Norah Aiton (1903-1988) modernistik uslubning dastlabki tarafdori boʻlgan britaniyalik arxitektor. Taxminan 1930-yilda u sherigi Betty Scott bilan Aiton va Scott arxitektura amaliyotini amalga oshirishdi. Ularning eng mashhur ishi Derbidagi Aiton & Company quvurlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya uchun qilgan ofis binosi edi. Bu moder uslubida qoʻllangan ilk binolar qatorida. Shu bilan birga ushbu bino oʻsha vaqtdagi kam sonli ayol arxitektorlar tomonidan loyihalashtirilgan bino sifatida yodda qolgan.
Tarjimai holi Aiton 1903-yil 13-iyunda Londonda tug‘ilgan. Nikohidan oldin Gollandiya fuqarosi bo‘lgan. U Stoopning qizi hisoblanadi'Golden Wedding of Sir Arthur and Lady Aitonʼ, Derby Evening Telegraph, 24 October 1945, p4. Otasi John Artur Aiton po‘lat quvurlar ishlab chiqaruvchi kompaniyaga asos solgan muhandis. John Derbi shahrida oʻz biznesini yoʻlga qoʻygan taniqli shaxsga aylandiRegister of Births for EnglandThe Times 1 September 1988, p13. Aiton ikki ukasi va ota-onasi bilan Derbiga koʻchib oʻtgan. U yerdagi Girton kollejiga bordi va 1923-yilda Cambridg Mathematical Triposida oʻqidiThe Times, 15 June 1923, p9. Lekin 1924-yilda Cambridg arxitektura maktabida oʻqish uchun Britaniya meʼmorlari Qirollik institutiga (RIBA) yoʻl oladi. Norah u yerda stipendiya sohibiga aylandi. Ammo kursni oxirigacha tugatmadiThe Times, 23 Oct 1924, p16. U Architectural Association School(AAS) maktabida oʻqishni davom ettirdi. U maktabda 1 929-yilgacha oʻqidi va RIBA diplomini oldi.
Architectural Association Schoolda Norah kelajakdagi biznes sherigi Betty Scott bilan uchrashdi. AAS oʻquv dasturi hali modernizmni oʻz ichiga olmagan edi. Ammo Aiton kontinental modernistik dizayndan xabardor boʻlgan. U Gollandiyaga bir necha bor sayohat qilgan va PJH Kuypers ofisida ishlagan. 1933-yilda Sedgwick, Collins & Co kompaniyasining egasi Nikolaas Tollenaarga turmushga chiqdi. U 1934-yilda Britaniya fuqaroligini oldi‘Lady Architect Weds’, Derby Evening Telegraph and Derby Daily Express 19 January 19, 1933 p1London Gazette: naturalisation lists. Norah professional ravishda Norah Aiton nomi bilan tanilgan. Ammo, turmushga chiqqanidan soʻng Norah Tollenaar ismidan ham foydalangan.
Faoliyati Aiton intervyu berayotganida „poʻlat va shishadagi ultra zamonaviy dizaynlarga“ ishtiyoqi haqida gapirgan‘Derby Girl Architectʼs Ambitionʼ, Derby Daily Telegraph 15 July 1931, p11 va u qisman Piet Mondrian sanʼatidan ilhomlangan De Stijl nomli Gollandiya dizayn maktabiga qoyil qolgan. Stoke Pogesda Scottning ota-onasi uchun uyni loyihalashtirgandan soʻng, hamkorlikka Derbidagi Aitonning otasining ishlab chiqarish maydonchasi uchun ofislar yaratish imkoniyati berildi. Eklektik Scottdan farqli oʻlaroq, Aiton modernizmga chin dildan ishtiyoqmand edi. left|thumb| „Aiton and Co“ hozir yopiq, ammo Derbidagi II darajali roʻyxatga olingan bino Aitonning otasi arxitektorlarga'Sunlight Offices of Messrs J. A. Aitonʼ, Derby Daily Telegraph, 16 July 1934 harbiy kemalar va elektr stantsiyalari uchun quvurlarni yetkazib beruvchi zavodga ega edi. Ularning dizayni bilan esa qizi Aiton shugʻullanar edi. Bu Aiton & Co jamoasining yuqori sifatli quvurlardan foydalanishda yordam berdi. Quvurlardan ichki panjaralarda va boshqa joylarda foydalanildiBritish Listed Buildings:Former Aitons Works, Derby.
Tarixiy Angliya buni „zamonaviy yoki xalqaro arxitektura uslubining juda yaxshi va juda erta namunasi“, „ayol arxitektorlar hamkorligi tomonidan ishlab chiqilgan eng qadimgi sanoat binolaridan biri“, — deb ataydiHistoric England listed building:Aitonʼs Works. Architects Journal uni „yuqori texnologiyali dizaynning dastlabki naʼmunasi“, — deb taʼriflaganArchitects' Journal, 'BBC slammed for ‘bias’ after Patty Hopkins is sidelined in TV show',5 March 2014.
Aiton va Scott London shahridagi Sloan koʻchasida joylashgan binolarning birida ish olib borishgan. Ularning boshqa loyihalariga bosmaxona‘Derby Girl Architectʼs Ambitionʼ, Derby Daily Telegraph 15 July 1931, p11, Chislehurstdagi maymun qafaslari va baliq akvariumlaridan tashkil topgan xususiy hayvonot bogʻi‘Work of Women Architects’, Dundee Evening Telegraph, 4 May 1935, cherkovlar va turli xususiy uylar kiradi. Ularning ishlari matbuotda, kitoblarda, savdo jurnallarida, RIBA koʻrgazmalarida namoyish etilgan. Ammo ular modern uslubidagi dizaynning asosiy tarixiga kiritilmagan. Arxitektura tarixchisi Lin Woker va boshqalar bu holat haqida Buyuk Britaniyadagi modernistik arxitektura tarixi erkaklar nuqtai nazaridan yozilganligi bilan izohlashadi. Aiton 20-30 yosh oraligʻida bir necha bor „ayol arxitektor“ sifatida tanilishga ulgurdi. Uning ishlariga ayollar faoliyatidagi yangi shaxslardan biri sifatida qarashadiDerby Daily Telegraph, 15 July 1931, p2. 1935-yilda AAS ayol meʼmorlarining loyihalari koʻrgazmasini oʻtkazganida Londonda 40 ga yaqin ayol meʼmorlar borligi aytilgan.
Keyingi faoliyati Aitonning faoliyati Ikkinchi Jahon urushi boshlanganidan keyin davom etmagan boʻlsa-da, uning sanʼat va dizaynga qiziqishi davom etdi. U zamonaviy sanʼat jamiyati aʼzosi boʻlganContemporary Art Society annual report va dekorativ sanʼat toʻplamiga egalik qilgan. Norah Raul Dufining amakivachchalari Kessler oilasining portretiga mualliflik qilganTate: Raoul Dufy, The Kessler Family on Horseback 1932.
U 1988-yil 22-avgustda JersidaThe Times 1 September 1988, p13 taʼtil paytida vafot etdi va oʻzidan qariyb 1 million funt sterling qoldirdiUK government service: Find a Will.
Qarindoshlari Aitonning amakisi gollandiyalik taniqli neft tadqiqotchisi Adrian Stoop edi'Golden Wedding of Sir Arthur and Lady Aitonʼ, Derby Evening Telegraph, 24 October 1945, p4genealogieonline. U sanoatchi Dolf Kessler bilan ham qarindosh edi. Norah 1929-yilda innovatsion arxitektor Hendrik Woudaning uyini foydalanishga topshirgan.
Manbalar
Havolalar
Aiton & Scott zamonaviy uy dizayni Aiton & Scott tomonidan Sloane Street Flat Aiton & Scott dizaynlari 2016-yil bahorida Aiton & Co ofis binosining Google koʻcha koʻrinishi Turkum:1988-yilda vafot etganlar Turkum:1903-yilda tugʻilganlar Turkum:Ingliz arxitektorlari