Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad ibn Qosim ibn Hilol bin Yazid ibn Imron al-Absiy al-Qaysiy () ilk musulmon huquqshunosi va ilohiyotchisi boʻlganAl-Humaydī, Jadhwat al-Muqtabis, vol. 2, entry #418..
Hayot yoʻli Ispaniyada tugʻilgan Ibn Qosim bir muddatga Iroqqa koʻchib oʻtadi va Dovud az-Zohiriydan tahsil oladi. U molikiy musulmon fiqh maktabini tark etib, zohiriylar bo‘limiga o‘tadi, hamda Christopher Melchert tomonidan mintaqadagi birinchi zohiriy deb hisoblanganThe Islamic school of law — evolution, devolution, and progress, pg. 118. Eds. Rudolph Peters and Frank E. Vogel. Cambridge: Harvard Law School, 2005.. Ibn Qosim ustozining kitoblarini qoʻlda koʻchirgan, hamda ularni Andalusiya boʻylab tarqatishga mas’ul boʻlgan.
Ibn Qosim islom taqvimi boʻyicha hijriy 272-yilda vafot etgan, Grigoriy taqvimi boʻyicha bu taxminan 885 yoki 886-yilga toʻgʻri keladi.
U keyinchalik zohiriy huquqshunos Ibn Hazm tomonidan Ruvaym, Ibn al-Mugʻallis va Munzir ibn Said al-Ballutiy bilan birga islom huquqining zohiriy maktabiga tegishli asosiy tarafdorlaridan biri sifatida qayd etilgan. Ibn Hazm ham maktabning dastlabki yirik olimlaridan boʻlgan, u Ibn Qosimning saʼy-harakatlarini mohiyatan jonlantirganS. M. Imamuddin, Muslim Spain 711-1492 A. D.: A Sociological Study pg. 156. Leiden: Brill Publishers, 1981.. Balluti kabi avvalroq zohiriy boʻlganlar oʻz qarashlarini oʻzgalar fikridan yashirganlarMohammad Sharif Khan and Mohammad Anwar Saleem, Muslim Philosophy And Philosophers, pg. 35. New Delhi: Ashish Publishing House, 1994.Bilal Orfali, „In the Shadow of Arabic: The Centrality of Language to Arab Culture.“ Pg. 34. Brill Publishers, 2011. Print.William Montgomery Watt and Pierre Cachi, "History of Islamic Spain, " pg. 66. Edinburgh University Press..
Manbalar
Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Sunniy imomlar Turkum:Zohiriylar Turkum:Sunniy fiqh allomalari Turkum:880-yilda vafot etganlar