Qamchibek Kenja (1946—2026) — shoir, yozuvchi, publitsist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni sohibi.
Hayoti Qamchibek Kenjaboyev 1946-yil 15-avgustda Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi Gurkurov qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1969).
Faoliyati „Oʻzbekiston madaniyati“ (hozirgi „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“) gazetasida muxbiri (1969-1979), Andijondagi maktablarda, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy adabiyotni targʻib etish byurosining Andijon viloyatidagi vakili boʻlib ishlagan. 1983 yilda yana Toshkentga kelib, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. 1985 yildan 2006 yilgacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyat boʻlimiga rahbarlik qildi. 1996-2015-yillarda "Xolis" gazetasi bosh muharriri boʻlib ishlagan.
Ijodi Dastlabki sheʼriy toʻplami — „Sogʻinch“ (1975). Yozuvchining „Yashil barg“ degan birinchi hikoyalar toʻplami esa 1977 yilda nashr etilgan. „Koʻngil koʻchalari“ (1979), „Ishqing tushsa“ (1981), „Orzumandlar“ (1982), „Notanish gul“ (1986), „Togʻ yoʻlida bir oqshom“ (1987), „Sohildagi suv parisi“ (1993), „Qizil gullar“ (1995), „Soxibjamol ayol siri“ (1996), „Kulgibaxsh umr“ (1997), „Boburiylardan biri“ (2000), „Baxt kushi yoki ushalgan orzular“ (2001), „Xamir uchidan patir yoxud kulcha hikoyalar“ (2005), „Saylanma“ (1-kitob, 2006), „Toshqin“ (qissa, 2010), „Koʻngil kechinmalari“ (2011.) „Palaxmon“ (roman, 2011), „Jasorat“ (maʼrifiy-biografik qissa, 2012) kabi nasriy va sheʼriy asarlar muallifi. Safarnomalar yozgan („Hind sorigʻa“, „Buyuklar izidan“ va boshqa).
Kitoblari „Sogʻinch“ (1975) „Koʻngil koʻchalari“ (1979) „Ishqing tushsa“ (1981) „Orzumandlar“ (1982) „Notanish gul“ (1986) „Togʻ yoʻlida bir oqshom“ (1987) „Sohildagi suv parisi“ (1993) „Qizil gullar“ (1995) „Soxibjamol ayol siri“ (1996) „Kulgibaxsh umr“ (1997) „Boburiylardan biri“ (2000) „Baxt kushi yoki ushalgan orzular“ (2001) „Xamir uchidan patir yoxud kulcha hikoyalar“ (2005) „Saylanma“ (1-kitob, 2006) „Toshqin“ (qissa, 2010) „Koʻngil kechinmalari“ (2011.) „Palaxmon“ (roman, 2011) „Jasorat“ (maʼrifiy-biografik qissa, 2012)
Tarjimalari A. S. Pushkin, X. Xeyne, Sh. Petefi, V. Bryusov, M. Svetlov kabi shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Mukofoti Qamchibek Kenja "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi", "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi" unvonlari, "Shuhrat“ medali, Xalqaro Bobur nomidagi jamoat fondining Xalqaro Bobur mukofoti, Zahriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti faxriy professori ilmiy unvoni, "Mehnat faxriysi", "Maʼnaviyat fidoyisi" koʻkrak nishonlari va "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Oʻzbekistonlik shoirlar