: u eng kamida oyiga bir marta Ryanga qoʻngʻiroq qilar, Ryan bilan xat yozishar va ularning xonadoniga tashrif buyurar edi. Xonanda oilaga Cicerodan uy sotib olishga yordam bergan, Elton uy uchun dastlabki toʻlovni toʻlash maqsadida oilaga 16 500 dollar qarz bergan. Pul qaytarilgach, Elton uni Ryanning singlisini kollejdagi oʻqishi toʻlovi uchun ishlatgan ot 14-06-2010. Qaraldi 29-07-2023.